O‘zbekiston kitob grafikasi san’ati Darsning maqsadi va vazifasi: Ta’limiy maqsad



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə32/74
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#163984
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   74
6 sinf tasviriy sanat

DARSNING BLOK CHIZMASI:



DARS BOSQICHLARI:

Bajariladigan ish mazmuni

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash,kun tarixi aytiladi

3 daqiqa



2

O’tilgan mavzuni takrorlash

Takrorlash, mustahkamlash,
yangi mavzu bilan bog’lash

8 daqiqa

3

Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish

Yangi mavzuni tushuntirish

14 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

5

Dars yakuni va baholash

G’olib guruhni aniqlash, rag’batlantirish. Darsning so’ngi xulosasini chiqarish

3 daqiqa

6

Uyga vazifa

O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi

2 daqiqa


I. Tashkiliy qism.
O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.
1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi.

1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish:
1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi:
O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Guruhlarda ishlash”
O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.
III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish
Qadrli o‘quvchilar, siz awalgi darslarda miniatyura ishlash usullari va uning o‘ziga xos tomonlarini o‘rgandingiz. Bugungi darsimizda lokli miniatyura san’ati va ustalari haqida ma’lumot olib, turli hajm va ko‘rinishda ish qutilar tayyorlashni o‘rganasiz. 0‘zbek xalqining eng nafis san’at turlaridan biri surat solingan lokli qutichalar manbalarga ko‘ra, XVI asrda Buxoroda tayyorlangan. Bu davrdagi miniatyura namunalari bizgacha yetib kelmagan. 1970-yillarda o‘zbek rassomi Chingiz Ahmarov va yosh san’atkorlar Niyozali Xolmatov, Shomahmud Muhammadjonov, Abduvosit Qambarov, G‘ayrat Kamolov va boshqalar bu san’at turini qayta tiklashga bel bog‘ladilar. Lokli miniatyuraning qayta tiklanib rivojlanishida ikkita tamoyilga amal qilindi.
Birinchi tamoyil - miniatyura merosiga ijodiy yondashgan holda zamonaviy voqelikni aks ettirish.
Ikkinchi tamoyil - mumtoz miniatyuraning badiiy qonun- qoidalariga qat’iy rioya qilishdan iborat bo‘ldi.
Lokli miniatyura ustalari tomonidan ish qutilarga ishlangan naqsh bezaklari va miniatyuralarni kuzating.
Quyidagi ish qutilariga ishlangan naqsh bezaklami rassom Shoolim Shomansur ishlagan.



Rassom Shoilhom Shoyoqubov tomonidan ish qutilariga ishlangan lokli miniatyuralar rangi va kompozitsiyasi bilan ajralib turadi.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə