O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

 
Adabiyotlar 
 
1. Grishman R. Computational Linguistics. – Cambridge University Press, 1994.
2. 
Шемакин
Ю
.
И

Начало
компьютерной
лингвистики
. – 
М
.: 
МГОУ
. 1992.
3. Good J. Linguistic Universals and Language Change. – Oxford University 
Press, 2008. 
4. Gelbukh A. Computational Linguistics and Intelligent Text Processing. – 
International Conference. – Mexico, 2003. 
5. 
Гринберг
Дж

Некоторые
грамматические
универсалии

преимущественно
касающиеся
порядка
значимых
элементов
// 
Новое
в
лингвистике

Выпуск
V. 
Языковые
универсалии
. – 
М
.: 
Прогресс
, 1970. – C. 115-
162. 
6. 
Новое
в
лингвистике

Выпуск
V. 
Языковые
универсалии
. – 
М
.: 
Прогресс

1970. 
7. Po'latov A., Muhamedova S. Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent, 2007. 
8. http://www.wikipedia.org/wiki/axiom.html/
Гильберт
Д

Аксиоматическое
мышление

Перевод
с
англ

А
.
Г

Барабашева



28 
Kompyuter lingvistikasida modellashtirish va analogiya metodlari 
 
Reja 
 
1.
Model tushunchasining mohiyati. 
2.
Modellashtirish va uning tilga tatbiqi. 
3.
Modellashtirishning pragmatik jihatlari va kamchiliklari. 
4.
Kompyuter lingvistikasida analogiya metodi. 
Tayanch so’z va iboralar: 
model, tabiiy model, matematik model, mantiqiy-
matematik model, metamodel, deduktiv, lingvistik model, sintaktik modellashtirish,
 
so’z 
turkumlari va ularning simvollari, gap bo’laklarining simvollari, analogiya 
metodi,induksiya, deduksiya. 
Model (lotincha “modelus” so’zidan olingan bo’lib, “nusxa”, “andaza”, 
“o’lchov”, “me’yor” ma’nolarini anglatadi) tabiiy fanlar yoki umuman fanda shunday 
moddiy qurilma, grafik, sxema, umuman, bilish vositasi sifatida tushuniladiki, u 
muayyan original-obyekt haqidagi ma’lumotlar majmui tarzida yuzaga kelgan hosila-
obyekt demakdir. Boshqacharoq tushuntirganda, model tabiiy obyektlarning 
imitatsiyasidir (o’xshashi, taqlidiy ko’rinishidir), u o’zbek tilidagi qolip, andoza 
so’zlariga mos keladi. U hodisalarning yuzaga kelishi uchun asos vazifasini o’taydi, 
bunda aniq yoki mavhum obyektlar kichraytirilgan obyektlar, sxemalar, chizmalar, 
fizikaviy konstruksiyalarda tadqiq etiladi. Buni oddiy hayotiy misol bilan 
tushuntiradigan bo’lsak, olmani xarakterlovchi belgilar, atributlar – uning dumaloqligi, 
mevaligi, shirinligi kabilar o’sha tushunchaning fikriy modeli hisoblanadi. Agar biz 
olmani loydan yoki sun’iy bir materiallardan yasasak, bu uning moddiy modeli 
hisoblanadi. Yoki globus yerning modeli, o’yinchoq mashina haqiqiy mashinaning 
modeli sifatida baholanishi mumkin.
30
Model quyidagi asoslarga ko’ra bilishda muhim 
hisoblanadi: 
-
birinchidan, u o’rganish obyektini soddalashtiradi; 
-
ikkinchidan, uni boshqa obyektlar ta’siridan ajratadi; 
-
uchinchidan, model obyektni ta’riflashni osonlashtiradi. 
Model dastlab amaliy sohalarda ishlatilgan. Keyinchlik ilm fanning ijtimoiy 
sohalariga ham kirib keldi. Bu matematika, kimyo fanlariga keng tatbiq qilingani yaqqol 
ko’rinadi. “Model” tushunchasi fan va texnikada turlicha ma’nolarda ishltilgani bois 
modellashtirish turlarining yagona tasnifi mavjud emas. Tasnif modelning xarakteriga 
ko’ra, modellashtirilayotgan obyektning tabiatiga ko’ra, modellashtirish tatbiq 
30
http://www.wikipedia.org/wiki/model.html 


29 
qilinayotgan soha yoki yo’nalishga qarab amalga oshirilishi mumkin. Masalan, 
modellashtirishning quyidagi turlarini ajratib ko’rsatish mumkin: informatsion 
modellashtirish, lingvistik modellashtirish, kompyuterli modellashtirish, matematik 
modllshtirish, matematik-kartografik modellahtirish, molekulyar modellashtirish, 
mantiqiy modellashtirish, pedagogik modellashtirish, psixologik modellashtirish
statistik modellashtirish, struktur modellashtirish, fizik modellashtirish, iqtisodiy-
matematik modellashtirish, imitatsion modellshtirish, evolyutsion modellashtirish, 
kognitiv modellashtirish kabi.
Modellarni shartli ravisda quyidagicha tasniflash mumkin: 
1.
Tabiiy modellar – o’rganilayotgan obyekt bilan bir turda bo’ladi va undan 
faqat o’lchamlari jarayonlarining tezligi va ba’zi hollarda yasalgan materiali bilan farq 
qiladi.
2.
Matematik modellar – prototipdan (asl nusxadan) jismoniy tuzilishi bilan 
farq qiladi, lekin prototip bilan bir xil matematik tasvirga ega bo’ladi. 
3.
Mantiqiy-matematik modellar – belgilardan iborat bo’lib, abstrakt model 
hisoblanadi va tafakkur jarayonini o’rganishda qo’llaniladi. 
4.
Kompyuterli modellar – matematik va mantiqiy modellashtirish metodlariga 
asoslanib kompyuterda algoritm va dasturlardan foydalanib yaratiladigan modellar. 
Kompyuterli modellashtirish bugungi kunda barcha fanlarda, xususan, 
kompyuter lingvistikasida ham samarali metod hisoblanadi.
31
Kompyuter 
modellashtirish quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:

Masalaning qo’yilishi, modellashtirish obyektining aniqlashtirilishi 


Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə