O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


parsing ) ta’minlovchi tizimlar yaratish ( parser



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

parsing
) ta’minlovchi tizimlar yaratish (
parser
dasturlar); 

mashina tarjimasi uchun mo’ljallangan dasturlarni ishlab chiqish; 

lug’atlarni va kompyuterdagi matnni statistik tahlil qilish;

lingvistik muammolarni hal qilishga yo’naltirilgan optimal dasturlar 
yaratish;

muloqotning kompyuter modelini ishlab chiqish;

matn strukturasining gipertekst texnologiyasini yaratish;

elektron lug’atlar va tezauruslar yaratish;

sun’iy intellekt tizimini ishlab chiqish;

matnlar korpusini yaratish;

matnni avtomatik referatlash; 
5
Новое
 
в
 
зарубежной
 
лингвистике

Вып
.24. 
Компьютерная
лингвистика
. - 
М
.: 
Прогресс
, 1989. - 
С
.10. 
6
Jurafsky D., Martin J.H.
Speech and Language Processing. - New Jersey, 2000. – P. 2-3. 




syujet strukturasini modellashtirish;

nutqni avtomatik tushunish tizimini ishlab chiqish (inglizcha 
ASR – 
Automatic Speech Recognition
);

matndan faktlarni avtomatik ajratib olish (inglizcha 
fact extraction

text 
mining
).
Kompyuter lingvistikasida qo’llaniladigan va yaratiladigan linvistik 
vositalarni shartli ravishda ikkiga qismga bo’lish mumkin: deklarativ hamda 
protsedura qismlari. Deklarativ qismga til va nutq birliklari lug’ati, grammatik 
ma’lumotnomalar, matnlar korpusi kabilarni kiritish mumkin. Protsedura qismi esa 
yuqoridagi lingvistik ta’minot bazasini boshqarish vositalarini (algoritmlar tuzish, 
dasturlar yaratish, kompyuter analizi va sintezi kabilar) o’z ichiga oladi.
O’zbek tili materiallari bo’yicha kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqot olib 
borgan olimlar sifatida H.Arziqulov, S.Rizaev, S.Muhamedov, A.Po’latov, 
S.Muhamedova, N.Jo’rayevalarni ko’rsatish mumkin. Olimlar asosan statistik 
tahlil, algoritmlash, o’zbek tilining aksiomatik nazariyasi, fe’llarning kompyuter 
analizi va sintezi kabi yo’nalishlar bo’yicha izlanishlarni amalga oshirganlar. 
O’zbek tilshunosligidagi kompyuter lingvistikasining boshqa yo’nalishlari esa o’z 
tadqiqotchilarini kutmoqda. Shunga ko’ra, bugungi kunda o’zbek tilshunosligining 
kompyuter bilan bog’liq holda hal etilishi lozim bo’lgan quyidagi vazifalarni 
ta'kidlab ko’rsatish mumkin:
7
1. 
O’zbek tilining kompyuter uslubini yaratish. 
2. 
Axborot matnlaridagi qoliplilik, qisqalik standartlarini ishlab chiqish. 
3. 
Kompyuter izohli va tarjima lug’atlarini yaratish. 
4. 
O’zbek tili va adabiyoti darsliklarining elektron versiyalarini ishlab chiqish. 
5. 
Kompyuterda inglizcha-o’zbekcha tarjima dasturlarini ishlab chiqish. 
6. 
Kompyuterdagi matnlarni avtomatik tahrirlash dasturlarini yaratish. 
7. 
O’zbek tili grammatikasining kompyuter modelini yaratish. 
8. 
"Inglizcha-o’zbekcha tarjimon" kompyuter dasturini ishlab chiqish. 
9. 
O’zbek tilidagi matnlarni tahrir qilish dasturlarini yaratish. 
10. O’zbek tilidagi "Windows" operatsion tizimini yaratish. 
11. Inglizcha-o’zbekcha, o’zbekcha-inglizcha kompyuter lug’atlarini ishlab 
chiqish. 
Kompyuter lingvistikasi amaliy tilshunoslikning tarkibiy qismi hisoblanadi, u 
nazariy tilshunoslik yutuqlaridan foydalanadi, oziqlanadi. Kompyuter lingvistikasi 
va nazariy tilshunoslik bir-birini to’ldiradi. Kompyuter lingvistikasida til insondan 
tashqarida mavhum sistema sifatida, L.Yelmslev ta’rifi bilan aytganda “sof 
7

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə