O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo`mitasi


Tadqiqotda qo’llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/25
tarix17.06.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#117611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Tadqiqotda qo’llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi.
 
Ma‘lumotlarni 
shakllantirish, intellektual tahlil etishda klasterizatsiya masalasi algoritmlarining 
qiyosiya tahlili, o‘qitish jarayonida bilimlarni aks ettirish va saralash tizimini 
tashkil etish masalasini yechishda mantiqiy xulosalash, bilimlar qoidasini qurish, 
produksion hamda aralash modellar, modulli usullaridan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Tadqiqot ishining yangiligi ma‘lumotlarni 
intellektual tahlil etishda klasterizatsiya usullarini sinfi, yutug‘i, kamchiligi, 
ishlov berish ma‘lumoti turi hamda hisoblash tezliklari bo‘yicha nazariy va 
amaliy tahlili, o‘qitish jarayonida ma‘lumotlarni intellektual tahlil etishning 
klasterizatsiya usullarini o‘rgatishda dasturiy ta‘minotlaridan foydalanish 



uslublari ishlab chiqilganligi, k-means usulida 3 ta klasterga klasterizatsiyalash 
uchun uslubiy dasturiy vosita ishlab chiqilganligi bilan asoslanadi. 
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqot 
natijalarining 
nazariy ahamiyati 
- ma‘lumotlarni intellektual tahlil etishning 
klasterizatsiya usuli algoritmlarini qiyosiy tahlillari, ma‘lumotlar turi va xajmiga 
mos algoritmni tanlash ahamiyan kasb etadi. 
Amaliy ahamiyati –
ta‘lim 
sohasidagi katta xajmli ma‘lumotlarni intellektual tahlil etishda klasterizatsiya 
usullarining dasturiy insturmentlaridan foydalanish taribi, usullarni tahlil qilish 
uslubiyati hamda ishlab chiqilgan dasturiy ta‘minotning ta‘lim berish jarayonida 
uslubiy dasturiy vosita sifatida taqdim etilishi bilan ahamiyatlidir.
Ishning tuzilishi va qisqacha mazmuni: 
Dissertasiya ishi kirish, 3 ta 
bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovadan iborat. Ishning 
asosiy matni 72 - betdan iborat. 24 ta rasm, 4 ta jadval, 37 nomdan iborat 
adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan tashkil topgan. 
Birinchi bobda 
Ma‘lumotlarni intellektual tahlil etish usullarining nazariy 
va amaliy asoslariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda asosiy tushunchalar va ta‘riflar, 
ma‘lumotlarning turlari, ularning saqlash formatlari va ma‘lumotlar to‘plami 
atributlari, ma‘lumotlarbazasi, Data Mining uslublari va bosqichlari nazariy-
amaliy usullari, vositalari keltirilgan hamda tahlil etilgan. 
Ikkinchi bobda 
Ma‘lumotlarni intellektual tahlil etishda klasterizatsiya 
usullari algoritmlari va klasterizatsiya masalasini tizimli yechishning formal 
qo‘yilishi va klasterizatsiya masalalari usul va algoritmlarining qiyosiy tahlili 
to‘liq tasnifi keltirilgan. 
Uchinchi bobda
Ikkinchi bobda keltirilgan klasterizatsiya algoritmlari 
asosida ma‘lumotlarni intellektual tahlilida klasterizatsiya algoritmlari dasturiy 
ta‘minotlarining amaliy tadbiqlari asoslab keltirilgan. Klasterizatsiya usullari 
uchun amaliy dasturiy paketlarda ishlash paragrifida turli dasturiy modulardan, 
MATLAB, SPSS, WEKA dasturiy paketlarini misol qilib keltitilgan va bu 
algoritmlarning qiyosiy tahlili asoslangan. 
Xulosada
tadqiqot ishining asosiy natijalari bayon etilgan. 



Ilovada
dissertasiya ishining tajribaviy tadqiqot natijalarini aks ettiruvchi 
ekran formalari natijalari hamda dastur kodi keltirilgan. 

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə