O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

signifikat
) va 
denotat
.
15
Denotat so’z ma'nosi emas, balki so’z yordamida ko’rsatiladigan, 
nomlanadigan, ataladigan hodisadir. Ma'no esa, qayd etilganidek, obyektiv borliq 
elementlariga xos bo’lgan xususiyatlarning inson ongida mavhumlik kasb etishi, 
umumlashuvi natijasida shakllanishidir. Nutqda so’z denotatning (obyektiv borliq 
elementining) lingvistik vakili vazifasini bajaradi. So’zda tovush ifodalovchi (ramz, 
belgi) bo’lsa, ma'no ifodalanuvchi bo’ladi.
So’zdan yirik so’z birikmalari va gaplar ham ifoda va mazmun planlariga ega 
bo’lib, ularning mazkur ikki jihati ko’proq grammatika va semantikaning aloqasi 
doirasida qaraladi. Ushbu nutq birliklari ham aslida ifoda va mazmun planiga ega 
so’zlarning birikuvidan, o’zaro bog’lanishidan yuzaga keladi. Shu sababli ularni 
o’rganish, ularni hosil qilgan so’zlarni o’rganishdan boshlanadi. 
Informatsiya nazariyasi informatsiyani uzatish va saqlashning mazmun tomonini 
emas, balki uning statistik qurilishi bilan shug’ullanadi, ya'ni informatsiya nazariyasi 
axborot matnini statistik struktura sifatida o’rganadi. Statistik struktura axborotdagi 
signal (simvol) va signallar birlashuvining voqelanish chastotasi - soni, miqdoridir. 
Signalning ko’p marta takrorlanishida signal orqali uzatiladigan axborotning miqdorini 
aniqlash juda muhimdir. Demak, informatsiya nazariyasi muayyan axborotdagi 
ma'lumotlarni ushbu ma'lumotlarning tabiatiga - mazmuniga bog’liq bo’lmagan holda 
miqdorini o’lchash (tekshirish) yo’llarini, usullarini ishlab chiqadi. Shunga ko’ra 
informatsiya nazariyasining muhim va asosiy xulosalari tilshunoslikda ham o’z 
ifodasini topadi. Informatsiya nazariyasining asoschisi amerikalik olim K.Shennon 
informatsiyaning quyidagi aloqa kanallari bo’yicha uzatilishini sxema asosida 
tushuntiradi:
16
Manba uzatuvchi kanal priyomnik axborotni oluvchi 
Ushbu holat til vositasida insonlarning kommunikatsiyaga kirishuv jarayoniga 
ham to’la mos keladi. Aslida ushbu model til, tafakkur va nutq munosabatidan kelib 
chiqqan. Informatsiya tabiiy yoki sun’iy tillar orqali uzatilar ekan, bunda til sistemasi 
kodlash va dekodlash jarayonlariga bog’liq holda talqin etiladi.
Informatsiya nazariyasi ma'lumotlarini o’rganish jarayonida maxsus 
terminlardan - tushunchalardan foydalanadi. Bular quyidagilar:
1. 

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə