109
ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining,
prokurorning va sudning
harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish huquqiga ega”;
3) 365-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Gumon qilinuvchi yoki
ayblanuvchining turgan joyi noma’lum bo‘lganda
tergovchi uning turgan joyini aniqlash uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni
ko‘rishi, zarur hollarda esa, unga nisbatan qidiruv e’lon qilishi shart. Tergovchi faqat
gumon qilinuvchi yoki
ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi
to‘g‘risida qaror chiqarilgan shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilishga haqli. Qidiruv
dastlabki
tergov o‘tkazilayotganida ham, shuningdek dastlabki tergov
to‘xtatilganidan keyin ham e’lon qilinishi mumkin. Ushbu Kodeksning 242 va 243-
moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda
qidirilayotgan
gumon
qilinuvchi yoki
ayblanuvchi topilgan taqdirda, sudning ajrimi bilan unga nisbatan
qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilishi mumkin. Qidirilayotgan
gumon qilinuvchi yoki
ayblanuvchi ushlangan taqdirda
u ushlangan joydagi
prokuror ushlangan shaxsning qidirilayotgan
gumon qilinuvchi yoki
ayblanuvchi
ekanligini aniqlashi va qamoqqa olish uchun qonuniy asoslar mavjudligiga ishonch
hosil qilishi lozim”;
4) 586
1
-moddaning 1-qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv jinoyat ishini yuritishni o‘ziga nisbatan
qo‘yilgan gumonga, ayblovga rozi bo‘lgan, jinoyatning ochilishiga faol
ko‘maklashgan va keltirilgan zararni bartaraf etgan gumon qilinuvchining yoki
ayblanuvchining,
shuningdek,
voyaga
yetmagan
gumon
qilinuvchi
va
ayblanuvchining iltimosnomasiga asosan nazorat qiluvchi
prokuror bilan ijtimoiy
xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar bo‘yicha tuziladigan
kelishuvdir.
5) 586
2
-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Voyaga yetmagan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi aybga iqrorlik to‘g‘risida
kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani surishtiruvning va dastlabki tergovning
110
istalgan bosqichida himoyachi, qonuniy vakil yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshi,
pedagog va (yoki) psixolog ishtirokida berishi shart”.
Dostları ilə paylaş: