O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


ВЗ - old qo’shimchasi 74 har xil fe'l, 27 sifat, 14 ot va faqat 2  ravishda uchragan.  БЕЗ



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

ВЗ
- old qo’shimchasi 74 har xil fe'l, 27 sifat, 14 ot va faqat 2 
ravishda uchragan. 
БЕЗ
-
old qo’shimchasi asosan ot, sifat va ravish yasashda ishlatilar 
ekan, fe'lda esa atigi 4 martagina ishlatilgan, xolos. Alfavit - chastotali lug’atlar tilda 
yoki qardosh tillarda va ularning sohalarida u yoki bu so’z paradigmasini amalga 
oshishini kuzatish imkonini beradi.
Chappa (ters) chastotali lug’atlar tilda qo’shimchalarning qanday qo’llanilishini 
aniqlab beradi. Chastotali va ters chastotali lug’atlarning ma'lumotlariga ko’ra ot, 
olmosh, sifat, ravish va son tillardagi ja'mi so’zlarning 70 %ni tashkil qilgan holda, fe'l 
ulushi ularning 1/4ga teng. Tillarda so’z turkumlarining ishlatilishi ham tadqiqotchilar 
e'tiborini o’ziga jalb etadi. Xind-evropa tillarida yordamchi so’z turkumlarining ko’proq 
ishlatilishi kuzatiladi (28-34%), ular o’zbek tilida esa kam o’rin egallaydi (atigi 8%). 
Chastotali lug’atlar yaratilishi 
 
1.
1861 yilda bosmaxonada harf terish ishini osonlashtirish maqsadida 
dastlabki chastotali lug’at tuzildi. 
2.
1963 yilda eng faol 2500 leksema kiritilgan chastotali lug’at Shteynfeld 
tomonidan yaratildi.
3.
1970 yilda Leyptsig universitetida prof. L.Gofman guruhi tomonodan 
meditsina, fizika, ximiya, qurilish ishi, matematika, veterinariya sohalarida eng ko’p 
qo’llaniluvchi so’zlarni jamlagan 3 tilli chastotali lug’at yaratildi. 


52 
4.
1972 yilda Kissen tomonidan “
Словарь
наиболее
употребительных
слов
современного
узбекского
литературного
языка
” (“Hozirgi o’zbek adabiy tilining 
ko’p ishlatiladigan so’zlar lug’ati”) nomli chastotali lug’at yaratildi.
5.
1974 yilda harbiy chastotali lug’at-minimum yaratildi. 
6.
1981 yilda R.Qo’ng’urov va S.Karimovlar tomonidan “Zulfiya 
poeziyasining lug’ati. Konkordans” tuzildi. 
7.
1982 yilda matematika fani yuzasidan inglizcha-ruscha chastotali lug’at 
ishlab chiqildi. 
8.
1984 yil Leningrad davlat universitetida tarix, iqtisod fani yuzasidan 
inglizcha-ruscha chastotali lug’at ishlab chiqildi. 
9.
1986 yilda S.Rizayev va N.Bo’ronovlar tomonidan “A.Qahhor “Sinchalak” 
povesti tilining chastotali lug’ati” yaratildi. 
10.
1987 yilda falsafa fanidan chastotali lug’at yaratildi. 
11.
2006 yilda D.O’rinboyeva tomonidan “O’zbek xalq dostonlari tilining 
chastotali lug’ati” ishlab chiqildi. Bu lug’at uchun “Alpomish”, “Ravshan”, 
“Rustamxon” dostonlari matni statistik tadqiqot obyekti qilib olingan, unda 28499 so’z 
shakli statistik tahlil qilingan.
Chastotali lug’atlarning kompyuter lingvistikasi uchun ahamiyati quyidagilarda 
ko’rinadi: 
-
Birinchidan, chastotali lug’atlar avtomatik qidiruv tizimi asosida ishlaydigan 
elektron lug’atlar yaratish uchun, ularning sohaviy turlari uchun tayyor lingvistik 
ta’minot vazifasini o’taydi. 
-
Ikkinchidan, chastotali lug’atlar til o’qitishni avtomatlashtirish jarayonida, 
kompyuter lingvodidaktikasi sohasida metodologik ahamiyat kasb etadi. 
-
Uchinchidan, chastotali lug’atlar chet tillarini o’qitishning samaradorligini 
oshirish uchun muhim omil bo’lib, ular xorijiy tillarning leksik va leksik-morfologik 
minimumlarini yaratishga imkon beradi.
Agglyutinativ tillarda o’zak va qo’shimcha orasidagi chegara (“chok”) aniq 
sezilib turadi. Bu tillarda o’zakni aniqlash oson. Buni matematik asosda quyidagicha 
aniqlash mumkin. Masalan: Y+o+’l+d+a, y+o’+l+l+a+r, y+o’+l+n+i+n+g …
3 (y+o’+l)+d+2 a+2 n+i+g+r. Demak, bu so’zlar uchun umumiy o’zak eng ko’p 
qo’llangan tovushlar (y+o’+l) hisoblanadi. 
Flektiv tillarda o’zak va qo’shimcha orasidagi chegara sezilmaydi, bu esa ularda 
o’zakni aniqlash muammosini keltirib chiqaradi. Ingliz, arab tillari flektiv tillar guruhiga 
mansubdir. Bu tillarda o’zakni aniqlashda yuqoridagi usuldan foydalanish mumkin. 
Bunda eng ko’p takrorlanuvchi tovushlar “o’zak” (“root”) sifatida olinishi mumkin.
sing – sang – sung – song = s+n+g – o’zak
ta’lim – 
ﻢﻠﻌﺗ
olim -
ﻢﻟﺎﻋ
ilm
ﻢﻠﻋ



53 
Arabcha so’zlar uchun umumiy o’zak -
م
ل
ع
harflaridir.
Polisemantik so’zlar semalari (ma’nolari) orasida integral jihatlar kuzatiladi, 
mantiqiy aloqadorlik bo’ladi. Ularning polisemantik ekanligini to’plamlik belgilari 
asosida tahlil qilish yordamida, to’plam elementlari va belgilari orasidagi kesishuvni 
topish yordamida aniqlanadi.
Birikmalar: “Ko’z” ning semalari: 
A. Odamning ko’zi. 1. Ko’rish organi.
B. Uzukning ko’zi. 2. Shaffoflik belgisi. 
C. Buloqning ko’zi. 3. Cheti botganlik. 
D. Derazaning ko’zi. 4. O’rtasi bo’rtganlik.
E. Ishning ko’zi. 5. Ochilishi va yumilishi. 
F. Yog’ochning ko’zi. 6. Asosiyligi. 
G. Qalb ko’zi. 7. Sezish (ko’rish) organi
9-jadval 

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə