O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

"Grammatika san'ati"
(“Grammatike techne”)
nomli sistemalashtirilgan dastlabki 


37 
yunon grammatikasini yaratdi. Shundan buyon grammatika falsafadan mustaqil soha 
sifatida ajralib chiqdi.
35
Antik davrda grammatika 
preskriptiv
(to’g’ri gapirish, to’g’ri jumla tuzishni 
ko’rsatuvchi yo’riqnoma) xarakterga ega bo’lgan. XVIII asr oxirlarida grammatikani 
tushunish keskin o’zgardi. Bu davrda bobo til konsepsiyasini ilgari surgan qiyosiy-
tarixiy grammatika shakllandi. Unda yevropa tillarining qadimgi sanskrit tili bilan 
tarixiy aloqasini aniqlash yordamida hind-yevropa tillari shajarasini rekonstruksiya 
qilish bo’yicha qiyosiy aspektda tadqiqotlar olib borildi.
XX asr boshlarida Ferdinand de Sossyur grammatikani tavsiflashda sinxroniya 
va diaxroniyani farqladi. Bunda grammatikani tarixiy (diaxron) o’rganishni emas, balki 
sinxron (muayyan vaqtdagi holati) tadqiq qilish lozim deb hisobladi. XX asrning 50-
yillarida Noam Chomsky grammatikani tavsiflashning yangi metodini tavsiya etdi. Bu 
tilshunoslikda “formal grammatika nazariyasi” deb ataladi. Olimning tadqiqot natijalari 
kompyuter lingvistikasining shakllanishiga asos bo’ldi. N.Chomskyning formal 
grammatika haqidagi qarashlari 
“Syntactic Structures”
(1957) hamda 
“Aspects of the 
Theory of Syntax”
nomli kitoblarida yoritilgan.
Grammatikaga bo’lgan yondashuvlar turlicha bo’lganligi bois tilshunoslik 
tarixida turli grammatikalar yaratilgan. Jumladan, nazariy grammatika va amaliy 
grammatika; an’anaviy (klassik) grammatika va noklassik grammatika; sinxron va 
diaxron grammatika; xususiy va umumiy (universal) grammatika; kategorial 
grammatika, tobelik grammatikasi, leksik-funksional grammatika, konstruktiv 
grammatika, transformatsion grammatika, kontekstdan xoli grammatika (context-free 
grammar) kabi. 
Grammatik tavsifning eng sodda (primitiv) formal modeli gap bo’laklariga 
ajratish modeli sanaldi. Tabiiy tillar grammatikasida sodda gap ikki qismdan – ega va 
kesimdan tashkil topgan sintaktik qurilma sifatida tavsiflanadi. Ega nutqning 
predmetini, kesim esa uning belgisini ko’rsatadi. Ega va kesim alohida so’zlar bilan 
ham, so’zlar guruhi bilan ham ifodalanishi mumkin. Agar ega va kesim so’zlar guruhi 
bilan ifodalansa, sodda gap ikki struktur elementga ajratiladi: 

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə