O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Kod - axborotni yozib olish vositasi (usuli).  2.  Matn (tekst)



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

Kod
- axborotni yozib olish vositasi (usuli). 
2. 
Matn (tekst)
- muayyan axborotni berish, uzatish jarayonidagi belgilarning 
(til birliklarining, simvollarning) izchilligi, ketma - ket kelishi. 
15
Нурмонов
 
А
.
Лисоний
белги
хусусиятлари
ҳақида
. – 
Андижон
, 1992. – 
Б
.17. 
16
Эко
 
У
.
Отсутствующая
структура

Введение
в
семиологию
. — 
М
.: 
Петрополис
, 1998. – C. 45. 


19 
3. 
Kanal
- axborot beriluvchi, uzatiluvchi muhit, sharoit. 
4. 
Informatsiya
asosiy birlik bo’lib, u 
bit
(yoki 
binit
inglizcha “binary unit” – 
“ikkilik birligi”) deb ataladi.
17
5. 
Kodlash
va 
dekodlash
– informatsiyani mashina (kompyuter) tushunadigan 
tilga o’tkazish va bunga teskari bo’lgan kompyuter tushunadigan tildan inson 
tushunadigan tilga aylantirish jarayoni. 
Tashqi 
о
lam haqidagi informatsiya insonning bosh miya qobig’ida model va 
strukturalar ko’rinishida saqlanadi, aks etadi va qayta ishlanadi. Ushbu holatning 
fiziologik asosi nerv-sensor hujayralar - aksonlar hisoblanadi. Bosh miya qobig’ida 
so’zli strukturalar hamda semantik maydon shakllanadi. Funksionalashuv jarayonida 
(xabarning bir individuumdan boshqasiga yetkazilishi va qabul qilinishi) til diskret 
shaklda – nutq ko’rinishida namoyon bo’ladi. Tovushli nutqning idrok qilinish jarayoni 
bu – nutq tovushlaridan informatsiyaning ajralishi, tarqalishi demakdir. Eshitish organi 
havoning tebranishini qabul qiladi, signalni bosh miya qobig’iga jo’natish uchun 
uzluksiz impulslarni kodlashtiradi. Birinchi bosqichda bosh miyada tovushlar 
zahirasidan “tovushlar modeli” (N.I.Jinkin buni 
“fonemalarning barqaror 
katakchalari”
deb nomlagan) shakllanadi. Inson miyasidagi obrazlar va tushunchalar 
tovushlar kombinatsiyasi ko’rinishida moddiy qobiqqa ega bo’ladi. Inson xotirasida 
so’zlarning modellari aniq hujayralar kompleksiga muvofiq ravishda saqlanadi. 
Informatsiyani solishtirish natijasida miyada yangi kod – so’z kodi kodlashtiriladi va 
uni qobiqning keyingi bosqichiga uzatadi. U yerda informatsiyaning yangi modeli 
shakllanadi, bunda oldingiga nisbatan kodlashtirish oson kechadi, chunki o’zida mavjud 
bo’lmagan ramzlarnigina kodlashtiradi, keyingi so’zni kodlashtirish oldingidan ko’ra 
ham oson kechadi, keyingi bosqichda – birikmalar kodlashtiriladi hamda informatsiya 
keyingi bosqichga uzatiladi. Bunda yuqoridagi jarayon qaytariladi: informatsiya 
ajratiladi va mazmun modellashtiriladi.
18
Tilni informatsiya nazariyasiga ko’ra yuqorida qayd etilgan uchta 
tushunchalardan kod bilan tenglashtirish, kod bilan parallel qo’yish mumkin.
19
Chunki 
kod, aytilganidek, axborotni yozib olish usuli, vositalaridan biridir. Demak, til - tilning 
har bir belgisi (til birliklari) kod sifatida muayyan axborot tashiydi, uzatadi, yetkazadi. 
Binobarin, ayni vaqtda, ushbu axborotni hisoblab chiqish, statistik ma'lumot to’plash 
mumkin. Xullas, til semiotika va informatsiya nazariyasiga ko’ra kod sifatida namoyon 
bo’ladi.
Algoritm – (lotincha algoritmus – “ibtido” ma’nosini anglatadi; bu so’zning 
etimologiyasi buyuk alloma Al-Xorazmiy ismi bilan bog’liq. U Yevropada buzilgan 
shaklda “Algorithmi” tarzida ishlatilgan) ma’lum bir tipga oid hamma masalalarni 
17

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə