O‘tkir yurak yetishmovchiligi (O‘YuE)


Mitral stenozi bilan bemorlarda



Yüklə 36,9 Kb.
səhifə7/9
tarix16.04.2022
ölçüsü36,9 Kb.
#85536
1   2   3   4   5   6   7   8   9
otkir yurak yetishmovchiligi
Buyrak va siydik chiqarish a’zolari kаsаlliklаridа bоlа vа uning
Mitral stenozi bilan bemorlarda o‘pka shishini davolashni diuretiklar, nitratlar, eufillin bilan boshlash tavsiya etiladi. Ushbu vaziyatda yurak glikozidlarini buyurish xavfli bo‘ladi. Chap bo‘lmachali yetishmovchilikda o‘ng qorinchaning qisqaruvchanlik xususiyatini ortishi o‘pkaning kapillyarlarida gidrostatik bosimini oshirishi mumkin.

Arterial bosimni past bo‘lishi fonida ifodalangan o‘pka shishini davolash Murakkab vazifa bo‘lib xisoblanadi. Unda o‘lim sur’ati yuqori bo‘ladi, O‘YuEni davolashda qo‘laniladigan aksariyat preparatlar AB ni pasaytiradilar. Davolash tadbirlari quyidagilarni o‘z ichiga olishadi:

    • oksigenoterapiyani;

  • glyukokortikosteroidlar (prednizolon 90-150 mg);

  • yurak glikozidlari;

  • inotropli preparatlar:

- sistolik AB 90-110 mm sim.ust. ga ten bo‘lganda – dobutaminni 5 mkg/kg/daq tezlik bilan infuziyalash, zaruriyatga qarab berish tezligi xar 10 daqiqada 2,5 mkg/kg/daqiqagacha yetib ko‘tariladi;

- sistolik AB 80-90 mm sim.ust ga teng bo‘lishida – dopaminni 10 mkg/kg/daq tezlik bilan infuziya qilish;

- sistolik AB ≤80-90 mm sim.ust. darajasida bo‘lganda– noradrenalinni infuziya qilish (2,5 mkg/kg/daq).

KARDIOGEN ShOK o‘tkir yurak-tomir yetishmovchiligi bo‘lib xisoblanadi, boisi yurakning zararlanishi yurak tashlamasini tushishiga olib keladi va kelgusida tomir yetishmovchiligini keltirib chiqaruvchi asosiy ta’sir nuqtasi xisoblanadi.

Kardiogen shok miokard infarktida, kamroq boshqa yurak kasalliklarida-poroklarda, kardiomiopatiyalarda, perikarditda, ritm buzilishlarida kelib chiqadi.

Kardiogen shokning rivojlanishida asosiy axamiyat kasb etuvchi omillarga quyidagi lar kirishadi: chap qorincha maydonining 40% va undan ortiq qismini egallagan o‘tkir ishemiya yoki nekroz, chap qorinchaning qisqarish funksiyasini akineziya shaklida 25%-dan ziyod maydonida kamayishi, diskineziyalar, gipokineziyalar. Oldingi ritm buzilishlari (qorinchalar fibrillyatsiyasi, taxiaritmiyalar) sezilarli rol o‘ynashadi. To‘qimalar gipoksiyasi va metabolik atsidoz, mikrotromblarni keltirib chiqarib ifodalangan mikrotsirkulyatsiyani kuchli buzilishlari, SVD ortishi (o‘pkalardagi dimlanishda), yoxud uning pasayishi (gipovolemiyada) kabilar yurak tashlamasining xajmiga/kattaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishadi.


Yüklə 36,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə