O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

on-line lug’atlar
) ham ko’p hollarda barcha foydalanuvchilarga ushbu lug’atlarni 
to’ldirish imkonini beradi. Shuningdek, elektron lug’atlarning hajm jihatidan 
ixchamligi, kompaktligi, boshqa manbalarga (internet tarmog’i orqali, 
gipermurojaatlar yordamida) ulanish imkoniyati, mavjud matnlar korpuslari 
yordamida illustrativ misollar tuza olish imkoniyati, multimediali misollar bilan 
boyitilganligi, so’zlarning sinonimik variantlari, omonimlik xususiyatlari
grammatik ma’lumotlar bilan ta’minlanganligi va ularni tezlik bilan 
foydalanuvchiga havola etilishi kabi jihatlari elektron lug’atlarning optimalligini 
ta’minlaydi.
Kompyuter leksikografiyasini elektron matnlar korpusi yoki parallel 
matnlar korpuslarisiz tazavvur qilish mumkin emas. 
Matnlar korpusi (corpus – 
lotincha “tana” degan ma’noni anglatadi)
bu – elektron holda saqlanadigan 
ma’lum til birliklari bo’lib, ular tilshunoslar uchun turli xil muammolarni hal etish 
uchun tatbiq etishda va turli yo’nalishdagi tadqiqotlar uchun zaruriyatga qarab turli 
shakllarda tuziladi. Bular fonema, grafema, morfemalardan tortib undan kattaroq 
birliklar leksema, gap va matnlardan (badiiy yoki ilmiy asar, gazeta va jurnal 
matnlari) tashkil topishi mumkin. Ularning qay tarzda saqlanishiga qarab maxsus 
dasturlar yordamida har bir kerakli so’z yoki so’z birikmasi uchun darhol uning 
qo’llanishi bo’yicha misollar topilishi, imlo bo’yicha variantlari, sinonimik 
qatorlari topilishi mumkin. Matnlar korpuspusiga oid ilmiy tadqiqotlar 
salmog’ining ko’payishi natijasida tilshunoslikda 
korpus lingvistikasi
yo’nalishi
 
shakllandi.
72
Kompyuterda yaratilgan birinchi matnlar korpusi 
Braun korpusi 
(
БК

inglizcha 
Brown Corpus
, BC) hisoblanadi, u 1961 yilda Braun universitetida 
yaratilgan, har biri 2000 so’zli 500 ta matn fragmentini o’z ichiga oladi. 1970-
yillarda 1 million so’zni o’z ichiga olgan matnlar korpusi asosida rus tilining 
chastotali lug’ati yaratildi. 1980 yillarda Shvetsiyaning Uppsala universitetida ham 
rus tilida matnlar korpusi yaratildi. Keyinchalik kompyuter leksikografiyasining 
rivojlanishi natijasida katta hajmli matnlar korpusiga ehtiyoj tug’ildi. Ya’ni 1 
millionta so’z elektron lug’atlar bazasi uchun yetarli emas. Shu asosda yirik hajmli 
matnlar korpusi yaratila boshlandi. Ko’pgina mamlakatlarda XX asrning 80-
yillaridan boshlab bunday korpuslar tuzila boshlandi. Ular turli maqsad va 
vazifalarga xizmat qiladi. Buyuk Britaniyada 

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə