O’simlik hujayrasining fiziologiyasi



Yüklə 452,66 Kb.
səhifə10/10
tarix29.11.2023
ölçüsü452,66 Kb.
#139694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O’SIMLIK HUJAYRASINING FIZIOLOGIYASI

VAKUOLALAR. Vakuolalar - o’simlik hujayrasining tipik organoididir. O’simlik hujayralarining protoplazmasi tarkibida juda ko’p suv bo’lishi bilan hayvon hujayrasidan farq qiladi. Shuning uchun ham o’simlik hujayrasida vakuola sistemasi yaxshi taraqqiy etgan bo’ladi.
Yosh hujayralarda vakuola o’rniga endoplazmatik to’r kanallarida joylashgan pufakchalar bo’ladi. Hujayraning voyaga yetish jarayonida bu pufakchalar bir-biri bilan qo’shilib yiriklasha boshlaydi va endoplazmatik to’rdan ajralib hujayra markazidagi yirik va yagona vakuolaga aylanadi. Uni o’rab turgan membrana endoplazmatik to’r tonoplast deyiladi. Vakuolani to’latib turgan suyuqlik - hujayra shirasi deyiladi. Voyaga yetgan hujayralarning markazida yagona vakuola hosil bo’lib, uning hajmi umumiy hujayra hajmining 90 % gacha yetishi mumkin. Hujayra shirasining 96-98% suvdan iborat bo’lib, uning tarkibida modda almashinish jarayonida ajralib chiqqan organik kislotalar, oqsillar , aminokislotalar , uglevodlar, alkalloidlar, glikozidlar, oshlovchi moddalar har xil tuzlar,efir moylari, pigmentlar va boshqalar bo’ladi. Bu moddalarning vakuolada to’plana borishi, hujayra shirasining ham konsentrasiyasini oshira boradi. Hujayra shirasi azotda nordon reaksiyaga ega suyuqlikdir. Ko’pchilik hollarda rN 5,0-6,5 ,limonda - 2 , begoniya o’simligida - 1 atrofida bo’ladi. Ayrim hollarda esa kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ham ega bo’lishi mumkin (oshqovoq, bodring,qovun ).
Vakuolalarning asosiy biologik roli shundaki, ular o’zlarida to’plagan konsentrasiyalik hujayra shirasi hisobiga osmotik xususiyatlarga ega bo’ladi. Buning natijasida esa hujayraning so’rish kuchi, turgor bosimi va suv rejimi boshqariladi. Tirik o’simliklarda esa suvning va mineral elementlarning qabul qilinishi, harakati va taqsimlanishini idora qiladi.Hujayradagi modda almashuvidan hosil bo’lgan chiqindi mahsulotlar ham (alkaloidlar, polifenollar, steriod va boshqalar) shu vakuolalarda to’planadilar. O’simliklarda hosil bo’lgan uglevodlar va oqsil moddalari ham hujayra shirasida zapas holda to’planadi. Umuman o’simliklarning turiga va hujayra , to’qima yoki organlarga qarab hujayra shirasi o’zgarib turadi.
Yüklə 452,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə