O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Interj  simvolidan foydalaniladi.  XII. Taqlid so’zlar uchun  Mim



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

Interj 
simvolidan foydalaniladi. 
XII. Taqlid so’zlar uchun 
Mim 
simvolidan foydalaniladi. 
Gap bo'laklari 
 
Ixtiyoriy tildagi yozma matn yoki shaxsning nutqi jumla deb ataluvchi alohida 
segmentlardan iborat bo'ladi. Ular sodda va qo'shma (ya'ni sodda gaplardan tashkil 
topgan) gaplarga bo'linadi. Har qanday tilning grammatikasini o'rganish sodda gaplar 
bilan tadqiq etishdan boshlanadi. Har qanday tildagi sodda gaplar tarkibida ega, kesim,
to'ldiruvchi, aniqlovchi, hol kabi gapning bosh va ikkinchi darajali bo'laklari mavjud 
bo’lishi mumkin. 
I. Ega - gapning zaruriy bo'lagi bo'lib, boshqa bo'laklar bilan grammatik 
bog’langan bo'ladi, u predmet yoki shaxsni bildiradi. Ega kim, nima, qayer so'roqlariga 
javob beradi. Ega uchun 

simvolidan foydalaniladi. 
II. Kesim - gapning ham semantik, ham grammatik markaziy bo'lagi bo'lib, u 
gapning yadrosi hisoblanadi, kesimsiz gap shakllanmaydi, u harakat, holat, xususiyat 
kabilarni anglatadi. Kesim nima qilyapti, nima qilmoqchi, nimadan tashkil topgan kabi 
so'roqlarga javob beradi. Kesim uchun 
P (
ba’zan
 V) 
simvolidan foydalaniladi. 
III. To'ldiruvchi deb predmetni bildiruvchi va ma'no jihatidan kesimni 


33 
to'ldiruvchi gap bo'lagiga aytiladi. Vositasiz (obyektsiz) to'ldiruvchi kimni, nimani 
so’roqlariga, vositali to'ldiruvchi esa kimga, nimaga, kimda, nimada, kimdan, nimadan, 
kim haqida, nima haqida va hk. so’roqlariga javob bo’ladi. To’ldiruvchi uchun 

simvolidan foydalaniladi. 
IV. Aniqlovchi otning belgilarini tushuntiruvchi, izohlovchi gap bo'lagidir. 
Aniqlovchi predmetning belgisini bildirgan holda qanday, kimning, nechanchi, qancha 
kabi so'roqlarga javob beradi. Aniqlovchi kompyuter lingvistikasida gap bo’lagi sifatida 
ajratilmaydi, chunki u gapda boshqa bo’laklarga tobelanib keladi, u gap uchun 
nozaruriy (fakultativ, obligator emas) bo’lak hisoblanadi. 
V. Hol kesimda ifodalanayotgan harakat yoki holatning o'rni, payti, maqsadi, 
sababi va bajarilish sharti kabilarni bildiruvchi gap bo'lagidir. U qanday, qay tarzda, 
qaerda, qachon, nima sababdan, nima uchun kabi so'roqlarning biriga javob beradi. Hol 
uchun 

simvolidan foydalaniladi. 
Modellashtirish metodi keyingi paytlarda tilshunoslikda faol tadbiq qilina 
boshlandi. Bunda olimlar bu metodning bir qator abzalliklari va pragmatik jihatlarini 
nazarda tutadilar. Buni quyidagicha izohlash mumkin: 
-
Birinchidan, modellashtirish amaliy metod hisoblanadi, tavsifiy emas.
-
Ikkinchidan, modellashtirish metodi har qanday sharoitda optimal (“eng 
qulay”, “eng maqbul” degan ma’nolarni ifodalaydi) hisoblanadi.
-
Uchinchidan, modellashtirish metodi ekonomiya prinsipiga tayanadi. Bunda 
so’z, uzun ta’rif va tavsiflarga ehtiyoj bo’lmaydi.
-
To’rtinchidan, obyektni tushuntirish va izohlashni osonlashtiradi va 
soddalashtiradi. 
Borliqdagi hamma narsalarning ijobiy va salbiy tomonlari bo’lgani kabi, 
modellashtirish metodining ham pozitiv va pragmatik tomonlari bilan birga salbiy 
tomonlari ham bor. Uning kamchiliklari, salbiy tomonlarini quyidagicha umumlashtirish 
mumkin: 
-
Birinchidan, modellashtirishda faqat struktur va formal belgilarga 
asoslaniladi. Bunda mazmuniy tomon, semantik qirralar e’tibordan chetda qoladi. 
Vaholanki, har qanday hodisaning, xususan, lisoniy hodisaning, mohiyati shakl va 
mazmun birligida o’z ifodasini topgan bo’ladi.
-
Ikkinchidan, bizning obyekt haqidagi bilimlarimiz rivojlanib borgan sari 
modellar eskiradi. Avvalgi bilimlarni inkor qilish hisobiga fan rivojlanadi. Mavjud 
modellar bilimlarimiz ufqini cheklaydi va xato tasavvurlarga olib kelishi mumkin. 
-
Uchinchidan, tabiat va jamiyatdagi hech bir narsa boshqa obyektlar 
ta’siridan holi bo’lmaydi. Ya’ni modellar nisbiylik xarakteriga ega bo’ladi, biz ularni 
mutlaq haqiqat sifatida qabul qila olmaymiz. 


34 
Kompyuter lingvistikasida eng ko’p qo’llanilayotgan metodlardan biri analogiya 
metodi hisoblanadi. 

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə