O’rta asr iqtisodiy qarashlari


Nizomulmulk (1017, Tus - 1092, Nahovand)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix07.04.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#104600
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
’rta asr iqtisodiy qarashlari reja

Nizomulmulk (1017, Tus - 1092, Nahovand)
— 
Saljuqiylar davlati arbobi Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn 
Ishoq at-Tusiyning unvoni, «Nizomulmulk», ya‘ni 
mulkning nizomi, tartibi nomi bilan shuhrat qozongan. 
Nishopur va Marvda oqib, voyaga yetgach, Balxga 
borib, Ali ibn Shodon xizmatiga kiradi. Saljuqiylar 
shohi Alp Arslon saroyida vazirlik mansabigacha 
ko’tariladi. 1072 yili Alp Arslon o’ldirilgach, uning 
o’g’li, 17 yoshlik Malikshoh (1072-1092 yillar) 
saroyida Nizomulmulk vazirlik qilib, qariyb davlatning 
hamma ishlarini o’zi olib borgan. Nizomulmulk 
mamlakatda yirik mulkdorlar va qabila boshliqlarining 
ayirmachilik (separatistik) harakatlariga qarshi kurashib, davlatni boshqarish 
ishlarini markazlashtirish siyosatini o’tkazgan. 1067 yili Bag’dodda «Nizomiya» 

Nizomulmulk (1017, 
Tus - 1092, Nahovand)
 


55 
O’rta asr iqtisodiy qarashlari 
aqoid va huquq madrasasini qurdiradi. 1091 yili «Siyosatnoma» («Siyar ulmuluk») 
asarini yozadi. Unda davlat boshqaruviga aloqador qariyb hamma qoida va 
qonunlar, usul va vositalar, qozi va qozixona ishlari, qo’shin va sarbozlar, 
xizmatchi va shaxsiy sarbozlar masalalari, saroydagi soqchilaru posbonlar 
vazifalari, ularning maoshlari, pochta va ayg’oqchilik (razvedka) ishlari, ularning 
moddiy jihatlari, hatto shohning oilaviy ishlari, soliq va hiroj, zakot va vaqf 
masalalari ham o’rin olgan. Asarning asosiy g’oyasi shundan iboratki, vazir 
Nizomulmulk. shoh va hokimlarni adlu insofga, sulh va muruvvatga, davlatni 
oqilona boshqarib, qat‘iy qoida va tartib o’rnatishga, amaldorarni vijdonli, pok, 
halol va iymonli bo’lishga, mamlakat obodonligi, uning ahli farovonligi, tinchlik 
va totuvligini ta‘minlash uchun harakat qilishga da‘vat qiladi. Nizomulmulk 
Bag’dod safari yo’lida yollangan qotil tig’idan halok bo’ladi.
Nizomulmulkning "Siyosatnoma" yoki "Siyar ul-muluk" asari saljuqiylar 
sulolasining davlat boshqaruvi sohasidagi siyosiy dasturi sifatida e‘tiborga sazovor 
manba bo’lib, u o’zbek milliy davlatchiligi tarixida ham alohida qiymatga egadir. 
Asar IX-X asrlarda hukm surgan sulolaning siyosiy dasturi bo’lib, unda o’rta 
asrlarda O’rta Osiyo va Eronda VI asrdan to XI asrgacha sodir bo’lgan muhim 
siyosiy voqealar bayoni va g’oyaviy-mafkuraviy jarayonlar yuzasidan tarixiy 
ma‘lumotlar keltiriladi. Asarda uchraydigan tarixiy-falsafiy va davlat boshqaruviga 
oid ma‘lumotlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
- siyosiy tarixga oid ma‘lumotlar
- ijtimoiy-iqtisodiy hayotga doir ma‘lumotlar;
- ma‘naviy hayotga tegishli ma‘lumotlar;
- islom mazhablari o’rtasidagi kurashlar tarixiga oid ma‘lumotlar;
- boshqaruvning diniy va dunyoviy tamoyillari;
- siyosat falsafasi, o’zini o’zi boshqaruv institutlari. 
1 Qonun ustuvorligining siyosiy-amaliy jihatlari qonunlarning podshoh va 
sultonlar tomonidan qabul qilinishi siyosiy faoliyat bo’lib, ular xalq (raiyat) hayoti 
bilan bog’liq. 
Birinchidan, podshoh tomonidan farmonlar yozilib, xalqqa tanishtirib 
boriladi. Bu oddiy hol bo’lib ko’rinsada, hozirgi siyosatshunoslik uchun ham qo’l 
keladi. Biroq u jamiyat hayotiga monand tarzda mudom ishlab turishi shart. Ana 
shunda siyosiy institutlar, shu jumladan, ularning ijrosini ta‘minlovchi idoralar 
ham hayot talablaridan orqada qolmaydi.
Ikkinchidan, agarda farmonga salbiy munosabat bildirilsa yoki uning ijrosi 
cho’zilib ketganligi to’g’risida xabar yetsa, podshoh mas‘ul va mutasaddi shaxslar 
uchun jazo belgilagan (ular o’z yaqinlari bo’lsa ham). Chunki, markazlashgan 


56 
O’rta asr iqtisodiy qarashlari 
davlat siyosati shoh farmoniga so’zsiz itoat etishni talab qiladi. Bu o’sha davrning 
eng oliy siyosati edi, albatta. 
Uchinchidan, shoh, sulton farmonlari barchaga taalluqlidir, uni hatto 
hukmdorga yaqin odamlar ham buzishi mumkin emas. Shuning uchun ham 
Nizomulmulk qonun va siyosat oldida hammani teng, deb qaragan. "Siyosatnoma" 
asarida davlat boshqaruvi haqida keng fikr yuritilgan, undagi rivoyatlar, hikoyatlar, 
aforizmlar Nizomulmulkning jamiyat va davlatni boshqarish, falsafa, axloq 
masalalariga oid javoblaridir. Asarda jamiyat va davlatni boshqarish masalalari 
falsafiy-axloqiy yondashuv orqali ochib berilgan. Donishmandning siyosiy-falsafiy 
qarashlarida podshoh (sulton), xalq (raiyat) va shaxs (fuqaro) o’rtasidagi 
munosabatlarda uyg’unlikni ta‘minlash asosiy o’rinda turgan. 
Nizomulmulk markazlashgan davlat qurish tarafdoridir. To’g’ri, u 
markazlashgan davlat barpo etish uchun ijtimoiy-siyosiy loyihalar, istiqbolli 
dasturlarni tavsiya qilmaydi, ammo islohotlar o’tkazishni o’rtaga tashlaydi. Uning 
mushohadalari podshoh (sulton) bilan xalq (avom), amaldor(xizmatchi)lar bilan 
kishi(fuqaro)lar o’rtasida murosa munosabatlarini qaror toptirishga qaratilgan.
Insonparvar podshoh davlatni uzoq boshqaradi, xalq farovonligini o’ylaydi, 
zo’rlik ishlatmaydi. «Kim insonparvarlikka chindan intilsa, u hech qachon yomon 
ishlar qilmaydi... Kim insoniylikni sevsa, undan yuqori narsa yo’q deb hisoblaydi», 
degan g’oyani o’z davrida alloma Konfusiy ilgari surgan edi. Bunday g’oyalarni 
Nizomulmulkda ham kuzatish mumkin. Demak, insonparvarlik shaxslararo 
munosabatlardangina iborat emas, u jamiyat va davlatni boshqarishga ham taalluqli 
voqelikdir. To’g’ri, ba‘zan Nizomulmulk insoniylikni kichiklarning kattalarga 
hurmat ko’rsatishi, deb ham talqin qiladi. Keyin ushbu talqinni podshoh (sulton) va 
xalq (raiyat), amaldor (xizmatchi) va fuqaro (inson), davlat va shaxs 
munosabatlariga ko’chiradi. Qanday bo’lmasin, jamiyat va davlatni boshqarishda 
insoniylik, insonparvarlik tamoyillariga tayanishga da‘vat - Nizomulmulk ijodidagi 
olijanob jihatdir. Xalq, odamlar, amaldorlarning qanday sifatlarni o’zida 
shakllantirishi yoki ulug’lashi podshoh (sulton)dagi fazilatlarga bevosita 
bog’liqdir. Bu o’rinda Sharq xalqlariga xos bo’lgan «aravaning katta g’ildiragi 
qayerdan yursa, kichik g’ildirak ham shu yerdan yuradi», degan maqol esga 
tushadi. «Xalqni o’z ketidan ergashishga majbur qilish mumkin, lekin u nima 
uchun majbur qilinayotganini bilmasa, davlat uchun yomondir». «Hukmdor o’z 
axloqini tuzatmasa, u kichik odam, xalq axloqini ham tuzatolmaydi», "badaxloqlik 
oxir-oqibatda davlatni, boshqaruvni tanazzulga olib keladi..."1 Bunday siyosiy 
qarashlar Nizomulmulk asarining maqsadini ifoda qiladi. Agar Nizomulmulk 
Makiavelli, hukmdor xalqni, davlatni kuch bilan, qurol ishlatib ushlab turishi 
zarurligini ta‘kidlasa, Nizomulmulk siyosiy jihatdan boshqarishni yoqlaydi. 


57 
O’rta asr iqtisodiy qarashlari 
Shubhasiz, Nizomulmulk Makiavelli qadimgi Rim va Gretsiya davlatlarida 
shakllangan idora usullarini o’rganib, ulardan zarur xulosalar chiqarib, despotiyani 
ilgari suradi. Hokimiyatda turli manfaatlar, intilishlar to’qnashadi, ularning 
barchasini qo’llab-quvvatlash podshoh (sulton)ni 1 Nizomulmulk, Siyosatnoma 
yoki Siyar ul-muluk, -T.:, 1997, 20-bet. 32 tilyog’lamalik qilishga, natijada 
umummanfaatlarni unutishga majbur qiladi. Shu nuqtai nazardan, Nizomulmulk 
Makiavelli hukmdor kuch ishlatishga majbur, deb hisoblaydi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə