O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

implikativ universaliya
deb nomlanadi. Olim 45 ta implikatv universaliyani 
aniqlagan.
27
Masalan:
1. Agar til uzluksiz affikslarga ega bo’lsa, unda yo prefiksatsiya yoki 
suffiksatsiya yaxshi rivojlangan bo’ladi. 
2. Agar til istisnoli tarzda suffiksal bo’lsa, u holda u til posleloglarga, 
kelishiklarga boy bo’ladi. 
3. Agar til istisnoli tarzda prefiksal bo’lsa, u holda u til predloglarga boy bo’ladi. 
4. Agar til VSO modelida bo’lsa, u tilda predloglar dominantlik qiladi. 
Fonologiya, morfologiya, sintaksis, semantika sohalarida aniqlangan lingvistik 
universaliyalar 2000 yilga kelib 1600 tani tashkil etdi. Germaniyaning Konstanz 
25
Po'latov A., Muhamedova S.
Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent, 2007. - B.16.
26
Qarang: 
Новое
в
лингвистике

Выпуск
V. 
Языковые
универсалии
. – 
М
.: 
Прогресс
, 1970.
27
Гринберг
 
Дж
.
Некоторые
грамматические
универсалии

преимущественно
касающиеся
порядка
значимых
элементов
// 
Новое
в
лингвистике

Выпуск
V. 
Языковые
универсалии
. – 
М
.: 
Прогресс
, 1970. – C. 115-162. 


26 
universitetida lingvistik universaliyalarning bazasi (
Universals Archive
) yaratildi va u 
har yili yangi ma’lumotlar bilan boyitib boriladi. Buni obrazli qiib tushuntirganda 
D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy jadvaliga o’xshatish mumkin. Davriy 
jadvalda keyinroq aniqlanishi mumkin bo’lgan elementlar uchun bo’sh kataklar 
qoldirilgan. Xuddi shunga o’xshab universaliyalar bazasini to’ldirib borish uchun 
imkoniyat 
mavjud
28

Mazkur 
baza 
internetda 
http://www.ling.uni-
konstanz.de/pages/proj/sprachbau.htm
saytiga joylangan.
Lingvistik universaliyalar g’oyasi ta’sirida metagrammatika haqida qarashlar, 
nazariy va amaliy tadqiqotlar yuzaga keldi. Ilmiy adabiyotlarda metagrammatika 
atamasiga turlicha ta’riflar mavjud:
1. Metagrammatika – yunoncha metha “keyin”, grammatike – “o’qish va yozish 
san’ati”, metaqoidalarga asoslangan grammatika.
2. Metagrammatika - tavsifiy grammatika, formal grammatika, transformatsion 
grammatika bosqichlaridan so’ng yuzaga kelgan, qayta yozilgan grammatika.
3. Metagrammatika - programmalash tillarini tavsiflash uchun tabiiy til 
grammatikasi modeli asosida ishlab chiqilgan metaqoidalar to’plami.
Metagrammatika haqidagi dastlabki g’oyalar Dekart, Leybnits kabi 
matematiklar tomonidan ilgari surilgan ratsional (universal) grammatika yaratish, Klod 
Lanslo va Antoniy Arnoldlarning (1660 yil Parij) “Por-Royal grammatikasi” bilan 
bog’liqdir. Algol 68 uchun ishlangan metaqoidalar Winjgaarden-grammar yoki W-
grammar deb nomlangan. Keyinroq 1981 yil olimlar Gazdar, Pullman, Saglar ham 
metaqoidalar ishlab chiqdi. Uning nomi 

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə