O’zbek I ton respubl I kas I ol I y va o’rta tal


Marketing va uning rivojlanishining asosiy bosqichlari



Yüklə 280,15 Kb.
səhifə35/55
tarix22.03.2024
ölçüsü280,15 Kb.
#181059
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55
O’zbek I ton respubl I kas I ol-www.hozir.org

Marketing va uning rivojlanishining asosiy bosqichlari. 
Reja: 
1. Marketing tushunchasi va uning moxiyati.
2. Marketingning asosiy rivojlanish boskichlari.
3. Marketing nazariyasi kontseptsiyasi va uning evolyutsiyasi.
4. Marketing elementlari tarkibi va marketing –miks tushunchasi.

Marketing tushunchasi va moxiyati 
Tadbirkorlik faoliyatida karor kabul kilish va uni ishlab chikishda tadbirkorlikning samarali
vositasi xamda asosi bulib marketing xisoblanadi xamda tadbirkorlik faoliyatini boshkarish
tizimida, uni tashkil etishda, rejalashtirish va nazorat kilishda muxim axamiyat kasb etadi. «Ay-si-
ay» kontserni boshkaruvi raisi Djon Xarvi Djons tadbirkorlikda marketingni urnini tavisflab
shunday deydi, yani «marketing tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu nafakat yokilgi, balki kema
komandasidir.»
Marketing mazmuni va terminologiyasi yangilanib boradi, lekin ular boshdan ayirboshlash
jarayoni, tovar-pul munosabatlari paydo bulishi, sotish shakllarini rivojlanishi xamda
istemolchilarni tovar va xizmatlar bilanuzaro xarakati bilan boglanadi.
Marketing elementlarining paydo XVII asrning urtalariga borib takaladi. Bu davrgacha
tovarlarni natural ayirboshlashni turli shakllari paydo buladi, keyinchalik marketing faoliyatini
birinchi elementlari, yani reklama, narx, sotish kabilarni rivojlanishi kuzatildi.
1902 yildan boshlab AKShning Michigan, Kaliforniya va
İ
llinoys universitetlarida
marketing fani kiritilib, bu muammolar buyicha maruzalar ukitila boshladi. Keyinchalik marketing
assotsiatsiyalari tashkil topdi.
1948 yildan boshlab marketing tovarlar va xizmatlar okimini ishlab chmkaruvchidan oxirgi
pirovard istemolchi tomon yunaltirilgan xujalik faoliyatini xar xil turlarini amalga oshirish sifatida
kurina boshladi. Marketing tushunchasi bozor soxasini xar kanday faoliyati bilan boglikdir, shu bois
marketing suzini tarjimasi va kelib chikishi keltiriladi (ingl. Market – bozor, ing – faol, faoliyat,
xarakat manosini anglatadi).
Marketing bu nafakat falsafa, fikrlash tarzi va iktisodiy tafakkur yunalishi, ammo ayrim
firma, kompaniya, tarmok va butun iktisodiyot buyicha amaliyot faoliyati xamdir. AKSh va boshka
xorijiy davlatlar iktisodiy adabiyotlarida marketing tarifini kup turlari mavjuddir. Eng keng
tarkalgan marketing tarifi, u Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan berilgan bulib, uning
mazmuni kuyidagichadir, yani «Marketing shunday jarayondan iboratki, uning yordamida uylangan
goya rejalashtiriladi va amalga oshiriladi, narxlar tashkil etiladi, goyalar, tovarlar va xizmat
kursatishlar xarakati va sotishni, ayrim shaxslar va tashkilotlarni maksadlari ayirboshlash
yordamida kondiriladi».
Jan-Jak Lamben marketingga shunday tarif beradi: «Marketing tashkilotlar va kishilarni
xoxish va extiyojini tovarlar va xizmatlarni erkin rakobatli ayirboshlashni taminlash yuli orkali
kondirishga yunaltirilgan ijtimoiy jarayondir», «Marketing – bu bir vaktning uzida biznes falsafasi
va faol jarayondir».
Talab bilan taklifni uzaro tasiri - bu aloxida shaxslar yoki guruxning xoxish-extiyojlarini
uzluksiz kondirish jarayoni bulib xisoblanadi. Bu jarayon uz navbatida shunday ijtimoiy-iktisodiy
kategoriyalarni uzaro tasiriga asoslanadi, yani ularga muxtojlik, extiyoj (xoxish), talab, xarid kilish
(ayirboshlash, bitim) va anik tovar va xizmatlarni istemoli (ishlatilishi) kiradi.
Bu tushunchalar marketing tushunchasi, moxiyatini aniklashga imkon beradi.
Marketingni moxiyati tovarni ishlab chikarish va xizmat kursatish albatta istemolchiga,
talab, ishlab chikarish imkoniyatlarini muljallashdan iborat.
Xozirgi davrda jaxon adabiyotida marketingga berilgan ikki mingdan ortik tarif bor.
Mutaxassislar urtasida marketingning takror ishlab chikarish jarayonida ishtiroki masalasida yagona
fikr yuk. Xozir kupgina chet ellik marketologlar zamonaviy marketing tushunchasi
ishbilarmonlikka kiradigan faoliyatni uz ichiga olmogi kerak deb xisoblaydilar. Boshkalari esa



bunday izoxlarni tankid kilib, ayriboshlashning xamma turlari xam marketing tusiga ega emasligini


va marketing printsiplarini xamma vaziyatlarga xam tatbik kilib bulmasligini takidlaydilar.
Marketingga tarif berishda bunday xilma-xillikning sababi bor.
Birinchidan
, marketing
kontseptsiyasi mazmuni kapitalistik ishlab chikarish usuli rivojlanishi bilan uzgarib keldi va uning
moxiyatini aks ettirdi,
ikkinchidan
, boshkarish tizimida marketingdan foydalanish maksadlari,
xususiyatlari, mikyosiga karab, undagi tashkiliy kismlarning axamiyati va boshkaruv tizimidagi
axamiyati uzgarib boradi. Bundan tashkari, mutaxassislar marketingni biznes xizmati va falsafasi
tarzida baxolaydilar. Xizmat sifatida marketing ishlab chikarish, savdo, reklama, texnika xizmati
kursatish va boshka soxadagi tadbirlar majmuidan iborat. Falsafa sifatida esa marketing - bu
jamiyat ishlab chikarish munosabatlariga daxldor ijtimoiy-iktisodiy kontseptsiyadir.
Umuman olganda marketingga kuyidagicha tarif berishimiz mumkin: Marketing - extiyoj va
muxtojlikni ayriboshlash orkali kondirishga karatilgan inson faoliyatining turidir. Marketing
vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri bu ishlab chikarish xajmining ortib borishi, yangi
tarmoklarning vujudga kelishi, tovar turlarining kupayishi va tadbirkorlar urtasida maxsulotni sotish
muammosining vujudga kelishidir.
Marketing asosida bozorni xar taraflama urganish yunalishlarining asosiylaridan
kuyidagilarni kursatib utish zarur:

talabni urganish;

bozor tarkibini aniklash;

tovarni urganish;

rakobat sharoitlarini tadkik kilish;

sotish shakli va uslublarini taxlil etish.
Marketing korxonalarning bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi bulib, istemolchilar
va ularning talab istaklarini urganish, ularga mos tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni etkazib
berish, takdim etish, sotish, xizmat kursatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-koidalari
majmui xisoblanadi. Bularning xammasi birinchi asosiy maksadga talab bilan taklifni uzaro
muvofiklashtirishga xizmat kiladi.

Yüklə 280,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə