O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

Analogiya
(yunoncha 

ναλογ

α
so’zdan olingan, “moslik”, 
“o’xshashlik” ma’nosini anglatadi) — munosabatlarning tengligi, muvofiqligi; hodisa 
va jarayonlarning muayyan xossalarini qiyoslash yo’li bilan anglashda o’xshash 
jihatlari. Qiyoslanayotgan obyektlar o’rtasida o’xshashlik va farqlanish kuzatiladi, bu 
qiyoslashning asosi sanaladi. Bunda ma’lum obyektga xos bo’lgan aniq belgining 
qiyoslanayotgan obyektlarda kuzatilishiga tayanib ularning identifikatsiyasi asosida 
mushtarak jihati aniqlanadi. Masalan, sifat va ravish so’z turkumiga mansub so’zlar 
berildi. Ular bir qarashda bir-biriga juda yaqin, so’roqlari o’xshash, lekin shu bilan birga 
farqli tomonlari ham mavjud. Shunda analogiyaga tayanib berilgan so’zlarning 
mushtarak jihatlarini ajratish mumkin. Yoki ko’p odamlar 
“singan oyna – baxtsizlik, 
noxush voqealarni keltirib chiqaradi”
degan irimga ishonadi. Bu irimning kelib chiqishi 
ham qandaydir mistik asosga ega emas, balki analogiyaga asoslangan. Ya’ni singan 
oyna insonni xunuk aks ettiradi, mazkur tashqi o’xshashlik asosida tasvirning buzilishi 
undan foydalanuvchi uchun ham shunga mos yomon oqibatlarni keltirib chiqaradi degan 
xulosaga olib kelgan. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, analogiya 
induksiya
(umumiylikdan 
xususiylikka borish; qoidadan misolga borish) va 
deduksiya
(xususiylikdan 
umumiylikka borish; misoldan qoidaga borish) metodlari bilan uzviy aloqadorlikda 
bo’ladi. Bilish jarayonida ular o’rtasiga qat’iy chegara qo’yib bo’lmaydi. Analogiya 
deduksiya va induksiya o’rtasida bog’lovchi “xalqa” vazifasini o’taydi.
Bilishda analogiya metodining ahamiyatini mashhur matematik Dyord Poya 
shunday izohlydi: 
“Analogiyaga asoslanmasdan na elementar, na oliy matematikada, 
na fanning boshqa sohalarida hech qanday kashfiyot qilib bo’lmaydi”
. Stefan Banax 
esa shunday yozadi: 
“Matematik isbotlar o’rtasidagi analogiyani topa olgan odam, eng 
yaxshi matematik – isbotlar o’rtasida analogiya o’rnata olgaan odam, bundan ham 
ko’ra kuchli matematik – nazariyalar analogiysini sezgan odam; biroq odam o’zini eng 
kuchli hisoblashi uchun analgiyalar o’rtasidagi analogiyani ko’ra olishi kerak”
. Ushbu 
mulohazalardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, analogiya lingvistikadagi, 
xususan, kompyuter lingvistikasidagi tadqiqotlar uchun ham o’ziga xos “kompas” 
vazifasini bajaradi. 
Akademik L.V.Sherba o’zining bir ma’ruzasida yozuv taxtasiga shunday 
jumlani yozadi: 

Глокая
 
куздра
 
штеко
 
будланула
 
бокра
 
и
 
кудрячит
 
бокренка
”.
Talabalardan uning grammatik tahlilini talab qiladi. Mazkur jumla aslida hech qanday 
mazmunga ega emas, lekin u rus tilidagi mazmunga ega bo’lgan qaysidir jumlani 
eslatadi. Bu jumlaning grammatik tahlilini amalga oshirish mumkin. Masalan, “
куздра
” 
so’zi – birlik, bosh kelishik, jenskiy rod shaklidagi ot bilan ifodalangan ega

будланула
” so’zi – o’tgan zamon shaklidagi fe’l bilan ifodalangan kesimlardan biri, 

кудрячит
” so’zi – noaniq shakldagi fe’l bilan ifodalangan boshqa bir kesim tarzida 


35 
tahlil qilish mumkin. Masalaga bunday yondashish analogiya metodi asosida bo’ladi. 
Mazkur yondashuv, ayniqsa, kompyuter lingvistikasidagi matning avtomatik analizi 
yo’nalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda so’zlarning grammatik tavsifi va 
so’zlarning oxiridagi harf tarkibi o’rtasidagi kuchli korrelyatsion aloqaga tayaniladi
.
34
Y
a’ni oxirgi harf tarkibi bir xil bo’lgan so’zlarning derivatsion va relyatsion modellari 
(so’z yasalishi va shakl yasalishi) hamda grammatik ma’lumotlari (qaysi so’z turkumiga 
mansubligi, qanday grammatik kategoriyalarga egaligi) bir xil bo’lishi tabiiy. Masalan, 
ingliz tilida 
-er, -ness, -dom
kabi, rus tilida 
-
ность
, -
щик
, -
ник
kabi, o’zbek tilida -
shunos, -chi, -lik qo’shimchalarga ega bo’lgan so’zlar yuqori ehtimollik bilan ot (noun) 
so’z turkumi hisoblanadi. Demak, tezaurusda (lug’at bazasida) mavjud bo’lmagan 
so’zlarning avtomatik analizi mavjud bo’lganlarining harf tarkibidagi moslikdan, so’zlar 
analogiyasidan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi mumkin. Bu jarayonda tizimning 
lingvistik ta’minoti chappa (ters) lug’atlar bilan ham to’ldirilgan bo’lishi lozim.

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə