O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

Abdullayev Y. 
Statistika nazariyasi. – Toshkent, 2002. – B. 4-5. 


47 
Shu ma’noda statistika yuzasidan shunday hazilomuz gap aytiladi: 
“Yolg’onning uch 
turi bor: a) yolg’on; b) g’irt yo’lg’on; c) statistika”.
Statistikaning til hodisalariga tatbiq etilishi natijasida lingvostatistika sohasi 
shakllandi, unda til birliklari, lisoniy hodisalar, matnlar statistik tahlil etiladi. Matnning 
statistik tahlili – tilni ehtimollik belgilariga ko’ra tahlil qilish, til hodisalarini statistik 
xarakteristikalari asosida baholash demakdir. Til birligining gapda yoki matnda 
qo’llanish chastotasi (sur’ati) ehtimollik deyiladi. Til hodisalari haqidagi haqiqatlar 
lingvostatistik tadqiqotlar yordamida aniqlanadi. Masalan, o’zbek tili uchun qaysi 
bo’g’in strukturasi tipik ekanligini, gap modellaridan qaysi biri eng asosiy konstruksiya 
ekanligini, bosh kelishikdagi otlarning asosan qaysi gap bo’lagi vazifasida kelishini
tanlangan matnda so’z turkumlarining qay darajada ishlatilishini aniqlash uchun 
lingvostatistik tahlillarga ehtiyoj seziladi.
Til hodisalarini statistik metod asosida tahlil qilish uchun doim ma’lum bir matn 
yoki matnlar to’plami olinadi. Ular badiiy adabiyotdan, gazeta va jurnallardan, 
publitsistik maqolalardan, ilmiy asarlardan, dialektologlarning jonli nutqidan yozib 
olgan materiallaridan tanlanadi. Statistik xususiyati o’rganilayotgan muayyan matnlar 
“tanlama” deyiladi. 
Tanlamaning hajmi
tekshirilayotgan hodisalarning umumiy 
sonidir, uni 
“H”
bilan belgilash mumkin. Masalan, 100 ta so’z; 37 ta bosh kelishik 
shaklidagi ot kabi. Aniqlanayotgan hodisani ko’rsatadigan miqdor (masalan, ot oldida 
aniqlovchi vazifasida keladigan takrorlangan otlar miqdori) 
absolyut chastota
hisoblanadi, uni 
“M” 
harfi bilan belgilash mumkin. 37 ta otdan 30 tasining aniqlovchi 
vazifasida kelishi absolyut chastotadir. Absolyut chastota (M) ning tanlama hajmi (H) 
ga nisbati (M/H) dan 

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə