O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

Chomsky ierarxiyasi
deb nomlanadi:
1.
0 grammatika (unrestricted phrase-structure grammar)
– juda murakkab 
generativ grammatika, bunda 
G=(N,

, P, S) 
belgilari yordamida ish ko’riladi. N, 


alifbo (N – noterminal simvollar, u grammatikadagi simvollarni o’z ichiga oladi; 


metatilning terminal simvollari, u tildagi so’zlarni qamrab oladi); S – noterminal 
to’plamning boshlang’ich simvoli, 
Р
– qayta ishlab chiqilgan qoidalar. Bunda terminal 
va noterninal simvollarni birlashtiruvchi 
V
 
belgisi qabul qilingan, u inglizcha 
Vocabulary (lug’at) so’zidan olingan 
(
V=T

N)
. Bu grammatika o’ta abstraktlashgan 
matematik modellarga, informatika nazariyasiga tatbiq etilgan. 
2.
1 grammatika (context-sensitive grammar)
– kontekstga bog’liq 
grammatika bo’lib, bunda simvollar zanjiri kontekst bilan aniqlanishi mumkin. Bu 
grammatika tabiiy tillar unsurlarining generatsiyasida faol qo’llaniladi. 


44 
3.
2 grammatika (context-free grammar) 
– kontekstga bog’lanmagan 
grammatika bo’lib, u programmalashtirish tillari unsurlarining generatsiyasida (ifodalar, 
buyruqlar tizimida) ishlatiladi. 
4. 
3 grammatika (regular grammar) 
– regulyar grammatika deb ataladi, u 
juda sodda va cheklangan grammatika bo’lib, tilning sodda unsurlari uchun ishlatiladi 
(miqdor, konstantalar, o’zgaruvchilar uchun).
Formal grammatikada 2 ta tushuncha asosiy: a) generation – tug’dirish, hosil 
qilish, 
порождение
; b) recognition – tanish, bilish, 
распознавание
. Shunga ko’ra 
grammatika 2 ga bo’linadi: 1) tug’dirish grammatikasi (generative grammar) – tog’ri 
gaplarni qabul qilish protsedurasi; 2) tushunuvchi, tanuvchi grammatika (recognizing 
grammar) – to’gri gaplarni tushunish protsedurasi. 
Demak, grammatika tilning asosida yotuvchi shunday ichki strukturaki, uni har 
bir til tashuvchisi intuitiv ravishda his qiladi va undan g’ayrishuuriy tarzda foydalanadi. 
Sir emaski, har bir inson o’z ona tili grammatikasini bolaligidanoq o’zlashtiradi. Bu 
jihatlar esa grammatikani formallashtirish masalasi juda murakkab ekanligini 
tasdiqlaydi. Grammatikani ideal darajada tavsiflovchi qoidalar sistemasining mavjud 
emasligi, har qanday tavsiya etilayotgan model nomukammal ekanligi xususida 
mashhur tilshunos olim K.Fossler shunday yozadi: 
“Grammatikani fonetika, 
morfologiya va sintaksisga bo’lish hech kimga sir emas. Tilni uning shakllanish 
jarayoni ichida emas, balki uning o’z holati ichida o’rganish zarur. Uning ustida 
anatomik operatsiya o’tkaziladi. Jonli nutq gaplarga, gap bo’laklariga, so’zlarga, 
bo’g’inlarga va tovushlarga ajratib chiqiladi. Ushu metod to’liq o’zini oqlaydi va 
ahamiyatga molik natijalarga olib borishi mumkin, biroq shu bilan birga xatolarning 
manbai hisoblanishi ham mumkin. Xatolar ajratilgan bo’linishning nutq organizmi 
uchun asos bo’lishini da’vo qilingan paytda boshlanadi, aslida bu bo’linish insoning 
ixtiyoriga bog’liq ravishda mexanik va majburiy tarzda parchalash edi. Mazkur holat 
anatomiyadagi holatni eslatadi: anatom o’zining yorish, kesish ishlarini albatta 
o’zboshimchalik bilan asossiz amalga oshirmaydi, u o’ziga birmuncha qulaylik 
tug’diruvchi joylarni tanlab oladi. Xuddi shuningdek grammatist ham nutqni tovush, 
bo’g’in, asos, qo’shimcha kabilarga ajratishda tabiiy bo’lmagan, lekin o’ziga qulay 
yo’ldan boradi”
.
45
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, shu kungacha olimlar 
tomonidan ishlab chiqilgan barcha grammatik modellar o’ta shartli va nisbiydir.
Keltirilgan barcha modellar - gap bo’laklari modeli ham, bevosita ishtirokchilar modeli 
ham, tobelik daraxti modeli ham, transformatsion va generativ grammatika modeli ham 
mutloq va benuqson emas. Ularning hammasi til va nutq strukturasining qaysidir 
45

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə