O’simlik hujayrasining fiziologiyasi


HUJAYRA STRUKTURASI VA FUNKSIYALARI



Yüklə 452,66 Kb.
səhifə3/10
tarix29.11.2023
ölçüsü452,66 Kb.
#139694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O’SIMLIK HUJAYRASINING FIZIOLOGIYASI

HUJAYRA STRUKTURASI VA FUNKSIYALARI


Hujayra morfologiyasi : "hujayra" atamasi Grekcha "cytos" hujay-ra so’zidan olingan. O’simliklar bir hujayralik - prokariotlar va ko’p hujayralik eukariotlarga ajraladi.
Bir hujayrali organizmlarga bakteriyalar va ko’k-yashil suv o’tlari misol bo’lishi mumkin. Bu hujayralarda shakllangan yadro bo’lmaydi. DNK moddasi hujayra markazida ma’lum fazada to’plangan holda joylashgan. Bir hujayralik organizmlarda metabolitik jarayonlarning hamma funksiyalari shu bitta hujayrada bajariladi.
Shakllangan mustaqil yadroga ega bo’lgan hujayralik o’simliklar- eukariot organizmlar deb ataladi. Ko’p hujayralik organizmlarda har bir to’qimani tashkil etuvchi hujayrada modda almashinuv jarayonining ma’lum bir funksiyalari bajariladi. Shuning uchun ham ko’p hujayrali organizmlar, hujayralar yig’indisidangina iborat bo’lib qolmay, balki butun bir organizmni tashkil etuvchi to’qima va organlar yig’indisidan iboratdir. Ular funksiyalarining o’zaro bog’liqligi natijasida umumiy metabolitik jarayon ro’yobga keladi.
O’simliklar hujayralari shakli jihatidan ikki gruppaga bo’linadi:

  1. Parenxima shaklli hujayralar - bularga eni bo’yidan asosan farq qilmaydigan hujayralar kiradi.

  2. Prozenxima shaklli hujayralar - bularning bo’yi enidan bir necha barobar uzun bo’ladi.

Hujayralarning hajmi xilma-xil kattalikka ega bo’ladi. M: asosiy to’qimani tashkil qiluvchi parenxima hujayralari 0,015-0,070 mm , prozenxima shakldagi hujayralar esa uzun bo’lib, har-xil o’simliklarda, hatto bir xil o’simliklarda ham har xil bo’ladi - paxta tolasi 65-70 mm , qichitqi o’tining po’stloq tolasi 80 mm bo’lishi mumkin.
Hujayralar hajmi, shakli va bajaradigan funksiyalariga qarab har xil bo’lsalar ham asosan umumiy tuzilishga ega. Ya’ni har bir voyaga yetgan hujayrada: po’st, sitoplazma, vakuola, yadro, plastidalar mitoxondriyalar, ribosomalar, peroksisomalar, endoplazmatik to’r, membranalar va boshqalar bo’ladi (1-rasm).

1-rasm. O’simlik hujayrasining tuzilish sxemasi
K.S.- hujayra po’sti, P-plazmalemma, PL-plazmodesmalar, PS-pinositoz vakuolalar, Ya-yadro, YaD-yadrocha, Ya.M.-
yadro membranasi, R-ribosomalar, XL-xloroplastlar,PS-plastida, KR-kraxmal donachalari, EP.S.-endoplazmatik to’r, G.A.-Golji
apparati, M-mitoxondriya, PR-peroksisoma, MN-mikronaychalar, V-vakuola, T-tonoplast

Yüklə 452,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə