O’rta asr iqtisodiy qarashlari


Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix07.04.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#104600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
’rta asr iqtisodiy qarashlari reja

Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari.
 
Atoqli 
davlat arbobi, ilk turkiy dostonnavis Yusuf Xos Hojib 
1020 yili Qoraxoniylarning markaziy shaharlaridan 
biri 
Bolasog'unda 
tug'ildi(olamdan 
o'tgan 
yili 
noma'lum). Bo'lajak mutafakkir o'z davridagi barcha 
bilimlarni, arab va forsiy tillar hamda undagi 
adabiyotlarni puxta egallaydi.
U 1069-1070 yillar orasida «Qutadg'u bilig» 
(Qutga, ya'ni baxt saodatga erishtiruvchi bilim)asarini 
turk tilida yozib, Qoraxoniylar hukmdori Tabg'ochxon 
Bug'roxonga taqdim etadi. Xon Yusufga «Xos Hojib» 
(eshik og'asi) degan martabani in'om etadi. Bu falsafiy 
didaktik asarda markazlashgan davlat tuzish, uni mustahkamlash, nizo va adolatga 
barham berish kabi ma'muriy- xo'jalik hamda ma'rifat, obodonchilik, moddiy-
ma'naviy va boshqa adolatli hukmron, davlatni tadbir bilan boshqarish ishini 
o'rganish, kasb-hunar egallash, xalq g'amini eyish haqidagi fikrlar ilgari suriladi. 
Bizgacha donishmandning faqat bir asari etib kelgan, ammo bu asarda shunday 
durdonalar to'planganki, ularga qoyil qolmay iloj yo'q. Asar 13 ming misra (nasriy 
va nazmiy muqaddimadan tashqari)-73 bobdan iborat. Unda inson tafakkurining 
barcha jabalari bo'yicha so'z yuritiladi va nihoyatda qimmatli fikrlar bayon etilgan. 
Kitobda berilgan bu g'oyalar o'z davri uchun ham , hozirgi davr uchun ham 
nihoyatda qadrlidir. Ayniqsa iqtisodiyot masalalari bo'yicha davlat va raiyat 
munosabatlari sinchiklab o'rganilgan. Asar 18 oy-bir yarim yilda yozib tugallangan 
(Bolasog'unda boshlangan va Qashqarda nioyalangan) bo'lsa ham, uni yaratish 
uchun juda uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rilgan.
Donishmand fikricha, ezgu orzularga faqat toat- ibodat bilangina etishib 
bo'lmaydi. Buning uchun talay ezgu ishlar qilish, foydali faoliyat ko'rsatish kerak, 
Yusuf Xos Hojib 
1020 yil
 


53 
O’rta asr iqtisodiy qarashlari 
degan fikrni ilgari suradi. Borliq haqidagi bilimlarga to'qnashib, odam bilishi 
mumkin bo'lmagan narsa, bilim bilan echilmaydigan jumboq yo'q, bilim tufayli 
osmon sari ham yo'l ochiladi, deydi. Bilish uchun esa tinmasdan o'rganish lozim, 
deb uqtiradi.
Taniqli iqtisodchi Adam Smitning iqtisodiy ta'limotga ko'ra (XVIII asr), 
mamlakatni iqtisodiy bo'hrondan chiqarish uchun 3 narsa:
1. Tinchlik-osoyishtalik;
2. Me'yoridagi soliqlar;
3. Iqtisodiy erkin faoliyat yuritish imkoni talab etiladi.
Ana shu g'oya aslida bizning mutafakkir tomonidan etti asr avval bayon 
etilgan. Xalq, raiyat (soliq to'lovchilar) mamlakat hukmdoridan uch narsani kutadi, 
deb uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular:
1) pulning qadrini ko'tarish yoki (ushlab turish);
2) xalqqa xususiy mulk huquqini ta'minlovchi qonunlarni joriy etish; 
3) yo'llarni o'g'ri-qaroqchilardan muhofaza qilish.
Shoh esa fuqarolardan soliqni vaqtida to'lashni (hozirgi kunda ham 
nihoyatda dolzarb), chiqargan farmon qonunlarini bajarish hamda do'stiga do'st, 
dushmanga dushman bo'lishni talab qiladi, deb yozadi. Ko'rinib turibdiki, bunda 
jamiyat va siyosiy hokimiyat o'zaro mutanosib bo'lishi zarurligi g'oyasi aniq ifoda 
etiladi.
Pulning qadrli bo'lishi haqidagi g'oya, aslini olganda inflyasiya muammosi 
bilan chambarchas bog'liq, baholarning mo'tadilligi ham ta'min etiladi. U o'z 
navbatida inqirozsiz iqtisodiyot, erkin muomaladagi valyuta masalalariga borib 
taqaladi.
Xususiy mulk huquqini ta'minlash bozor munosabatlarining bosh unsuridir
mulkka egallik hissi taraqqiyot omili sifatida butun jaon rivoji asosida isbotlangan 
va hozirgi davrda respublikamizda ham jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Davlat, 
umumxalq mulkiga ommoviy o'tishning salbiy oqibatlarini sobiq sho'rolar davrida 
boshimizdan kechirganmiz.
Yo'llarni o'g'rilardan muhofaza qilish ichki va ayniqsa tashqi savdo (eksport-
import) ni ta'minlash va qo'llab-quvvatlashning o'zginasidir. Bu erda savdoning 
xalq xo'jaligi uchun ustuvor ahamiyati to'g'risida gap yuritiladi.
Yusuf Xos Hojib barcha imtiyozlardan mahrum kambag'al tabaqalar 
ahvoliga achinish hissini izhor qiladi. Donishmand hokimlarni quyi tabaqa 
vakillarini ularga nisbatan mehr shafqatli, insof-adolatli, marhamatli bo'lishiga, 
ayni paytda raiyatni hokimlarga bo'ysunuvchi, sadoqatli bo'lishiga chaqiradi. Mana 


54 
O’rta asr iqtisodiy qarashlari 
shunday kelishtirish yo'li bilan osoyishta hayotga erishishga umid bildiriladi (bu 
esa iqtisodiy rivoj uchun ham zaruriy shartdir).
Kitobdagi g'oyalar dunyodagi hamma ishlarda qo'l keladi. Unda mulk 
tutishning siru-asrorlari, mamlakatni idora qilish tartibi, sharti, shuningdek, molu-
mulk, el-yurtning mangu qolishi, gullab- yashnashi va uning xarob bo’lish belgilari 
berilgan. Mutafakkir ayniqsa kasb-hunar ahlining faoliyatini yuqori baholaydi. 
«Bir yigitga qirq hunar oz» bobi xuddi shu masalaga bag'ishlangan. Vazir, 
qo'mondon, elchi va boshqa hukmdorlarning faoliyat mezonlari diqqatga 
sazovordir.
Masalan, «Vazir ko'zining to'q bo'lishi uni har xil mol-mulk oldida 
suqlanishdan asraydi. Ko'zi och odam bor olamni esa ham tymaydi», deydi olim. 
Dehqon, savdogar, chorvador, oddiy mehnatkash ahli to'g'risida nodir fikrlar 
bildiriladi. «Bular bilan yaqin bo'lgin hamisha, to tomoq tashvishin bilmasdan 
yasha», deb aytiladi.
Ayniqsa bilim va aql-idrokka, shu soha sohiblariga katta e'tibor beriladi. 
«Odamzod naslining ulug'ligi bilimdan. U aql-idrok tufayli ne-ne tugunlarni 
echishga qodir», deb yozadi alloma.
Aql-idrok egalarining nafi har doim ko'pchilikka tegib turadi. Bilim egalari 
esa elda aziz bo'ladi, hurmat qozonadi. Butun ishlar o'quv-idrok bilan amalga 
oshadi. Barcha murakkab ishlar bilish bilan hal etiladi. Ko'rinib turibdiki, 
yurtimizda iqtisodiy rivojlanish bo'yicha tanlangan o'z yo'nalishimizda ham 
yoshlarning bilim olishiga, jahon xalqlari tajribasini o'rganishga keng imkoniyatlar 
yaratilayotir. Bu tanlangan yo'limizning to'g'riligidan dalolat beradi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə