O’zbek maqomlari- madaniy durdonalar



Yüklə 43,87 Kb.
səhifə6/15
tarix22.03.2024
ölçüsü43,87 Kb.
#180642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
O’zbek maqomlari- madaniy durdonalar

Shuni aytish kerakki, Sharq musulmon olamida maqom tizim- larining paydo bo‘lishi uchun zarur omillar IX–X asrlarda yuzaga kelgan edi. Zero, aynan shu davrlarda aniq fanlar rivojlandi, vatandoshimiz Abu Nasr Forobiyning (871–950) musiqashunoslikdagi buyuk xizmatlari o‘laroq, Sharq musiqa ilmiga asos solindi, kas- biy musiqa amaliyoti yangi bosqichga ko‘tarildi. Ana shu omil- lar ta’sirida o‘rta asr Sharqining yirik (makaziy) shaharlarida O‘n ikki maqom tizimi yuzaga kelgan edi. Mazkur tizim tasnifoti dast- lab Safiuddin Urmaviy (tax. 1230–1294) va Qutbiddin Sheroziy- larning (1236/37–1310) musiqa ilmiga doir asarlarida ishlab chiqilgan bo‘lib, keyingi asrlarda Abulqodir Marog‘iy (1353– 1437), Abdurahmon Jomiy, Zaynulobiddin Husayniy (XV), Naj- middin Kavkabiy (XVI), Darvishali Changiy (XVI–XVII) kabi amaliyotchi va nazariyotchi olimlar tomonidan ijodiy davom ettirilgan. Mahobatli maqom tizimlarini «bino» qilish uchun, eng avvalo, poydevor yanglig‘ ahamiyatga ega mukammal pardalarni yuzaga keltirish (yoki ularni ilmiy asosda to‘g‘ri aniqlab olish) zarur bo‘lgan. Tabiiyki, bu ilmiy vazifa musiqashunos olimlar zimmasiga yuklangan. Shu bois, e’tiborimizni bu borada musiqashunoslikda kechgan ayrim ilmiy jarayonlarga qaratamiz.

  • Shuni aytish kerakki, Sharq musulmon olamida maqom tizim- larining paydo bo‘lishi uchun zarur omillar IX–X asrlarda yuzaga kelgan edi. Zero, aynan shu davrlarda aniq fanlar rivojlandi, vatandoshimiz Abu Nasr Forobiyning (871–950) musiqashunoslikdagi buyuk xizmatlari o‘laroq, Sharq musiqa ilmiga asos solindi, kas- biy musiqa amaliyoti yangi bosqichga ko‘tarildi. Ana shu omil- lar ta’sirida o‘rta asr Sharqining yirik (makaziy) shaharlarida O‘n ikki maqom tizimi yuzaga kelgan edi. Mazkur tizim tasnifoti dast- lab Safiuddin Urmaviy (tax. 1230–1294) va Qutbiddin Sheroziy- larning (1236/37–1310) musiqa ilmiga doir asarlarida ishlab chiqilgan bo‘lib, keyingi asrlarda Abulqodir Marog‘iy (1353– 1437), Abdurahmon Jomiy, Zaynulobiddin Husayniy (XV), Naj- middin Kavkabiy (XVI), Darvishali Changiy (XVI–XVII) kabi amaliyotchi va nazariyotchi olimlar tomonidan ijodiy davom ettirilgan. Mahobatli maqom tizimlarini «bino» qilish uchun, eng avvalo, poydevor yanglig‘ ahamiyatga ega mukammal pardalarni yuzaga keltirish (yoki ularni ilmiy asosda to‘g‘ri aniqlab olish) zarur bo‘lgan. Tabiiyki, bu ilmiy vazifa musiqashunos olimlar zimmasiga yuklangan. Shu bois, e’tiborimizni bu borada musiqashunoslikda kechgan ayrim ilmiy jarayonlarga qaratamiz.

Avvalambor shuni ta’kidlash kerakki, Forobiy Sharq musiqa nazariyasini shakllantirishda qadimgi dunyo nazariyotchilari qoldirgan ilmiy merosga ijodiy yondoshgan edi. Bu hol, jumladan, musiqaning ilmi ta’lif (nag‘ma, bo‘d, jins, jam’) va ilmi iyqo’ (vazn) masalalarini tadqiq etishda ko‘zga tashlanadi. Masalan, alloma iyqo’ritm masalasini qadimgi yunon olimlari kabi she’riyat qonunlari doirasida emas, balki o‘z davri musiqa amaliyotidan kelib chiqqan holda, alohida fan sifatida tadqiq etgan.

Yüklə 43,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə