O’simlik hujayrasining fiziologiyasi



Yüklə 452,66 Kb.
səhifə8/10
tarix29.11.2023
ölçüsü452,66 Kb.
#139694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O’SIMLIK HUJAYRASINING FIZIOLOGIYASI

MITOXONDRIYALAR. Mitoxondriyalar hujayra protoplazmasidagi asosiy organoidlardan biri bo’lib, ular asosan energiya manbai hisoblanadi. O’simlik hujayrasida ular dumaloq, gantelsimon shaklda mavjud, diametri 0,4-0,5 mkm va uzunligi 1-5 mkm ga teng. Har bir hujayrada bir necha o’ntadan to 2000 tagacha uchraydi. Mitoxondriyalar qalinligi 5-6 nm ga teng tashqi va ichki membranalarga ega (6-rasm). Ichki membranasi qavat-qavat bo’lib joylashadi va kristlar deb ataladi.

6-rasm. Mitoxondriyaning sxematik tuzilishi
Modda almashuv jarayonida roli juda katta. Ular nafas olish markazi, ATF larni hosil qiluvchi organoid bo’lganligi uchun energiya manbai hisoblanadi. Energiyaning hosil bo’lishida va ko’chirilishida tarkibidagi fermentlar (suksin-oksidaza, sitoxromoksidaza) asosiy rol o’ynaydi.
1961 yilda Grin aniqlashicha o’simlik hujayralaridagi mitoxondriyalar har 5-10 kunda yangilanib turadi. Mitoxondriyalar o’zining DNK, RNK va ribosomalariga ega bo’lib, o’zlari mustaqil oqsil sintez qilish qobiliyatiga ega.
Modda almashuv jarayonida roli juda katta. Ular nafas olish markazi, ATF larni hosil qiluvchi organoid bo’lganligi uchun energiya manbai hisoblanadi. Energiyaning hosil bo’lishida va ko’chirilishida tarkibidagi fermentlar (suksin-oksidaza, sitoxromoksidaza) asosiy rol o’ynaydi.
1961 yilda Grin aniqlashicha o’simlik hujayralaridagi mitoxondriyalar har 5-10 kunda yangilanib turadi. Mitoxondriyalar o’zining DNK, RNK va ribosomalariga ega bo’lib, o’zlari mustaqil oqsil sintez qilish qobiliyatiga ega.
Keyingi yillardagi tekshirishlar natijasida mitoxondriya va plastidalar bir-biri bilan genetik bog’liq ekanligi aniqlandi. Ya’ni hujayra yadrosining ikkala membranasi ishtirokida qavariq bo’rtmalar hosil bo’ladi. Yadro membranadan uzilib chiqqan pufakchalar inisial tanachalar deb ataladi. Ular rivojlanib mitoxondriya va xloroplastlarga aylanadi (7- rasm).

LIZOSOMALAR. Lizosomalar hajmi jihatidan mitoxondriyalarga teng lekin solishtirma og’irligi ulardan kam bo’lgan organoidlardir.Ular asosan nordon fermentlar manbai bo’lib hisoblanadi. Bu fermentlar qatoriga nordon ribonukleaza, nordon dezoksiribonukleaza va katepsinlar kiradi. Ayniqsa oqsillarni, nuklein kislotalarini, glyukozidlarni gidroliz qilishda ishtirok etuvchi fermentlar to’plangan. Bu fermentlar hujayradagi turli moddalarni suv yordamida parchalay olishi uchun ularga lizosomalar deb nom berilgan.Bular barcha tirik hujayralar uchun universal organoid hisoblanadi. Ular hujayradagi ozuqa moddalarni hazm qiluvchi organ sifatida ham qaraladi. Lizosoma ichida boradigan hazm jarayoni natijasida hosil bo’lgan aminokislotalar, nukleotidlar lizosomalar membranasi orqali diffuziya qilinib, sitoplazmaga chiqadi. Bu moddalar hujayraning nafas olish jarayonida yoki makromolekulalarning biosintezida qatnashadi.

7 - rasm. Hujayra membrana strukturalari orasidagi ontogenetik munosabat
1 - yadro po’sti,2 - endoplazmatik to’r, 3- ribosomalar, 4-inisial tanachalar, 5 - mitoxondriya, 6 - plastida, 7- sferosoma,8-Goldji apparati, 9 -vakuola, 10- plazmalemma, 11 - plazmodesma,12 - hujayra po’sti

Yüklə 452,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə