O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


algoritmik tillar (programmalashtirish



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

algoritmik tillar (programmalashtirish 
tillari)
deb ham ataladi. Dastlabki shunday til 1958 yilda Parijda yaratilgan va 
“Algol”
deb atalgan (Uning to’liq nomi inglizcha – “Algorithmic language”). Hozir jahonda 500 
dan ortiq algoritmik tillar mavjud.
Algoritmik tillardagi matnlar xuddi tabiiy tildagidek aniq interpretatorga – 
insonga yoki avtomatik qurilmaga yo’nalgan bo’lishi lozim, toki u axborotni qabul 
qilsin va tushunsin. Agar bu jarayon (qabul qilish va tushunish) amalga oshmasa, u 
holda algoritmik tillar va kompyuter orasida vositachi sifatida 
translyator-dasturlar
(yoki 
kompilyatorlar
)dan foydalaniladi.
21
Algoritmik tillar uch asosiy komponentdan 
iborat bo’ladi: 1) alfavit – asosiy simvollar nabori; 2) sintaksis – simvollar 
kombinatsiyasi orqali jumla hosil qilish qoidalari; 3) semantika – algoritmik tillardagi 
birliklarning mazmun tomoni. Algoritmik tillar asosan 
imperativ
xarakterga ega 
bo’ladi, ya’ni asosan buyruqlar tizimiga tayanadi (begin - boshla, end – tugalla kabi). 
V.A.Uspenskiy va A.L.Semyonovlar bu haqida shunday yozadi: “Algoritmning 
mazmuni “buyruqlashtirilgan”: algoritm ijro etilishi, bajarilishi shart. Shunday qilib 
20
Фалсафа

Қисқача
изоҳли
луғат
. – 
Тошкент

Шарқ
, 2004. – 
Б
. 18.
21
Кревский
 
И
.
Г
., 
Селиверстов
 
М
.
Н
., 
Григорьева
 
К
.
В
.
Формальные
языки

грамматики
и
основы
построения
трансляторов
. – 
Пенза
, 2003. – 
С
.7.


21 
aytish mumkinki, 
algoritmlarni o’rganuvchi nazariya buyruq gaplar lingvistikasi 
sifatida talqin etilishi mumkin
”.
22
Algoritmlar asosan quyidagi shakllarda yoziladi: a) so’z ko’rinishida – tabiiy til 
yordamida; b) grafik ko’rinishida – tasvir, chizma va grafikli simvollar yordamida; c) 
psevdokod ko’rinishida – algoritmlarning yarim formallashgan tavsifi bo’lib, u 
programmalashtirishning 
dastlabki 
bosqichlarida 
qo’llaniladi. 
Bunda 
programmalashtirish tillari unsurlaridan ham, tabiiy tildagi so’z va birikmalardan ham 
foydalaniladi; d) programma ko’rinishida – programmalshtirish tillaridagi belgilar 
yordamida.
Algoritm buyruqlar tizimi, qat’iy bajariladigan amallar ketma-ketligi hamda 
programmalashtirishning tayanch nuqtasi sanalgani bois uning vositasida kompyuter 
dasturlarini ishlab chiqish va muammoni avtomatik tarzda (mashina orqali) hal etilishini 
amalga oshirish mumkin. Algoritmning qamrovli vazifalarni hal etishga yo’naltirish, 
algoritm nazariyasini mukammallahstirish, ayniqsa, kompyuter texnologiyalari
shuningdek, kompyuter lingvistikasi rivojlanayotgan davrimizda dolzarb ahamiyat kasb 
etadi. V.A.Uspenskiy va A.L.Semyonovlar algoritm haqida shunday yozadi: 
“Algoritm 
tushunchasi nafaqat algoritmlar nazariyasi, matematika va informatikaning 
tushunchasi, balki umuman zamonaviy fanlarning tayanch tushunchalaridan biridir. 
Axborot asrining kirib kelishi bilan algoritmlar sivilizatsiyaning eng muhim 
faktorlaridan biri bo’lib qoldi”
. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, kompyuter lingvistikasida 
shunday masalalar ham borki, ularni algoritmlar asosida hal etish mumkin emas. 
Jumladan, sun’iy intellekt tizimi doirasidagi neyron tarmoqlar, sifatli avtomatik tarjima 
kabilar. Ushbu muammolarni hal etishda 

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə