O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo`mitasi



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/25
tarix17.06.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#117611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
KIRISH 
Dissertasiya 
mavzusining 
asoslanishi 
va 
uning 
dolzarbligi. 
Respublikamizda olib borilayotgan tub iqtisodiy islohotlar ta‘lim sohasida ham 
izchil va uzluksiz o‘zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. 
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi kadrlarni tayyorlash sohasida 
jahon andozalarga mos ravishda tub o‘zgarishlar qilinishini talab etadi. 
Ma‘lumki, firmalar, korxonalar va tashkilotlarning samarali ishlashini undagi 
mavjud bo‘lgan malakali va bilimli xodimlar ta‘minlaydi. Shu jihatdan hozirgi 
vaqtda malakali va ishbilarmon xodimlarni shakllantirishga erishish muhim 
ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi[1,3]. 
Axborot tizimining keng tarmoqda yoyilishi aholining ijtimoiy-iqtisodiy 
sohalarni rivojlantirish borasida ishlab chiqilgan Prezident va Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari, farmoyishlaridan o‗z vaqtida xabar topishiga va uning 
mag‗zini anglashiga hamda amalda tatbiq etishiga keng yo‗l ochib bermoqda[2]. 
Shunindek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi 
«Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada joriy etish va 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-1730 sonli qarori, 2012 yil 1 
fevraldagi 
―Joylarda 
kompyuterlashtirish 
va 
axborot-kommunikasiya 
texnologiyalarini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-
tadbirlari to‘g‘risida‖gi qarorlari Respublikamizda axborot-kommunikasiya 
texnologiyalari taraqqiyotida, bu sohadagi amaliy-ilmiy va fundamental 
tadqiqotlarni rivojlantirishida yana bir muhim bosqich bo‘lib qoladi. 
Prezidentimiz I.Karimov XXI asrni ma‘naviy-ma‘rifat asri, ilm-fan madaniyat 
va axborotlar asri deb ta‘riflar ekan, bu bilan hozirgi davrning muhim belgisi va 
xususiyatini ham belgilab berganini payqab olish qiyin emas[1].
O‘zbekistonda ta‘lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan 
biri bu ta‘lim jarayoniga zamonaviy axborot va kommunikasiya 
texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq bo‘lib, respublikamiz Prezidenti 
I.A.Karimov bu masalada ―… bugun hayotimizga chuqur kirib borayotgan 
Internet tizimini keng joriy etish, yoshlarimizni O‘zbekistonning qadimiy va boy 



tarixi, ezgu qadriyatlarimiz, yuksak axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalashga 
xizmat qiladigan milliy axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish, bu 
borada o‘zbek tilining imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalasi doimo 
e‘tiborimiz markazida turishi lozim‖ ligini ta‘kidlaydi[3].
Bu kabi vazifalarni bajarish kadrlar tayyorlash milliy modelini amalga 
oshirishning bosqichlarida belgilab berilgan bo‘lib, uning kelajakdagi istiqboli 
Prezidentimiz tomonidan ilmiy asoslab berildi. Modelni amaliyotga tatbiq etish 
o‘quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Ilmiy texnikaviy 
taraqqiyot ishlab chiqarishning ko‘p sonli tarmoqlari bilan bir qatorda ta‘lim 
sohasiga ham zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishni taqozo etmoqda. 
Shu boisdan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ―o‘quv-tarbiyaviy jarayonni 
ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ta‘minlash― zarurati e‘tirof 
etildi, uning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalardan 
biri sifatida belgilandi‖[5].
Bu yo‘nalishlar Prezidentimizning 2002 yil 30 
mayda qabul qilingan ―Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-
kommunikasiya texnologiyalarini joriy yetish‖ to‘g‘risidagi farmonida 
ko`rsatilgan vazifalarni bevosita to‘ldirib, ularning dolzarbligini yanada 
oshirmoqda.
Mamlakatimizda ta‘lim sohasida ro‘y berayotgan tub yangilanishlar har 
bir ta‘lim muassasasida o‘quv jarayoni metodik ta‘minotini rivojlantirishni talab 
etadi. Ta‘lim oluvchilar uchun mustaqil bilim olish imkoniyatlarini oshirish, 
ta‘limning elektron axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish uchun 
zarur sharoitlarni yaratish ta‘lim mazmunini takomillashtirishning zaruriy 
shartlaridan biri sanaladi. 
Hozirgi kunda axborot-kommunikasiya texnologiyalari insonlarning 
intelektual faoliyatiga kirib kelib, ilmiy texnik taraqqiyotning o‘sishiga asosiy 
sababchilardan biri bo‘lib kelmoqda [4]. 
Axborot xajmining jadal suratlar bilan ortib borishi, axborotlarni yig‘ish, 
saqlash hamda ma‘lumotlar bazasi va omborini tashkil qilish, shu jumladan, 
internet texnologiyalarini rivojlanishi natijasida axborotlarni tahlil qilish va 



tadqiqot obyektlarini modellashtirishning aniq usullari real hayot talablaridan 
qisman ortda qolmoqda. Bulardan kelib chiqqan holda shuni ta‘kidlash 
mumkinki, turli soha axborotlarini qayta ishlash uchun yaroqli bo‘lgan, shu 
jumladan, yaqin kelajakda vujudga keladigan muammolarni hal qilishga 
mo‘ljallangan universal va ishonchli yondoshuvlarni ishlab chiqish talab 
qilinadi[5]. 
O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonuni, Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi, «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonun, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi jamoat ta‘lim axborot 
tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida» 2005 yil 28 sentyabrdagi PK-191-son
qarori 
hamda 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
Kompyuterlashtirish 
va 
axborot 

kommunikasiya 
texnologiyalarini 
rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2008 yil 20-iyundagi 
22-son majlis bayonlarida yangi axborot-kommunikasion texnologiyalarni ta‘lim 
berish sohasida qo‘llash muhim vazifa sifatida keltirilgan[1,5]. 
O‘zbekistonda axborotlashtirish masalalari qatorida kompyuter vositali 
ta‘lim tizimini rivojlantirishga katta e‘tibor berilmoqda, bunga misol sifatida 
xalq ta‘limi tizimida maktablar uchun elektron axborot resurslarini tashkil etish 
borasida 2000 yildan to hozirgacha qator ko‘zga ko‘rinadigan ishlar amalga 
oshirilmoqda. Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim tizimida ham shunga o‘xshash 
kompyuter parkini kengaytirish va yangilash, dasturiy vositalarni ko‘paytirish 
shular jumlasidandir. 
Ko‘pchilik tadqiqotchilar o‘z faoliyatlari davomida juda katta hajmdagi 
ma‘lumotlarni to‘playdilar. Lekin ularning yagona istagi – bu to‘plangan 
ma‘lumotlar bazasidan o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan ma‘lumotlarni tez va aniq 
qidirib topish hisoblanadi. Qisqacha aytganda ma‘lumotlar bazasi xotira yoki 
murakkab 
yozuvlar 
daftari 
vazifasini 
bajaradi. 
Foydalanuvchilarning 
ma‘lumotlar bazasiga kirishi aniq qo‘yilgan savollarga javob olish uchun 
saqlanayotgan ma‘lumotlarning unchalik katta bo‘lmagan qismini olishini 
ta‘minlaydi. Ulkan axborot oqimiga, to‘plangan axborotning ulkan zaxiralariga 



ega bo‘lganimizda qandaydir jarayonlarni boshqarishni optimallashtirish, 
tashkilot faoliyatini yaxshilash murakkab obyektlarga, masalan, ta‘lim tizimida 
pedagog-xodimlar, OTMlarning ko‘rsatkichlari, talabalar haqida katta xajmdagi 
ma‘lumotlarda mavjud bilimni chiqarish uchun bu ma‘lumotdan maksimal 
maqsadga muvofiq foydalanish masalasi paydo bo‘ladi.
Berilgan ma‘lumotlar ba‘zasidagi ma‘lumotlarni yaqinlik xususiyatiga 
ko‘ra guruhlarga ajratish va ulkan axborot oqimidan kerakli ma‘lumotni tez va 
aniq ajratib olish masalasi hozirgi zamonning dolzarb masalasi hisoblanadi. 
Mazkur dissertatsiya ishida ma‘lumotlarni intellektual tahlil etishning 
usullari va dasturiy ta‘minoti masalalaridan kelib chiqgan holda inlellektual 
tahlil etishning klasterizatsiya masalasi algoritmlarini qiyosiy tahlil etish hamda 
dasturiy ta‘minotlar orqali ifodasini keltirib, o‘qitish tizimiga joriy etishni 
tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan.

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə