O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

Соссюр
 
Ф

де

Курс
общей
лингвистики

Труды
по
языкознанию
. - 
М
.: 
Прогресс
, 1977. - C. 53.
13
Шемакин
 
Ю
.
И
.
Начало
компьютерной
лингвистики
. – 
М
.:
Высшая
школа
, 1992. – C. 7. 
14
Нурмонов
 
А
.
Лисоний
белги
хусусиятлари
ҳақида
. – 
Андижон
, 1992. – 
Б
.14. 
tushuncha 
akustik obraz 


17 
ko’rinadi. Ushbu birliklar ifoda va mazmun jihatiga egaligi bilan, shu nuqtai nazardan 
umumiy hamda farqli xususiyatlari bilan o’zaro ajralib turadi.
Tabiatda ham, jamiyatda ham mavjud har bir narsa, hodisa - falsafiy ma'noda 
shakl (tashqi) va mazmun (ichki) tomonlariga ko’ra baholanadi. Tilning eng kichik 
birligi bo’lgan tovush (fonema) shakl va mazmun jihatiga ko’ra o’ziga xos bo’lib, 
morfema va so’zlardan farqlanadi. Tovush (fonema), qayd etilgan xususiyati nuqtai 
nazaridan, faqat bir tomonga - ifoda tomoniga egadek ko’rinadi. U morfema va so’z 
kabi muayyan ma'no, tushuncha - mazmun bilan bog’lanmaydi, ma'no ifodalamaydi. 
Shu nuqtai nazardan tovush (fonema) bir tomonlama birlikka o’xshaydi. Ammo tovush 
(fonema) faqat ifoda jihatiga, moddiylik xususiyatiga egaligidan tashqari, ayni vaqtda, u 
dastavval til birliklarining tashqi - ifoda jihatini tashkil qiladi va ularni shaklan - tovush 
tizimiga ko’ra farqlaydi. Shunga ko’ra til birliklarining ma'nosi o’zgaradi, o’zaro 
farqlanadi. Demak, tovush (fonema) muayyan ma'noga ega bo’lmagan, ammo, ayni 
vaqtda, muayyan ma'noga ega til birliklarining (morfema va so’zlarning) 
differensiatsiyasi uchun, ularni o’zaro farqlash uchun xizmat qiladi. Til birligi bo’lgan 
tovush (fonema) kommunikativ jarayonda ijtimoiy vazifa bajarishiga, tilning eng asosiy 
qurilish materiali, moddiy ashyosi ekanligiga, so’z hosil qilish, so’z yasash, ma'no 
farqlash kabi ijtimoiy - lisoniy xususiyatlarga egaligiga ko’ra alohida baholanadi. 
Shunga ko’ra tovush (fonema) til birligi sifatida tilshunoslikning alohida sohasi bo’lgan 
fonemalar haqidagi ta'limotning - fonologiyaning tadqiq va tahlil ob'ekti hisoblanadi.
Til birligi bo’lgan morfema ifoda (moddiy) va mazmun (ruhiy) jihatlarining bir 
butunligidan iborat bo’lib, tilning muayyan ma'noga ega eng kichik birligi hisoblanadi. 
Muayyan birlik bo’lgan so’z (leksema) ikki planli belgi sifatida tovush va ma'no, ifoda 
va mazmun tomonlarining dialektik bog’liqligidan iborat bo’lib, nominativ birlik 
holatida ijtimoiy vazifa bajaradi. So’zning ifoda plani uning tashqi - tovush tomoni 
bo’lib, bunda so’zning belgisi sifatida uning tovush tomoni xizmat qiladi. So’z ifoda 
planiga ega deyilganida, so’zni formal shakllantiruvchi, uni moddiy birlik sifatida sezgi 
a'zolarimizga ta'sir qilishini ta'minlovchi tovushlar nazarda tutiladi.
So’zning mazmun plani uning ichki, ma'no tomoni (leksik ma'no, leksik 
tushuncha, ramziy axborot, signifikat, semema) bo’lib, u obyektiv borliq 
elementlarining kishi ongida aks etishi, ayni elementlarga xos xususiyatlarning 
umumlashuvi natijasida yuzaga keladigan ideal (psixik) strukturadir. Ma'no obyektiv 
borliq elementi yoki ushbu elementlar guruhining kishi ongidagi shartli ramzi (belgisi, 
ishorasi) emas, balki bu element (yoki elementlar guruhining) kishi ongida mavhumlik 
kasb etgan obrazi, umumlashgan in'ikosi hisoblanadi. 
So’zning mazmun tomonini o’zicha biron shaxsga ma'lum qilish mumkin 
bo’lmaganligi uchun uning tovush jihati, ramzi talaffuz qilinadi. Bu ramz (belgi) 
tinglovchi ongida tegishli tushuncha, tasavvur uyg’otadi. Demak, til sistemasida ramziy 


18 
munosabat tovush va ma'no orasidagi shartli bog’lanish tarzida yuzaga chiqadi. Ma'noda 
aks etadigan aniq narsa yoki hodisa tasavvuri (denotat) ikkinchi planda bo’ladi.
So’z mazmun planida ikki hodisa farqlanadi: leksik ma'no (

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə