O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə132/138
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154894
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   138
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul-fayllar.org

Adabiyotning kelajagi masalasi
Umumjahon forumda bo‘lib o‘tgan suhbatda ishtirok etgan ad-
abiyotshunos T. Venslova: “Qisqa aytganda, fransuz she’riyati o‘ldi”
deya xitob qiladi”. Vaqtida xuddi shu gapni Bulat Okudjava rus
she’riyati haqida aytgan edi. Bunday taxminlar, bashoratomuz fikr-
lar doim aytilgan. Masalan, 90-yillarda o‘zbek yozuvchisi Sh. Xol-
55
Moskvada o‘tkazilgan xalqaro kongressdagi suhbat. http://echo.msk.ru
(U. Hamdamov tarjimasi).

332
mirzayev ham “Adabiyot o‘ladimi?” degan maqola bilan chiqqan


edi. Albatta, maqola so‘nggida yozuvchi adabiyot o‘lmaydi, degan
xulosaga keladi. Gap shundaki, vaqti-vaqti bilan jamiyat (ma’naviy-
ruhoniy buhronlar davrida) ana shunday kayfiyatlarga tushib turadi.
Bu narsa albatta mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy, psixologik evril-
ishlar bilan bog‘liq holda ro‘y beradi. XX asrning 70-yillar avlodi-
dan keyin o‘zbek adabiyoti, xususan, o‘zbek she’riyati o‘ldi, degan
bashoratlar ham puch edi. Holbuki, bugun o‘zbek o‘quvchisi qadim
ildizlardan suv ichib, zamon kayfiyatidan nafas olgan tamomila
yangilangan Istiqlol davri o‘zbek adabiyoti bilan yuzma yuz turibdi.
Bularning siri esa oz‘garishlar negizida yashirin. Jamiyatda yangi-
lanishlar shabadasi esib qolganda, maydon markaziga har doim
esinti yo‘nalishini to‘g‘ri fahmlab, o‘z asarlarida aks ettira olguvchi
ijodkorlar tushadi. Ammo davrlar tinimsiz almashib, o‘zgarib tura-
di. Har bir davr o‘z ijodkorini yaratadi. Bu haqiqatdan ko‘z yumib
bo‘lmaydi. Barcha zamonlar hadisini to‘g‘ri anglagan va ularni yuk-
sak san’atkorlik bilan asarlariga ko‘chira olgan ijodkorgina mumto-
zlik maqomiga erisha oladi.
Internet adabiyoti
XXI asr avvalidanoq internet keng yoyildi. Sekin-asta esa inter-
net adabiyoti paydo bo‘lib, u ma’lum ma’noda an’anaviy, qog‘oz
shaklidagi adabiyot o‘rnini egallay boshladi. 100–120 yil davomi-
da doimiy chiqib kelgan gazeta-jurnallar jahonning ko‘pgina yirik
mamlakatlarida XXI asrning ilk choragiga kelib yopila boshladi.
Odamlarning qiziqishlari, ehtiyojlarida inqilobiy burilishlar sodir
bo‘ldi. Natijada ma’lum muddat adabiyot va san’atga e’tibor su-
saydi. Ammo bu hodisalar birdaniga yuz bermadi, aksincha, uning
kurtaklari o‘tgan asrning ikkinchi yarmida insonlar dunyoqarashi-
dagi siljishlar bag‘rida nish urgan edi. Xususan, ana shu evrilish-
larni boshidan kechirgan Fransiyada XX asrning 70-yillaridan keyin
“she’riyat o‘ldi” deya ovoza qilishdi. Xuddi shunday e’tiroflar sobiq
Ittifoq territoriyasiga XX asrning oxirgi 10 yilligi va yangi (XXI)
asrning avvalida tilga tushdi. Masalan, internet adabiyoti portallar-

333
ida shunday rasm paydo bo‘ldiki, u dunyoning adabiyotga bo‘lgan


bitta kayfiyatini qisman o‘zida aks ettirar edi: qabriston, qabr tosh-
iga “Stixi RU”
56
deb yozilib, gul, aroq va gazak qo‘yilgan. Lekin
bu surat dunyodagi xilma xil kayfiyatlarning hammasini to‘la qa-
mrab ololmaydi. Chunki olam keng va u turfa axborot, turfa kay-
fiyatlar quchog‘ida nafas oladi. Yer yuzining qayeridadir adabiyot
so‘lib borsa, qayeridadir u qaddini tiklashi, yaproq yozib, meva tu-
gishi mumkin. Shunga qaramay, zamonaviy dunyo bugun umumiy
adabiy buhronni o‘z boshidan kechirayotganligidan ham ko‘z yu-
mib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham XX va XXI asr o‘zbek shoirasi
Zebo Mirzo “Gul davralar meniki emas, Mening uyim ko‘krak qa-
fasim” deb yozadi. Bu misralar tagzaminidagi ma’no XX va XXI
asr she’riyatiga bitta o‘zak chiziq bo‘lib tortiladi. Ya’ni inson (shoir)
tashqaridan ichkari(botin)ga kirdi va u yerdan turib atrofni kuzata
boshladi. Bungacha esa shoir tashqarida, u yerdagi umum ish bi-
lan band edi. Nafaqat parchalanib ketgan sobiq Ittifoq territoriya-
sida, balki butun dunyo mamlakatlarida umumiy ahvol shunday edi.
Ovrupada “ichkariga yurish” biroz oldinroq (Ikkinchi jahon uru-
shidan keyin) sodir bo‘lgandi. Modernizm hodisasi shundan keyin
kuchaydi. Ispan esteti va faylasufi X.O. Gasset XX asrga kelib inson
o‘z e‘tiborini ichkariga qaratganini aytadi. Uning shu fikri
57
butun
boshli jahon adabiyotidagi tub o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini
yetarlicha ochib bera oladi.
Bir tomondan qog‘oz shaklidagi adabiyotga talab ozayib bory-
apti, ikkinchi yoqdan esa, she’riyatning internet sahifalarida om-
malashib borayotganligi kuzatilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar vositasi-
da targ‘ib qilinayotgan adabiy janrlar orasida she’riyat peshqadam.
Masalan, ayrim jahon shoirlarining instargramda 100.000 dan ziyod
obunachilari bor. Obunachilar shoirlarning ham xuddi artistlar kabi
shoular tashkil etishlarini yoqlab chiqishmoqda. Shu orqali shahar-
lar aro kezib, auditoriya to‘plab, o‘z she’rlarini jonli o‘qib berishmo-
56
Moskvada o‘tkazilgan xalqaro kongressdagi suhbat.
http://echo.msk.ru

(U. Hamdamov tarjimasi).


57
Rus she‘riyati.

334
qda. Buning uchun esa shoirlar o‘z ijodlarini internet orqali targ‘ib


qilishadi. Internetda ayol she’riyati ham ommalashib bormoqda.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə