O’simlik hujayrasining fiziologiyasi



Yüklə 452,66 Kb.
səhifə7/10
tarix29.11.2023
ölçüsü452,66 Kb.
#139694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O’SIMLIK HUJAYRASINING FIZIOLOGIYASI

GOLDJI APPARATI. Endoplazmatik to’rning ma’lum qismlarida joylashgan pufakchalik qatlamlarga Golji apparati deyiladi. Ular endoplazmatik to’rdan uzilib chiqib ketadigan pufakchalarning o’zaro qo’shilishi va o’zgarishlaridan yuzaga keladi. Turli disk, tayoqcha va boshqa shakllarda bo’lib, har to’plamda bir nechtadan joylashgan (5-rasm). Membranasining qalinligi 7-8 nm ga teng. Har bir o’simlik hujayrasida bir nechtadan to yuztacha Golji apparati bo’lishi mumkin. Golji apparatining membranasi endoplazmatik to’r va plazmolemma membranalarini tutashtiruvchilik vazifasini bajaradi. Ular metabolitik jarayonda, ya’ni ayrim moddalarning sintez qilinishi, hujayra po’sti, vakuola shirasining hosil bo’lishida va hujayra uchun keraksiz (shilimshiq) moddalarning hujayradan chiqarib tashlanishida ishtirok etadilar.

5-rasm. Golji apparatining sxematik tasviri.
1-distal yoki sekret chiqadigan qismi, 2-asosiy plazma qatlami, 3-poralar, 4-nukleoproteidlar,5-shakllanuvchi qismi, 6-
ribosomalar
PLASTIDALAR. O’simlik hujayralari plastidalarning bo’lishi bilan hayvon hujayralaridan farq qiladi. Plastida - grekcha "plastikos" so’zidan olingan bo’lib, shakllangan degan ma’noni anglatadi.
Sitoplazmada plastidalar o’zlarining qo’shqavat membranalari bilan ajralib turadilar. Ular dumaloq yoki oval shaklda. Yuksak o’simliklarning barg hujayralarida 20-50 donagacha uchraydi. Plastidalar rangsiz (protoplastlar, leykoplastlar) yoki rangli (xloroplastlar, xromoplastlar) bo’ladi.
O’simlik hujayrasida uch xil plastidalar mavjud: xloroplastlar, xromoplastlar va leykoplastlar.
Xloroplastlar - asosan yashil rangda (Grekcha "xloros"- yashil so’zidan olingan). Tarkibida xlorofill va karotinoidlardan iborat pigmentlar bor. Mazkur organoidning asosiy vazifasi shundan iboratki, unda fotosintez jarayoni sodir bo’ladi. Shu sababli u fotosintetik organ ham deyiladi (fotosintez bo’limida buni kengroq ko’rib chiqamiz).
Xromoplastlar - (grekcha "xroma"- rang so’zidan olingan) sariq, qizil va qo’ng’ir ranglarda bo’lishi mumkin. Ular o’simliklarning yer usti va yer osti organlarida, o’simlik gullari va meva hujayralarining protoplazmasida uchraydi. Xromoplastlarda - karotinoidlar jumlasiga kiruvchi pigmentlar (karotin- C40H56, lyutin - C40H56O2, violaksantin -C40H56O4) bo’ladi. Ular gultoj barglarida, ayrim mevalarda (apelsin po’stlog’ida, namatakda, tarvuz, pomidor, sabzida va boshqalarda) uchraydi. Xromoplastlarning shakli juda xilma-xil: dumaloq, elipsoidsimon, uchburchak, ko’p burchakli, ignasimon, qirrali va hokazo. Gullarning xromoplastlar tufayli turli rangga kirishi va hashoratlarni jalb qilishi biologik ahamiyatga ega. Chunki hasharotlar (ularni) chetdan changlatishni ta’minlaydi.
Leykoplastlarda pigmentlar bo’lmaydi (grekcha "leykos"- oq so’zidan olingan). Shuning uchun ham ular rangsiz. Shakli asosan sharsimon. Tarkibida kraxmal va oqsil donachalari bor. O’simliklarning hosil qiluvchi to’qimalarida, yer osti organlarida va urug’larida uchraydi. Leykoplastlarni 1854 yilda Kryuger topgan. Ular qo’shqavat membrana bilan o’ralgan. Yorug’likda ichki lamellalar strukturasi rivojlanib, yashil xloroplastlarga aylanish xususiyatiga ega.


Yüklə 452,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə