O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə131/138
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154894
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   138
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul-fayllar.org

Zamonaviy adabiyot muammolari o‘zgargan, o‘zgarishda shid-
dat bilan davom etayotgan dunyoning muammolari bilan bog‘liq.
Moskvada o‘tkazilgan dunyo kongressida mashhur yozuvchi Ch.
Aytmatovga jurnalist N.Boltyanskaya quyidagicha savol beradi:
“Forum yozuvchilarning muhim masalalaridan biri dunyo adabiyoti

331
muammosidir. Zamonaviy jahon adabiyotining bosh muamomosi


nimada, deb o‘ylaysiz?”. Ch. Aytmatov: “Bu savolga javob berish
judayam qiyin. Qo‘lida qalami bor har bir yozuvchi inson hayotin-
ing eng muhim qismini, yuragini nishonga olyapman, deb o‘ylaydi.
Nazarimda, inson juda katta sinovlar arafasida turibdi. Bu sinov-
lar dunyoviy konfliktlar, urushlar va shu kabilar bilan bog‘liqdir.
Sinovlarda inson o‘zini qanday ko‘rsata oladi? Ehtimol, shu narsa
(adabiyotdagi – U. H.) eng muhim masaladir. Ammo judayam og‘ir
masala...” deya javob beradi. M. Peshkovaning yozuvchiga qarata:
“Sizning ma’ruzangiz nima haqida bo‘ladi?” degan savoliga Ch.
Aytmatov javob beradi: “Ekologiya va so‘z. Bunday so‘z birikmasi
ajoyib, a! Nahotki, ekologiya so‘zga bog‘liq bo‘lsa?.. Bog‘liq. Me-
ning nazarimda yer yuzidagi hamma narsa – ezgulik va yovuzlik
birinchi navbatda so‘zdan bino bo‘ladi. So‘z bu, avvalo, bizning fi-
krlarimiz, niyatlarimiz, harakatlarimiz, amallarimiz va hokazolardir.
Buni ekologiya rakursida olib qarasak, zamindagi ekologiya ko‘p
jihatdan insonning o‘zini qanday tutishiga bog‘liq”
55
Demak, zamonaviy jahon adabiyoti muammolarini yozuvchi
Chingiz Aytmatov shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyoda in-
sonning o‘zini qanday tutishida ko‘radi. Ya’ni bu yerda birlamchi
bo‘lgan narsa – munosabat. Atrof-javonibda sodir bo‘layotgan ol-
amshumul voqea-hodisalarga zamonaviy inson qanday qaraydi va
qanday munosabatda bo‘ladi, degan savol nafaqat dunyoning, ayni
damda, adabiyotning ham taqdirini hal qilishi to‘g‘risida so‘z bor-
moqda.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə