O‘zbekiston respublikasi fan,TA‘lim va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti


Иброҳимов А. Бизким ўзбеклар ... . -Т.: Шарқ, 2011



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə57/91
tarix28.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#124471
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   91
Majmua-2023 tarix

Иброҳимов А. Бизким ўзбеклар ... . -Т.: Шарқ, 2011.

  • Мустақиллик: изоҳли илмий-оммабоп луғат / Абдуллаев М., Абдуллаева М.,

    Абдуллаева Ф. ва бошқ. -Т.: Шарқ. 2006

    1. Тошпўлатов Т., Ғаффоров Я. Тарих ўқитиш методикаси. -Т.: Турон-Иқбол. 2010.

    2. Ergashev Q., Hamidov H. O‘zbekiston tarixi: o‘quv qo‘llanma / -T.: G‘afur G‘ulom.

    2018. -632 b.

    1. Эргашев Қ., Ҳамидов Ҳ. Ўзбекистон тарихи. Ўқув қўлланма. -Т.: Фан ва технология. 2019. 796 б.

    2. Ўзбекистон тарихи (Олий ўқув юртининг номутахассислик факультетлари талабалари учун дарслик). -Т.: Янги аср авлоди. 2003.

    Ўзбекистоннинг янги тарихи. Учинчи китоб. Мустақил Ўзбекистон Республикаси. - Т.: Шарқ. 2000.


    Totalitarizm va Qoraqalpog’iston.
    XX asr boshlarida Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta o’zgarishlar yuz berdi. 1925 yil 16 fevralda Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva xonligining Xo’jayli hamda Qo’ng’irot tumanlari hududida Qozog’iston ASSR tarkibida Qoraqalpog’iston Avtonom viloyati tashkil etildi. U 1930 yil 20 iyuldan RSFSR tarkibiga kirdi. 1932 yilda Qoraqalpog’iston Avtonom Respublikasiga aylantirildi.
    Qoraqalpoqdar tarixida 1936 yil muhim siyosiy voqealar yili sifatida abadiy qoldi. Chunki shu yili 5 dekabrda ular o’z taqdirlarini O’zbekiston SSR tarkibiga kirish bilan belgiladi va tanlagan yo’lining istiqbolli ekanligini ko’rsata bildi.
    O’zbekiston o’zining davlat mustaqilligini qo’lga kiritgach, Qoraqalpog’iston Avtonom Respublikasi mustaqil O’zbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpog’iston Respublikasi maqomini oldi. Bu tabiiy hodisa edi. Chunki asrlar mobaynida qoraqalpoqlar bilan o’zbek xalqi o’rtasida do’stlik, qardoshlik munosabatlari qaror topgan, turmush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik vujudga kelgan edi. Orolbo’yi kengliklarida qadimiy o’zbek va qoraqalpoq ajdodlari birgalikda yashab, mehnat qilishdi. O’zlarining taraqqiyot yo’llarini bosib o’tishdi.
    Qadimiy turkiylarning ikki qavmi yillar mobaynida haqiqiy og’a-inichilik fazilatlarini ko’rsatdilar, o’zaro munosabatlarni chuqurlashtirdilar. Bu ikki qavm ma‘naviy-ruhiy yaqinligini belgilaydigan asosiy omil va madaniyatlar mushtarakligi, ularning o’zaro yaqinligi edi.
    Darhaqiqat, tillar yaqinligi dillar yaqinligiga olib keldi. Madaniyatlar bir-birini boyitdi. Qadimiy madaniyat namunalari, umummilliy qadriyatlar, jondoshu qondosh bo’lgan har ikki millat uchun tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan an‘analar shakllandi. Shu asosda iqtisodiy hamkorlik, yagona iqtisodiy makon vujudga keldi.
    O’zbekiston tarkibida o’tgan 85 yillik tarix qoraqalpoq xalqi uchun jiddiy o’zgarishlar davri bo’ldi. Madaniy va ma‘naviy ravnaq, san‘at va adabiyotdagi yuksalish, qishloq xo’jaligi va sanoat ishlab chiqarishidagi katta yutuqlar bevosita qardosh o’zbek xalqining beg’araz yordami, ko’magi bilan dunyoga keldi.
    Biroq yaqin qo’shnichilik, qardoshlik va do’stlik har ikki xalq uchun qanchalik qimmatli bo’lmasin, yaqin qo’shnichilik singari yuksak insoniy fazilatlar asrlar sinovidan o’tib, og’ir kunlarda eng ishonchli qurol bo’lib xizmat qildi. Sovet hokimiyati yillaridagi ma‘muriy-buyruqbozlik usuli, soxta va asossiz milliy siyosat, «ulug’ og’a»larga xos yuzaki «millatparvarlik» bu makon xalqlarining munosabatlariga rahna sololmadi.
    Qoraqalpoq va o’zbek xalqi bir necha o’n yilliklar mobaynida to’planib qolgan muammolarni hal etishda, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni yanada chuqurlashtirishda o’z an‘analaridan unumli foydalanish yo’lini tanladilar. Har ikki xalq taqdiri, istiqboli bir ekanligini, ularni mushtarak orzular, yagona intilish birlashtirib turganligini ochiq-oydin ko’rsatdilar.
    Tarixan turli davrlarda turli siyosiy o’zgarishlar va qiyinchiliklarda toblangan do’stlik va qardoshlik munosabatlari bunga asos bo’ladi. Yuqoridan amalga oshirilgan bir yoqlama rejalashtirish, kichik xalqlarga bo’lgan e‘tiborning sustligi tufayli Qoraqalpog’iston sobiq Ittifoq tarkibida taraqqiyot darajasi eng past bo’lgan o’lkaga aylandi. Ittifoq hukumatining aybi bilan qiyinchiliklar chuqurlashdi, muammolar ustiga muammolar to’plandi. Ekologik halokat yuzaga keldi. Amudaryo suvining ifloslanishi va Orol dengizining qurishi bilan bog’liq bo’lgan jiddiy muammolar paydo bo’ldi.
    To’planib qolgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma‘naviy taraqqiyot borasidagi muammolar tizimini hal etishda eng adolatli yo’l tanlandi: yagona zamin, yagona makonda
    yashab kelgan o’zbek va qoraqalpoq xalqlari o’z taqdirlarini abadiy birlikda ko’rishdi. Qoraqalpoq xalqi milliy davlatchilik asoslarini qurishda hamda tom ma‘nodagi siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka o’zbek xalqi ko’magida erishdi va o’zining porloq kelajagini yaratishga kirishdi. Uning ulkan orzu-umidi bekamu ko’st amalga oshadigan bo’ldi.
    O’zbekiston Respublikasi tarkibida mustaqil Qoraqalpog’iston davlatining barpo etilishi.
    Qoraqalpog’iston jamoatchiligining O’zbekiston tarkibida davlat mustaqilligi va respublika maqomining huquqiy asosga ega bo’lishga intilishi O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan qo’llab-quvvatlandi. 1990 yil 14 dekabrda Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashining IV sessiyasida «O’zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlat suvereniteti to’g’risida Deklaratsiya» qabul qilindi. Mazkur Deklaratsiya 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Qonunda o’zining huquqiy asosini topdi. Unda Qoraqalpog’istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi e‘tirof etildi.
    1991 yil 11 noyabrda Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Soveti tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasining Prezidenti lovozimi joriy qilinadi. Ushbu lavozimni Davlatboy Shamshetov egalladi. Ammo bu lavozim 1992 yil 20 iyunda tugatildi va uning o’rnida Qoraqalpog’iston Jo’qorg’i Kengesi Raisi lavozimi joriy qilindi. 1992 yil 9 yanvarda Qoraqalpog’iston Respublikasi qayta tashkil etildi.
    Har ikki respublika o’rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida (2023 yil 30 aprelda qabul qilingan XVII bob,85 -86-87-88-89-90 moddalar) o’z aksini topdi. Natijada ikki tomonlama hurmat asosida qoraqalpoq xalqining o’z taqdirini o’zi belgilash, mustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi roli oshdi. Kelajakka qat‘iy ishonch bilan qaraydigan, olis istiqbolni yaratishning kafolatini beradigan huquqiy maqomga ega bo’ldi.
    Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilanganidek, Qoraqalpog’iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi (80-modda).
    Qoraqalpog’iston Respublikasi taraqqiyoti uchun qator huquqiy imkoniyatlar yaratildi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Qoraqalpog’iston Respublikasining huquqiy vakilligi mavjud.
    O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasiga binoan Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumati rahbari lavozimi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. 132-moddaga binoan esa O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo’jalik sudi tarkibiga Qoraqalpog’iston Respublikasining xuddi shunday sud organlarining rahbarlari kiradi. Sud hujjatlari o’zbek tili bilan birga qoraqalpoq tilida ham olib boriladi (139-modda).
    Konstitutsiyaning 86-moddasida belgilab qo’yilganidek, Qoraqalpog’iston Respublikasi o’z Konstitutsiyasiga ega bo’lmog’i kerak. Ana shu huquqiy asosga ko’ra Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashi o’zining XII sessiyasida 1993 yil 9 aprelda Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hech qanday mone‘lik qilmaydi, aksincha, uni bosh huquqiy asos sifatida biladi va Qoraqalpog’iston hududida to’la amal qilishini ta‘minlaydi.
    O’zbekiston Respublikasi Qonunlari Qoraqalpog’istonning butun hududida majburiy ekanligi e‘tirof etilgan. Qoraqalpoq milliy davlatchiligi o’z taraqqiyoti tarixida birinchi marta ana shunday insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo’ldi. Ayni paytda u suveren respublikaning barcha davlat ramzlariga ega. Jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 14 dekabrda bo’lib o’tgan XI sessiyasida Qoraqalpog’iston Davlat bayrog’i, 1993 yil 9 aprelda bo’lib o’tgan XII sessiyasida Davlat tamg’asi, 1993 yil 4 dekabrda bo’lib o’tgan XIV sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
    Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan 1994 yil 25 dekabrda Oliy Kengashning 75 deputatdan iborat yangi tarkibi muqobillik asosida saylandi. Respublika parlamenti Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi deb ataldi. Jo’qorg’i Kengesning 1995 yil 11 yanvarda Nukus shahrida bo’lib o’tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Jo’qorg’i Kenges Raisi, uning o’rinbosarlari, mandat komissiyasi, 8 ta qo’mita raislari va uning a‘zolari saylandi. Ayni paytda deputatlar qo’mitalar raislari rahbarligida respublika qonunchilik tizimini yaratishda faol ishtirok etmoqdalar.
    Xususan, demokratik jamiyat qurish, erkin bozor munosabatlarini shakllantirishga mo’ljallangan muhim qonun va qarorlar qabul qilindi. Jo’qorg’i Kenges Raisi qoshida doimiy harakatdagi Kengash tashkil qilingan bo’lib, uning tarkibiga Jo’qorg’i Kenges Raisi, rais o’rinbosarlari, Vazirlar Kengashi raisi, mandat komissiyasi va qo’mitalar raislari kiradi.
    Qoraqalpog’iston Respublikasi ijroiya hokimiyat organi Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Uning tarkibiga rais, ikkita birinchi o’rinbosar va 4 ta tarmoq o’rinbosarlari kiradi. Shuningdek, ijroiya hokimiyat tarkibiga vazirliklar va qator tarmoq qo’mitalari rahbarlari ham kiradi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida o’zining ish olib boruvchi doimiy vakiliga ega.
    Qoraqalpog’iston Respublikasida faoliyat ko’rsatayotgan qator jamoat tashkilotlari bu yerda demokratik jarayonlarning tobora qaror topayotganidan dalolat beradi. Ayni paytda respublika hududida hukumatga qarashli bo’lmagan qator tashkilotlar, jumladan, «Orol va Amudaryoni himoya qilish uyushmasi», «EKOSAN», «Aral-808», «Sog’lom avlod uchun» singari bir qator xalqaro tashkilotlarning bo’limlari ish olib bormoqda.
    Ayni vaqtda shuni ta‘kidlash joizki, istiqlol yillarida Qoraqalpog’istonda qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyatining zamonaviy tizimini vujudga keltirishda dastlabki qadamlar qo’yilgan bo’lsada, hali bu borada qator muammolar saqlanib qolmoqda.
    1997 yil 17 iyul kuni Nukusda bo’lgan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasi qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyati faoliyatlarida davom etib kelayotgan kamchiliklarni chuqur tahlil qildi. Xususan, qabul qilingan Qonun va qarorlarni hayotga to’la tadbiq qilishda, ijroiya intizomini qaror toptirishda hali jiddiy kamchiliklar borligi qayd qilindi.
    Sessiyada Qoraqalpog’iston boshqaruv tizimida bir qator kamchiliklar mavjudligi ro’yrost ko’rsatib o’tildi. Jumladan, Jo’qorg’i Kenges va Vazirlar Kengashi faoliyatlaridagi bir-birini takrorlash hollari tanqid qilindi. Amaliy faoliyatga xalaqit berayotgan rasmiyatchilik, hujjatbozlik, bo’lar-bo’lmas ma‘lumotlar to’plash kabi nuqsonlar tilga olindi. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yishdagi rasmiyatchilik va to’rachilik illatlariga barham berish alohida ta‘kidlandi. Jo’qorg’i Kenges amalda tarixga aylanib qolgan va o’tmish sarqiti hisoblangan - sho’rolar davridagi «Oliy Sovet Prezidiumi» rolini bajarayotgani, Jo’qorg’i Kenges qo’mitalari faoliyati o’z maqomiga va o’z oldiga qo’ygan vazifalarga mos kelmayotgani, ishlab chiqarishga doir muammolar bilan o’ralashib qolayotgani ko’rsatib o’tildi. Uchala hokimiyat organi – Jo’qorg’i Kenges, Ijro hokimiyati - Vazirlar Kengashi va sud hokimiyati o’z maqomi doirasida ish olib bormog’i lozimligi ta‘kidlandi. Ana shunda haqiqiy demokratik jamiyat shakllanadi.
    Qoraqalpog’istonda mustaqillik davri odimlari. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot.
    O’zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ko’p millatli Qoraqalpog’iston xalqining, ana shu mo’tabar yurt kishilarining ham munosib hissasi bor.
    Sanoatida ishlov beruvchi va xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat: elektroenergetika: yoqilg’i sanoati; kimyo va neft kimyosi; mashinasozlik va metallsozlik; o’rmon, yog’ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog’oz; unyorma va aralash yem; poligrafiya sanoatlari.
    Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi respublika va qo’shni viloyatlarning elektr energiyasiga bo’lgan talabini qondiradi (stansiyaning o’rtacha yillik quvvati 443,4 MVt). 1996 yilda Ko’ng’irot tumanida «Ustyurtgaz» korxonasining ishga tushirilishi bilan yoqilg’i sanoati vujudga keldi. 2004 yilda respublika bo’yicha 1697,1 mln. m3 gaz va 30,4 ming t kondensat yetkazib berildi. 1993 yilda «Nukuskabel» ishga tushirilishi bilan kabel sanoati vujudga keldi. Mustaqillik yillarida Qo’ng’irot un zavodi (1993), «To’rtko’ldon» (1997), kichik novvoyxonalar va makaron i.ch. korxonalari bunyod etildi.
    Yirik sanoat korxonalari Amudaryo tumanida (paxta zavodi va ip yigiruv va to’qimachilik fabrikasi), Beruniy tumanida (paxta, yog’moy zavodlari, to’qimachilik korxonasi), Qo’ng’irot tumanida (paxta, unyorma zavodlari, «Ustyurtgaz»), To’rtko’l tumanida (paxta un tortish zavodlari), Xo’jayli tumanida (paxta, yog’moy, ta‘mirlashmexanika va g’isht zavodlari), Chimboy tumanida (paxta, yog’moy, unyorma zavodlari), Ellikqal‘a tumanida (paxta zavodi, «Elteks» aksionerlik jamiyati va «Yuniver» qo’shma korxonasi), shuningdek, Nukus shahrida (vino zavodi, poligrafiya kombinati, «Kateks», «Nukus non», «Daunt» korxonalari, unyorma zavodi, 2 ta qurilish sanoati korxonasi) va Taxiatosh shahrida (ta‘mirlashmexanika va unyorma zavodlari) faoliyat ko’rsatadi.
    Respublikada benzin, kerosin, dizel yonilg’isi, ohaktosh, qoplama materiallar, yig’ma temirbeton buyumlari, mebel, ip tolasi, paxta, tikkuvchilik mahsulotlari, to’qimachilik galantereyasi, o’simlik moyi, go’sht va go’sht mahsulotlari, non, qandolatchilik va makaron mahsulotlari, un, yorma va b. ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.
    Qishloq xo’jaligi asosan, paxtachilik, g’allachilik (sholi va bug’doy yetishtirish) va chorvachilik (go’sht, sut, qorako’lchilik)dan iborat. Qishloq xo’jaligining yalpi mahsuloti hajmida paxta 22.4%, g’alla ekinlari 22,1%, chorva mahsulotlari 36,4% ni tashkil etadi. 2004 yil umumiy ekin maydoni 251,2 ming ga, shundan 92,9 ming ga maydonga donli ekinlar, 102,9 ming ga yerga paxta, 13 ming ga yerga sabzavot-poliz, 34,2 ming ga yerga yemxashak ekinlari ekildi.
    Chorvachilik, asosan, go’sht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. 2005 yilda barcha toifadagi xo’jaliklarda 437,7 ming qoramol, 539,9 ming qo’y va echki, 844,7 ming parranda, 15,8 ming ot boqildi.
    O’zbekiston hukumati Qoraqalpog’iston Respublikasini har tomonlama qo’llab-quvvatlamoqda. 1996 yili O’zbekiston Davlat byudjetidan Qoraqalpog’istonni rivojlantirish uchun 10 milliard so’m mablag’ ajratildi. Bu Qoraqalpog’iston milliy daromadining 55 foizini tashkil qiladi.
    Qoraqalpog’istonga berilayotgan moliyaviy yordam miqdori ham o’sib bormoqda. Bugungi kunda O’zbekiston markaziy byudjetidan Qoraqalpog’istonga berilayotgan subvensiya, ya‘ni moliyaviy yordam miqdori 9 milliarddan oshiq so’mni yoki butun Qoraqalpog’iston byudjeti xarajatlarining 75 foizini tashkil etmoqda. O’zbekiston hukumatining amaliy yordami hamda qoraqalpoq xalqining fidoiy mehnati tufayli keyingi yillarda Qoraqalpog’istonda aholi turmush sharoitini yaxshilash, tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Eng avvalo, elda tinchlik va barqarorlik mustahkamlandi. Hamjihatlik bilan yurt istiqboli yo’lida mehnat qilishga sharoit yaratildi.
    Respublikada mulkchilikning yangi shakllari paydo bo’la boshladi. Ishlab chiqarish va xizmat sohasida nodavlat sektorining hissasi oshib bordi. Ayni paytda sanoat, qishloq xo’jaligi va savdoda bu ko’rsatkich 80-90 foizni tashkil etmoqda. Respublika iqtisodiyotining boshqa yo’nalishlarida ham islohotlar izchil amalga oshirila boshlandi. Jumladan, bank tizimida ham jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Bu yerda davlat banklari bilan birga tijorat va xususiy banklar ham faoliyat ko’rsatmoqda. Agrosanoat banki va sanoatqurilish banklari ixtisoslashtirilgan hissadorlik tijorat banklariga aylantirildi. Qoraqalpog’iston tarixida birinchi marta tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi.
    Qoraqalpog’istonda ulgurji va birja savdosi bilan shug’ullanuvchi hissadorlik uyushmalari keng faoliyat ko’rsatmoqda. Tovar ishlab chiqaruvchilar, iste‘molchilar va ishbilarmonlarning butun imkoniyatlarini ishga solish maqsadida ularning erkinligi va teng huquqliligini ta‘minlash choralari ko’rildi.
    Qoraqalpog’istonda 1996 yili 51 ta mayda ulgurji tizim, shu jumladan, 2 ta savdo uyi, 13 ta mayda ulgurji savdo do’konlari va omborlar, 17 ta ko’tara savdo bozor hamda O’zbekiston tovar xom ashyo birjasining Qoraqalpog’iston bo’limiga qarashli 19 ta supermarket do’konlari faoliyat ko’rsatdi. 1997 yilning birinchi yanvarigacha bo’lgan ma‘lumotlarga qaraganda, xususiylashtirishdan tushgan mablag’larning umumiy hajmi 330 million so’mni tashkil etdi. Uning 20 foizi respublika ijtimoiy taraqqiyotiga ajratildi, 50 foizi esa tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishga sarflandi. Shu bilan birga Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat mulkini xususiylashtirish qo’mitasi xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida 13,8 million so’m kredit ajratdi.
    Bozor fondining faoliyati sezilarli ravishda faollashdi. 1996 yilda respublika fond birjalari filiallarida 191,6 million so’mlik aksiyalar sotildi. Uzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat korxonalarini aksionerlik jamiyatlariga aylantirish, qimmatbaho qog’ozlar bozorini rivojlantirishga oid farmonlarini bajarish amalda o’z samaralarini bera boshladi.
    1997 yil 1 yanvar holatiga qaraganda respublikada soliq idoralari tomonidan 318 ta aksionerlik jamiyatlari ro’yxatga olindi. 1996 yil yakuniga ko’ra ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 10.355,7 million so’mlikni tashkil etdi, bu 1995 yilga nisbatan 2,2 marta ko’pdir.
    Jami sanoat ishlab chiqarish hajmida nodavlat korxonalarining ulushi 90 foizga o’sdi. 144 ta sanoat korxonalari va birlashmalaridan 113 tasi mulkchilikning turli shakllariga o’tib ishlay boshladi, jumladan, xususiy korxonalar 20, jamoa korxonalari 50, davlat aksionerlik jamiyatlari 41, qo’shma korxonalar 2 ta bo’ldi. Kichik va xususiy korxonalar, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalar rivojlandi. Ular bozor iqgisodiyoti sharoitida ishlashga moslasha boshladilar. Mehnat unumdorligi va mahsulot ishlab chiqarish hajmi o’sa boshladi. Respublikada 1996 yilda amaldagi narxlarda 10754,4 million so’mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi, bu solishtirma narxlarda olganda 1995 yildagiga nisbatan 101,5 foizni tashkil etadi.
    1991-1996 yillarda natura ko’rinishida mahsulot ishlab chiqarish ham ko’paydi, xususan, past voltli apparaturalar, yo’l qurilishi mashinalari ehgiyot qismlari, yengil sanoat texnologik uskunalari va ularning ehtiyot qismlari, mebellar va boshqalar ana shular jumlasidandir.
    Paxtadan ip ishlab chiqarish, ip gazlamalari, tayyor trikotaj buyumlar, iste‘mol mahsulotlaridan un, makaron, mineral suvlar ishlab chiqarish ko’paydi.
    1996 yilda yig’ma temirbeton konstruksiyalari va detallari, toshdan bezakli materiallar tayyorlash, qandolatchilik mahsulotlari, o’simlik yog’i, uzum vinosi, salqin ichimliklar va osh tuzi ishlab chiqarish o’sdi.
    Sanoatda bir qator ijobiy o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan, 1995 yilda Xo’jayli shahrida shisha idishlar zavodi qurilib foydalanishga topshirildi. Natijada respublikaga chetdan shisha idishlarni tashib keltirish sezilarli darajada kamaydi.
    1996 yidda Qo’ng’irotdagi «Urga» gaz sanoati korxonasida gaz kondensati va tabiiy gaz qazib chiqarilishi boshlab yuborildi. Aholini tabiiy gaz bilan ta‘minlash darajasi 83 foizga yetdi. «Qoraqalpoqqurilish» aksionerlik jamiyatida Italiya firmalarining yuqori sifatli jihozlari bilan jihozlangan, yiliga 60 ming kv. m. marmar bloklari va plitalari ishlab chiqaradigan yangi marmar sexi ochildi. «Nukusun» zavodida esa spirt ishlab chiqaradigan yangi sex qurildi.
    Yengil sanoat ishlab chiqarishining bazasi kengaya bordi. 1993 yilda Nukus shahrida «Kateks» to’qimachilik majmuasi, 1995 yilda Ellikqal‘a tumanida ham «Elteks» nomli xuddi shunday to’qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi.
    Nukus va Qo’ng’irot un kombinatlari, To’rtko’lda 3 million shartli banka konserva mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikqal‘a tumanida esa shunday quvvatga ega bo’lgan konserva sexi foydalanishga topshirildi.
    1995 yilda Qo’ng’irot tumanida Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan, yiliga 190 ming tonna kalsiyli soda ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi. Zavod tarkibida kimyoviy yo’l bilan ekologik toza va energiya sarflanmaydigan kaustik soda ishlab chiqarish ham ko’zda tutilgan.
    Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida 144 ta sanoat korxonasidan 113 tasi mulkchilikning turli shakllariga o’tib ishlay boshladi. Nodavlat shakliga o’tib ishlayotgan korxonalarning rivojlanish darajasi nisbatan yuqori bo’ldi. Shuningdek, bu korxonalar iqtisodiy samaradorligi, foyda olish borasida ham sezilarli yutuqqa erishdi. Bu borada xususiy korxonalar ayniqsa peshqadamlik qila boshladi.
    Lekin shuni ham alohida ta‘kidlash joizki, ko’plab sanoat korxonalarining asosiy ishlab chiqarish fondlari (dastgohlar, mexanizmlar) ma‘naviy va jismoniy jihatdan eskirgani sezilib qoldi. Ularning eskirish darajasi 35 foizdan yuqori. Eng avvalo yigiruv-to’quv fabrikalari, go’sht-sut va oziq-ovqat sanoati korxonalari (konserva zavodi, vino zavodi) ishlab chiqarish parklarini yangilash talab etiladi.
    2016 yildan jahon neft-gaz sohasidagi eng yirik loyihalardan biri bo’lgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi ishga tushdi. 2012 yilda Project Finance International xalqaro nashri mazkur loyihani neft-kimyo sektoridagi yilning eng muvaffaqiyatli loyihasi deb e‘tirof etdi.
    Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga raxbarlik qilayotgan yillarda ham Qoraqalpog’istonning iqtisodiy salohiyatini ko’ratish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan: 2017 yil Moliya vazirligi huzurida Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi tuzildi, 2017 yil 2 fevralda O’zbekiston Respublikasining neft va gazga boy Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida (PQ-2755), 2017 yil 13 iyunda esaNukus shahrida elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari (PQ-3055) qabul qilindi.
    2018 yil 16 oktabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo’yi xalqaro innovatsiya markazi tashkil etildi (PQ-3975).
    2019 yil 29 iyunda O’zbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasidagi Jel konini Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlari asosida o’zlashtirish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-4376) e‘lon qilindi.
    2019 yil 4 sentabrda Prezidentimiz Farmoni bilan «Nukus» erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi (PF-5809).
    2019 yilgi statistik ma‘lumotlarga ko’ra Respublikaning yillik YAMM o’sishi 6,8 % ni tashkil qilgan. Jumladan, qishloq xo’jaligi, o’rmon va baliq xo’jaliklarida 106,7%, sanoatda 105,0%, qurilish sohasida 123,8%, xizmatlar sohasida 104,9% o’sish kuzatilgan.
    Agrar islohotlar
    Qoraqalpog’istonda mehnatga layoqatli aholining asosiy qismi qishloqda istiqomat qiladi. Qoraqalpog’iston Respublikasining qishloq xo’jaligi yetakchi tarmoqlari g’allachilik (sholichilik va guruch yetishtirish), paxtachilik, ipakchilik va chorvachilik tashkil qiladi.
    Mustaqillik yillarida boshqa sohalar qatorida agrar sektorda ham iqtisodiy qayta qurish, bozor munosabatlariga o’tish ro’y berdi. Qishloq xo’jaligi respublika iqtisodiyotining yetakchi tarmog’i hisoblanadi. 1997 yil boshlarida respublikada 263 ta qishloq xo’jalik korxonasi faoliyat ko’rsatdi. Nodavlat sektorining jami ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushi 98,3 foizni tashkil etdi. Ayrim qishloq xo’jalik mahsulotlari, jumladan, paxta yetishtirishda nodavlat korxonalarining hissasi 97,9 foizni, donchilikda - 98,1 foizni, kartoshkachilikda - 99,7 foizni, sabzavotchilikda - 98,8 foizni, polizchilikda - 95,1 foizni, bog’dorchilikda - 98,5 foizni, pillachilikda - 100 foizni, go’sht yetishtirishda - 98,9 foizni, sut va tuxum ishlab chiqarishda - 99,4 foizni, qorako’l teri va jun yetishtirishda - 100 foizni tashkil etdi.
    Dehqonchilikda ekin maydonlarining tarkibi o’zgardi. Agar 1991 yilda g’alla maydonlari ekin maydonlarining 27,1 foizini (jumladan, bug’doy 1,9 foizni) tashkil etgan bo’lsa, 1996 yilning oxirida bu 35,8 foiz (bug’doy maydonlari 8,3 foiz)ga yetdi. Shu davr mobaynida bug’doy yetishtirish 13,6 ming tonna, ya‘ni 3 marta, kartoshka 6,7 ming tonna yoki 2,3 marta, sabzavot 11,4 ming tonna, uzum yetishtirish 4 martaga ko’paydi. Respublika oziq-ovqat majmuasida shaxsiy yordamchi xo’jaliklarning hissasi tobora ko’paydi.
    Shu bilan birga chorvachilikda ahvol ancha mushkullashdi. Murakkab iqlim sharoiti tufayli respublikada keyingi yillarda hayvonlar soni kamaydi. 1991-1996 yillarda davlat xo’jaliklari, ijara korxonalari, kooperativlarda va boshqa qishloq xo’jalik korxonalarida 22 ming 588 bosh yirik shoxli qoramol, 23 ming 236 cho’chqa, 176 ming 603 bosh qo’y va echkilar yo’qotildi.
    Qoraqalpog’istonda dehqon-fermer xo’jaliklari tashkil etish bo’yicha birmuncha tajriba to’plandi. Masalan, Ellikqal‘a tumanida dehqonlarga yer, ishlab chiqarish vositalari va yetishtirilgan mahsulotlarga egalik qilish imkonini berish maqsadida mavjud 14 ta jamoa xo’jaliklari dehqon-fermer xo’jaliklari uyushmasiga aylantirildi. Dehqonlarga meros qilib qoldirish huquqi bilan yerlar uzoq muddatga ijaraga berildi. O’zbekiston hukumati ana shu tajribani ma‘qullab, uni boshqa viloyatlarda ham ommalashtirishni tavsiya etishga qaratilgan maxsus qaror qabul qildi. Xo’jalik yuritishning bu yangi usuli boshqa viloyatlarda yaxshi natija berdi. Lekin Qoraqalpog’istonning o’zida ana shu tajribani ommalashtirishga yetarli e‘tibor berilmadi. Oqibatda respublika qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmida dehqon-fermer xo’jaliklarining hissasi kam bo’ldi. Buning asosiy sabablari fermer xo’jaliklariga xizmat ko’rsatuvchi korxonalar yaxshi ishlamadi, bo’rdoqichilik bazasi sust rivojlandi, zotdor hayvonlarni ko’paytirishga e‘tibor berilmadi, xo’jaliklar moddiy-texnika va pul mablag’lari bilan yetarli darajada ta‘minlanmadi, agrotexnik va zooveterinariya xizmati ko’rsatish to’g’ri tashkil. etilmadi.
    Keyingi 6 yil ichida investitsiya faoliyatida sezilarli o’zgarishlar ro’y berdi. Kapital qurilishda korxonalarning mablag’lari hisobidagi qurilishlar hajmi ko’payib, byudjet mablag’ining hissasi kamaydi.
    Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida ishlab chiqarish korxonalari qurilishiga ajratilgan mablag’lar noishlab chiqarish obyektlariga ajratilgan mablag’ga nisbatan ancha ko’p bo’ldi. Masalan, 1995 yilda ishlab chiqarish korxonalari qurilishiga ajratilgan mablag’ 61,2 foizni tashkil etgan bo’lsa, 1996 yilda bu 78 foizga yetdi. Bir vaqtning o’zida noishlab chiqarish obyektlari uchun ajratilgan mablag’lar miqdori 38,8 foizdan 22 foizgacha kamaydi.
    2019 yil 7 noyabrda Qoraqalpog’iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida (PQ-4512), 2020 yil 3 iyulda esa Qoraqolpog’iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari (PQ-4776) qabul qilindi.
    Tashqi iqtisodiy aloqalar
    Respublikada istiqlol yillarida tashqi iqtisodiy aloqalarga ham katta e‘tibor berildi. Masalan, 1996 yildagi tashqi savdo oboroti 228,4 million AQSH dollarini tashkil etdi, bu 1995 yildagiga nisbatan 3,7 marta ko’p bo’ddi.
    1996 yilda Qoraqalpog’iston Respublikasining tashqi savdodagi asosiy sheriklarining hissasi quyidagicha bo’ldi: Rossiya - 11,4 foiz, AQSH - 14,1 foiz, Janubiy Koreya - 11,1 foiz, Shveysariya - 9,4 foiz, Niderlandiya - 7,2 foiz.
    Eskport qilingan tovarlar hajmi 122,9 million AQSH dollariga teng bo’ldi. Uning tashqi savdo oborotidagi ulushi 53,8 foizni tashkil etdi. G’arb mamlakatlariga eksport qilingan xom ashyo 113,6 million AQSH dollarini, MDH mamlakatlariga jo’natilganlari esa 9,3 million AQSH dollarini tashkil etdi.
    Xorijiy mamlakatlarga asosan paxta tolasi, toladan olingan mahsulotlar, qayta ishlangan neft mahsulotlari sotildi. Paxta tolasi jami eksport mahsulotlarining 95 foizini tashkil etdi.
    Tashqi savdo oborotida importning salmog’i 1996 yilda 46,2 foizni tashkil qildi. Uning hajmi 1995 yildagiga nisbatan 3,4 marta ko’paydi. Import mahsulotlari tarkibida asosan xalq iste‘mol mollari 60,9 foiz, qora va rangli metallar 18,9 foiz, oziq-ovqat mahsulotlari 13,1 foizni tashkil etdi.
    Uzoq xorijiy mamlakatlardan keltirilgan mahsulotlar 70,1 million AQSH dollariga teng bo’lib, bu jami importning 66,4 foizini tashkil qildi. Yaqin xorijiy mamlakatlardan respublikaning 130 korxonalari orqali 35,4 million dollarlik mahsulotlar olib kelindi. Asosan shakar, bug’doy, mashina va jihozlar, agregatlar va ularning ehtiyot qismlari, quvurlar, avtomashinalar, ishlab chiqarishni komplektlovchi materiallar va boshqa turdagi mahsulotlar keltirildi.
    Demak, mustaqillikning o’tgan davrida mamlakat lqgisodiyotini rivojlantirish sohasida jiddiy yutuqlar ko’lga kiritildi. 2000 yilga kelib, chet el investitsiyasi hajmi kimyo, neft, oziq-ovqat sanoati, traisport, aloqa va qishloq xo’jaligi sohasida ancha oshdi.
    Demografik jarayon. Ijtimoiy sohadagi o’zgarishlar
    Mustaqillik yillarida respublikada ijtimoiy sohalar rivojlanishiga e‘tibor kuchaydi. 1991-1996 yillarda Qoraqalpog’iston Respublikasida ma‘lum demografik o’zgarishlar ro’y berdi. Tug’ilish (ming kishi hisobida) 1991 yildagi 36,4 dan 1996 yilda 25,0 kishiga qisqardi. Tug’ilishning kamayishi o’z o’rnida respublika aholisining o’sish darajasiga ta‘sir etdi. Demografik o’zgarishning asosiy sabablaridan biri tug’ilishning kamayishi, aholining ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik yashash sharoitlariga bog’liqdir. 1991-1996 yillarda respublikadan (kelganlarni chiqarib tashlaganda) 26,7 ming kishi ko’chib ketdi. 1996 yilda respublika aholisi 143 ming 764 kishiga o’sdi, shundan shahar aholisi 69 ming 401 kishini, qishloq aholisi 74 ming 363 kishini tashkil etdi. 1996 yilda aholining o’rtacha yillik o’sishi 1,36 foizga teng bo’ldi.
    Ishsizlar soni 1996 yil oxirida 4,2 ming kishiga yetdi. 1996 yilda 16 ming ishchi o’rinlari yaratildi, jumladan, qishloq joylarida 8,5 mingta. Bu esa shahar va tuman mehnat birjalariga murojaat qilgan fuqarolarni ish bilan ta‘minlash imkonini berdi.
    1996 yilda aholi jon boshiga pul daromadlari 9628,8 so’mni, xarajatlar esa 6300 so’mni tashkil etdi yoki 1995 yilga nisbatan 2,2 va 2,3 marta ko’paydi.
    Daromadlarning ko’payishi iste‘mol bozoridagi vaziyatni jonlantirdi. Aholi jon boshiga tovar aylanishi hajmi amaldagi narxlarda 5 ming 36 so’mlikni tashkil qildi va 2,1 martaga, solishtirma narxlarda esa 8,8 foizga o’sdi. Pullik xizmat 2,8 marta, maishiy xizmat 2,7 martaga ko’payib jon boshiga 679 va 108 so’mni tashkil etdi. Lekin shunga qaramasdan aholi jon boshiga xizmat ko’rsatish hajmi O’zbekiston Respublikasi ko’rsatkichidan 2,2 marta kam bo’ldi.
    1996 yilda aholiga 7,2 milliard so’mlik iste‘mol mollari sotilgan. Bu amaldagi narxlarda
    1995 yildagiga nisbatan 2,1 marta ko’p. Tovar aylanishining jami hajmi 10,3 foizga yoki 350,5 million so’mlikka ko’paydi. Tovar oborot hajmida davlat sektorining ulushi pasayib, nodavlat sektoriniki o’sib bordi. Rasmiy savdo tarmoklariga nisbatan iste‘mol va buyum bozorlarida holat ancha yaxshilandi, jami tovar oborotida ularning ulushi 20 foizga yetdi.
    Ijtimoiy sohada rivojlanish ta‘min etildi, 1999 yilning birinchi yarmida aholi jon boshiga kirim 17 ming so’mni tashkil etdi. Shu davrdagi tovar aylanmasi 15286 million so’mni tashkil etdi. 1998 yilda ishchi-xizmatchilarning oylik maoshi 1,5 barobar oshdi.
    Respublikada 70 ta tibbiy muassasa (9485 o’rin), 246 ambulatoriya poliklinika muassasasi, ularning tarkibida 20 qishloq uchastka vrachlik punkti, 6 shahar va mahalla vrachlik punkti, tuman markaziy poliklinika, 20 respublika va shahar hamda kasalxonalar bn birlashgan 20 po-liklinika. 3 bolalar poliklinikasi, 2 respublika muassasalariga qarashli poliklinika bor. 1991-2005 yillarda 61 qishloq vrachlik punkti; Nukus shahrida Respublika akusherlik va ginekologiya institutining filiali, 2 poliklinika (100 bemorni qabul qilishga mo’ljallangan) qurildi. Q.da 3,6 ming vrach (har 10 ming aholiga 23,1 vrach. 15,5 ming o’rta tibbiy xodim (har 10 ming kishiga 98,7) faoliyat yuritadi. Har 10 ming kishiga kasalxonalarda 60,6 o’rin to’g’ri keladi. Aholiga O’zbekiston Respublikasi shoshilinch tibbiy yordam markazining Nukus shahridagi filiali, shuningdek, 14 tuman markaziy kasalxonasi va Taxiatosh shahri kasalxonasi qoshidagi tez tibbiy yordam bo’limlari xizmat ko’rsatadi. Nukus shahrida 2 ta shahar poliklinikasi «oilaviy poliklinika» sifatida faoliyat yuritadi. Nukus shahrida 1998 yildan Skrining markazi, 2003 yildan esa bir smenada 100 o’smirni qabul qilishga mo’ljallangan respublika o’smirlar markazi ishlab turibdi. Respublikada Toshkent pediatriya intining filiali, 4 tibbiyot kolleji mavjud. 9 sanatoriy-profilak-toriy (1200 o’rin) faoliyat ko’rsatadi.
    Respublika tibbiyoti erishgan natijalardan eng muhimi - onalar o’limi soni kamaydi. «Homilador ayollarni va bolalar salomatligini mustahkamlash bo’yicha milliy dastur» hamda «Yosh avlodni sog’lomlashtirish kompleks dasturi»ning ishlab chiqilganligi va amalga oshirilganligi natijasida 1996 yilda onalar o’limi 1991 yildagiga nisbatan 4,4 marta, chaqaloqlar o’limi esa 1,8 martaga kamaydi. Homilador ayollarning 56 foizi statsionarlarda tug’ishgacha bo’lgan davolanishdan o’tkazildi. Respublikada jarrohlik, maxsus davolash ambulatoriya markazlari tashkil topdi.
    Tibbiy xizmat tarmog’ini moliyalashtirishda davlat mablag’lari bilan birga nodavlat manbalaridan ham foydalanilmoqda. Xo’jalik hisobida, yakka tartibda, kooperativ usulda ishlaydigan tibbiyot tarmoqlari kengayib bormoqsa. «Medtexnika», «Optika», «Tibta‘minot» dorixona muassasalari to’la davlat tasarrufidan chiqarilib, xususiylashtirildi. Biroq aholining kasallanishi kamaymadi. Bu ko’rsatkich 1991 yilga nisbatan 26.3 foizga ko’paydi.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi «2017-2021 yillarda Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to’g’risida»gi PQ-2731-sonli Qaroriga asosan 2017-2021 yillarda Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi qabul qilindi.
    Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan 2018 yilda Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo’yicha obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta‘mirlash manzilli dasturiga asosan, 2018 yilda jami 370 ta obyektda, jumladan Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha 224 ta (umumiy qiymati – 149,3 mlrd so’m), Xorazm viloyati bo’yicha 146 ta (umumiy qiymati 85,4 mlrd so’m) obyektlarda qurilish, rekonstruksiya, kapital ta‘mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilishi ko’zda tutilib, ushbu maqsadlar uchun jami 234,7 mlrd so’m mablag’ ajratilishi rejalashtirilgan.
    Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 2 avgust kuni «Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 19-son ixtisoslashitirilgan jazoni ijro etish koloniyasini tugatish to’g’risida»gi (Jasliq qo’rg’onida joylashgan) qarorni imzoladi.
    Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 20 avgust kuni Qoraqalpog’istonda bo’ldi. Prezidentning o’tgan yilgi tashrifi davomida berilgan ko’rsatmalar asosida hukumatning Mo’ynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi qabul qilingan. Unda 2019-2021 yillarda jami 1 trillion 485 milliard so’mlik qurilish-ta‘mirlash ishlari amalga oshirilishi belgilangan.
    Qisqa vaqt ichida qator obyektlar foydalanishga topshirildi. Jumladan, 800 o’rinli amfiteatr va davlat xizmatlari markazi qurildi, madaniyat markazi va stadion, «Bozatov» ovul fuqarolar yig’inidagi oilaviy poliklinika rekonstruksiya qilindi.
    Iyul oyida «Mo’ynoq porloq teks» mas‘uliyati cheklangan jamiyat tomonidan tikuvchilik korxonasi ishga tushirildi. 350 ta ish o’rni yaratildi.
    Zamonaviy mashinalar o’rnatilgan mazkur korxona yiliga 1 million dona tayyor tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Hozirda choyshab va ko’rpajildlar, maxsus ish formalari tikilmoqda. Shu yerda savdo do’koni tashkil etilgan. Yangi qurilayotgan uylardan korxona ishchilari uchun xonadonlar ajratilgan. Shavkat Mirziyoyev korxona faoliyati bilan tanishdi, ishchi xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.
    Mo’ynoqdagi o’zgarishlarni, sizlarning ko’zlaringizdagi rozilikni ko’rib juda xursandman.
    Bu – uzoq-uzoq hududlarga borib qilayotgan ishlarimiz natijasi. Agar kimdir bizning islohotlarimizga shubha qiladigan bo’lsa, Mo’ynoqqa kelib ko’rsin, - dedi Prezident.
    2020 yil 1 avgust kuni Nukus shahrida O’zbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov (73 yosh)ning vafoti munosabati bilan ta‘ziya marosimi bo’lib o’tdi.
    Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, marhumning oila a‘zolariga, xalqimizga chuqur hamdardlik bildirdi. U 18 yil davomida Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining Raisi deb atalmish o’ta mas‘uliyatli va sharafli vazifada samarali faoliyat olib borgan. Musa Yerniyazov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o’rinbosari sifatida mamlakatimizning barcha hududlarini rivojlantirish uchun muhim qonunlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga katta hissa qo’shgani yodga olindi.
    Qoraqalpog‟iston Respublikasida ta'lim, fan va madaniyat.
    Qoraqalpoq xalqi qadimiy va boy tarixga ega. Uning milliy madaniyati, jozibali san‘ati, mumtoz adabiyoti, qadriyatlari udum va an‘analari olamga mashhurdir. Mustaqillik tufayli qoraqalpoq xalqi juda ko‘p qadriyatlarini qayta tiklash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Adolat va tenglik, ozodlik va erk uchun kurashgan Yernazar Olako‘z, Ollayor Do‘stnazarov singari xalq qahramonlarining jasoratli, o‘t yurakli qoraqalpoq farzandlarining orzu-armonlari amalga oshdi.
    Milliy madaniyat va ma'naviyatning qaror topishiga, qoraqalpoq xalqining klassik shoirlari Berdaq, Ajiniyoz bobolar ijodiy meroslarining to‘la tiklanishiga, aziz xotiralarining ulug‘lanishiga yo‘l ochib berildi. Bugungi kunda Ibroyim Yusupov, To‘lepbergen Qaibergenov, Tilovbergen Jumamuratov kabi Qoraqalpoq yozuvchi va shoirlarining asarlari xalqlarimiz ma'naviy xazinasidan munosib joy oldi. Sobir Kamolov, Charjau Abdirov kabi yirik olimlar O‘zbekiston fani rivojiga juda katta hissa qo‘shdilar. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston madaniy hayotida ham jiddiy o‘zgarishlar haqida gap ketganda, avvalo xalq ta'limi tizimida yuz bergan o‘zgarishlarni ta'kidlash o‘rinli.
    Bugungi kunda respublika xalq ta'limi tizimi milliy uyg‘onish, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy rivojiga xizmat qilishda yetakchi rol oynamoqda. Respublikada yangi tipdagi o‘rta umumta'lim muassasalari – litseylar, gimnaziyalar va alohida fanlarni chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladigan maktablar, biznes maktablar, kollejlar va boshqalar tez rivojlanmoqda. Hozirgi vaqtda Respublikada 25 tadan ziyod maktab va maktab internatlarda o'quvchmarning fanlarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari asosida muayyan fanlarni chuqur o‘rgatishga yo‘naltirilgan.
    Bundan tashqari qator maktablarda ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan.
    Hozirgi paytda respublikada 763 ta umumta'lim maktabi, 405 ta maktabgacha ta‘lim muassasasi, 91 maktabdan tashqari ta'lim muassasasi (shundan 28 tasi bolalar sport maktabi) faoliyat ko‘rsatmoqda. Bolalarga xorijiy tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa san'atini, kompyuter savodxonligi asoslarini o‘rgatuvchi guruhlar tashkil etildi. Milliy hunarmandchilikni rivojlantirishga, gilam to‘qish, keramika buyumlari tayyorlash, ganchkorlar va boshqa shu kabi hunar egalarini tayyorlashga ahamiyat berila boshlandi.
    Istiqlol yillarida Respublikada oliy ma‘lumotli kadrlar tayyorlashga ham alohida e'tibor qaratildi. Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat Universitetida bugungi kunda 33 ta mutaxassislik bo‘yicha bakalavrlar, 15 ta mutaxassislik bo‘yicha esa magistrlar tayyorlanmoqda. O‘ziga xos tarixga ega bo‘lgan Ajiniyoz nomli Nukus Davlat pedagogika institutida oliy ma‘lumotli mutaxassislar tayyorlanmoqda. Mazkur o‘quv yurtining 15 ta fakultetida 4 ming 402 ta talaba ta'lim olmoqda. O‘lkada sog‘liqni saqlash sohasidagi kadrlarni tayyorlash borasida ham muayyan ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Respublika sog‘liqni saqlash muassasalarining tibbiyot xodimlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 1991-yilda Nukusda Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining Qoraqalpog‘iston filiali tashkil etildi. Bugungi kunda Respublikada Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti va San‘atshunoslik institutlarining Nukus filiallari ham faoliyat yuritmoqda.
    Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri qiyinchiliklariga qaramay respublika hukumati xalq ta'limi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini ko‘rmoqda. Istiqlol yillarida fan sohasida ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘ldi. 1992-yilda O‘zbekiston Respublika Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoq filialiga O‘zbekiston Respbulikasi FAning Qoraqalpoq bo‘limi maqomi berildi. Uning tarkibida ilgari 3 ta institut mavjud bo‘lgan bo‘lsa, yana ikkita institut qo‘shildi. «Tarix, arxeologiya va etnografiya» hamda «Bioekologiya» institutlari ham shu bo‘lim tarkibiga kirdi. Botanika bog‘i bo‘linmasiga esa bo‘lim maqomi berildi. 1994-yilda esa Fanlar Akademiyasi tarkibiga O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli tajriba instituti va tibbiyot klinikasi ham kiritildi. Fanlar Akademiyasi tashkil etgan bunday tadbirlar olimlarga tibbiy va ijtimoiy fanlarni yanada rivojlantirish, xalq xo‘jaligi va madaniyatini yuksaltirishda muayyan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishga yordam berdi.
    Qoraqalpoq tilida erishilgan yutuqlar hamda to‘rt jildlik «Qoraqalpoq tilining izohli lug‘ati»ni yaratishdagi xizmatlari uchun Fanlar Akademiyasining 4 nafar ilmiy xodimi (M.Qalandarov, R.Yesemuratova, T.To‘raboyev, D.Qozoqboyev) 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasining Beruniy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.
    1992-yilda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining Qoraqalpoq bo‘limi tashkil etildi. Uning tarkibiga Sh.Musayev nomidagi Chimboy yer ishlari instituti hamda sholichilik va chorvachilik institutlarining filiallari kiritildi. Nukusda O‘rta Osiyo irrigatsiya ilmiy tekshirish institutining bo‘limi faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublikada oliy o‘quv yurtlari ham ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Keyingi yillarda Toshkent olimlari ko‘magida katta miqdordagi yuqo‘li malakali mutaxassislar tayyorlandi. Respublikadagi 60 nafar fan doktori va 600 nafar fan nomzodidan deyarli 30 foizi O‘zbekiston mustaqilligi yillarida ilmiy daraja oldilar. Ilgari Fanlar Akademiyasi haqiqiy a'zoligiga saylangan Ch.A.Abdirov, S.K.Kamolov, A.B.Baxiyevlar qatoriga T.Yeshanov, A.Dauletov, U.Hamidov va J.Bozorboyev ham qabul qilindilar. 1997-yilda esa ikki nafar rassom (J.Izentayev ya J.Quttimuratov) O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasining akademikligiga saylandilar.
    Respublikada yuqori malakali kadrlar o‘sishida, ayniqsa, ijtimoiy fanlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan tarix va arxeologiya, etnografiya, til va adabiyot bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qiluvchi ixtisoslashgan Kengashlarning tashkil etilayotganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Respublika olimlari keyingi yillarda chet el mutaxassislari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Respublika Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoq bo‘limi «Bioekologiya» instituti xodimlari Germaniya olimlari bilan birgalikda 1993-yildan beri Orolboyi ekologiyasi muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olib borishmoqda. 1995-yilda Mo‘ynoqda Germaniya Federativ Respublikasi yordamida «Bioekologiya» institutining xalqaro ekologiya stansiyasi ochildi.
    «Tarix, arxeologiya va etnografiya» instituti Avstraliyaning Sidney universiteti olimlari hamda fransuz arxeologlari bilan birgalikda ish olib bormoqdalar.
    Mustaqil O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonning dolzarb masalalari respublika shoir va yozuvchilari ijodida katta o‘rin egallaydi. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergan Qaipbergenov qatoriga yangi nomlar kelib qo‘shildi. Saginbay Ibrohimov, Kenesboy Rahmonov kabi shoirlar, Guloysha Yesemuratova, O‘zarboy Abdurahmonov, Muratboy Nizanovlar ana shular jumlasidandir.
    2000 yil aprel oyida Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasida 1999 yilda yaratilgan badiiy asarlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘ldi. Unda eng yaxshi asarlarga Qoraqalpoq Yozuvchilar uyushmasining mukofoti berildi. Jumladan, Davlatmurod Karimov «Qur'oni Karim»ni o‘zbek tihdan Qoraqalpoq tiliga tarjima qilgani uchun, Gulchehra Rahimova mustabid tuzum qurbonlari haqidagi qissasi uchun va Minayxon Jumanazarova «Cho‘lpon» nashriyotida chop etilgan «Qalbingizda qolgim keladi» she'rlar to‘plami uchun mazkur mukofotga sazovor bo‘ldilar. Ayniqsa, 1999-yil 4-mayda O‘zbekiston Prezidentining Farmomg‘a ko‘ra T.Qaipbergenov va I.Yusupovning «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlanishi respublika hayotida katta voqea bo‘ldi.
    1993-yil yanvarda Toshkentda Qoraqalpog‘iston madaniyati kunlari, noyabr oyida esa Qoraqalpog‘istonda Toshkent madaniyati kunlari o‘tkazildi. Xuddi shuningdek, 2000-yil iyun oyida Qoraqalpog‘istonda Toshkent shahri va Xorazmdan kelgan madaniyat xodimlari va ijodkorlar ishtirokida ma'naviyat kunlari o‘tkazildi. Dekabr oyida esa Toshkentda Qoraqalpog‘iston madaniyati kunlari uyushtirildi. Bu tadbirlar Nukus va Toshkent madaniyat xodimlari faoliyatini bir-birlariga yaqinlashtirdi.
    1996-yilda Qoraqalpoq xoreografiyasi tarixida birinchi marta «Oyjamol» nomli Qoraqalpoq baleti (N.Muhammedinova musiqasi, T.Xodjayev asari) sahnalashtirildi. 1996-yilda O‘zbekiston mustaqiligining 5 yilligi oldidan o‘tkazilgan «O‘zbekiston - Vatanim manim» qo‘shiq-tanlovida yosh qo‘shiqchi Roza Kutekeyeva «Mustaqillik gullari» qo‘shig‘i bilan ishtirok etib, faxrh ikkinchi o‘rinni oldi. Shu yili yana Amir Temur rolining eng yaxshi ijrosi uchun tanlovida Berdaq nomidagi drama teatri artisti Bozorboy Uzoqberganov qatnashib, birinchi o‘rinni oldi. Bu misollar Qoraqalpog‘iston san'atkorlari mustaqillik yillarida erishgan muvaffaqiyatlardan dalolat beradi. Qoraqalpog‘iston san'atida erishilgan muvaffaqiyatlarni keng targ‘ib etishda Rassomlar uyushmasi, I.V.Savitskiy nomidagi San‘at muzeyi, Tarix-o‘lkashunoslik muzeyi hamda Jangovor va mehnat shuhrati muzeylari katta ishlarni olib bormoqda.
    Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining «Erkin Qoraqalpog‘iston», «Qoraqalpog‘iston xabarlari» gazetalari, yozuvchilar uyushmasining «Amudaryo» jurnali, «Respublika Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoq bo‘limi xabarlari» ilgarigidek muntazam chiqarilmoqda. 1991-yildan respubikada hukumatga qarashh bo‘lmagan «Orol qizlari» jumali chop etila boshladi. Istiqlol yillarida Nukus shahrining 60 yilligi, To‘rtko‘l shahrining 120 yilligi, Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘lining 170 yilligi, Amir Temurning 660 yilligi keng nishonlandi. Bular O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston tarixidagi eng muhim voqealar, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik ramzidir. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov Nukus shahrining 60 yilligi bayramida: «O‘zbekiston taqdiri, bu - Qoraqalpog‘iston taqdiridir, o‘zbek xalqining taqdiri, bu - qoraqalpoq xalqining kelajagidir» degan otashnafas so‘zlari qoraqalpoq xalqi xotirasida abadiy saqlanib qoladi. Bugun Qoraqalpoq xalqi shuni yaxshi biladiki, uning amaldagi suvereniteti, mustaqilligi faqat O‘zbekiston bilan birga bo‘lgandagina ta'minlanishi mumkin. Shuning uchun ham Qoraqalpoq xalqi o‘z taqdirini o‘zbek xalqi va O‘zbekiston bilan abadiy bog‘lagan.
    Q.da 5 respublika, 14 tuman, 1 shahar (Nukus), 20 tarmoq gazetalari, 2 byulleten va 9 jurnal nashr etiladi. Shulardan yiriklari: «Yorqin Qaraqalpaqstan» (1924 yildan), «Вести Каракалпакстана» (1919 yildan), «Qaraqalpaqstan jaslari» (1931 yildan), «Amu tongi» (1991 yildan), «Ustoz jo‘liy» (1998), «Гарезсизлик хэм иызам» (1996 yildan), «Davr ko‘zgusi» (1978 yildan), «Madaniyat xem sport» (1997 yildan), «Amudaryo» (1932 yildan), «Вестник» (1960 yildan), «Aral qыzlari» (1991 yildan), «Илим хэм жэмийет» (1991 yildan), «Saniyat» (2003 yildan), «Экономика хэм банк» (2003 yildan), «Qaraqalpaqstan» (2002 yildan), «Билим хэм ондирис», «Жипек жолы» (1999 yildan).
    Q. radiosining eshittirishlari 1932 yil yanvarda boshlangan. Dastlab radioeshittirishlar qisqa axborotlar tarzida tashkil qilingan. 1935 yilda ularning hajmi 3 soatgacha yetkazilgan. Hozirgi kunda Q. radiosi kuniga 6,5 soat hajmda eshittirishlar olib boradi.
    Q. televideniyesi dastlab 1964 yil 5 noyabrda efirga chiqdi. Ilk faoliyati davrida ko’rsatuvlar kechki paytda 1,5 soat hajmda berilgan. Hozirgi kunda ertalab 1,5 soat va kechki payt soat 19:00 dan yarim tungacha, dam olish kunlari teleko’rsatuvlar olib boriladi.
    1970 yilning o’rtalariga kelib yosh qoraqalpoq kino san‘ati rivojlana boshladi. 1990 yil aprelda ushbu filial bazasida Nukus shahrida «Qoraqalpoqfilm» kinostudiyasi vujudga keldi. T.Kalimbetovning «Qalpoqcha» (1990), «Qaytish» (1992) kabi dastlabki badiiy qisqa metrajli filmlari yaratildi. A.Sultonov ssenariysi asosida «Elim degan er edi», «Ayriliq» kabi hujjatli filmlari ekranga chiqdi. Ekologiya, Afg’on urushi, Xo’jayli arxitekturasi, MDH prezidentlarining uchrashuvi mavzularida filmlar yaratildi. 2002 yilda ishlangan «Ona» filmi Buxoro kinofestivalining maxsus mukofotiga sazovor bo’ldi. 2003 yil iyul oyida Insbruk shahrida (Avstriya)da o’tkazilgan 12-Xalqaro kinofestivalida «Otabegi» hujjatli filmi qatnashdi. 2004 yil noyabr oyida Gollandiyada o’tkazilgan 10-xalqaro kinofestivalida qatnashtan «Quduq» hujjatli filmi shu oyning o’zida Bilbao (Ispaniya) shahrida o’tkazilgan Xalqaro kinofestivalida festivalning eng yaxshi rejissura uchun kumush sovriniga ega bo’ldi.
    Q. sportchilari sportning kurash, boks, futbol, og’ir atletika, voleybol, basketbol, ot sporti turlari va b. bo’yicha mamlakat musobaqalarida ishtirok etib kelmoqdalar. Q.da 14 stadion, 467 sport zali, 3159 sport maydonchasi, 3 suzish havzasi, tennis kortlari va b. sport inshootlari bor. Bir qancha qoraqalpoq sportchilar O’zbekiston, Osiyo, jahon sport musobaqalarida qatnashib, g’oliblikni qo’lga kiritganlar yoki sovrinli o’rinlarni egallaganlar. Q. sportchilari «Umid nihollari», «Barkamol avlod», talabalar universiadalarida muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqdalar. Muaytay bo’yicha 5 karra jahon chempioni Erkin Qutiboyev, og’ir atletika bo’yicha Osiyo chempioni Baxtiyor Nurullayev, Olimpiada o’yinlari kumush medali sovrindori Sergey Sirsovning nomlari mashhur. 12-Osiyo o’yinlarida boks bo’yicha Alisher Avezboyev, futbol bo’yicha Berdax Allaniyazov, eshkak eshish bo’yicha Baxtiyor Davletyarovlar g’oliblikni qo’lga kiritdilar. Respublikada xalqaro toifadagi sport ustalari, sport ustaligiga nomzodlar, 1 toifadagi sportchilar tayyorlanadi.
    Orol muammosi.
    Ma‘lumki, o‘tgan asrning 50-60-yillariga qadar Orol dengizi kattaligi jihatidan dunyoda to‘rtinchi dengiz hisoblanar edi. Sovet davrida paxta yakkahokimligi tufayli suv resurslaridan nooqilona foydalanilishi, Amudaryo va Sirdaryo o‘zanlariga suv omborlarining qurilishi va asosiy suv oqimining ekin maydonlariga sarflanishi tufayi 70-80-yillardan boshlab dengizning hududi keskin ravishda qisqarib keta boshladi. Shu tariqa ilmiy adabiyotlarda Orol muammosi atamasi paydo bo‘ldi. Orolning qurish tufayli mintaqa flora va faunasi inqirozga uchrab, iqlim va atmosfera havosining buzilishi tufayli ekologik halokat yuzaga keldi. Hozirgi vaqtda Orol fojiasi tufayli 5,5 million gektardan ortiq maydonda Orolqum sahrosi paydo bo’ldi. Har yili 100 million tonna qum va tuz havoga ko’tarilmoqda. Bu esa Orol halokati global muammo ekanini yana bir bor isbotlamoqda.
    1993-yil mart oyida Qizil O‘rdada Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining Rossiya davlat delegatsiyasi ishtirokida anjumani bo’lib o’tdi. Anjumanda Orol dengizi va Orolbo’yi muammolarini hal etish, Orol mintaqasi ekologiyasini sog’lomlashtirish va ijtimoiyqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlash sohasida birgalikda qilinadigan harakatlar to’g’risida bitim imzolandi. Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug’ullanuvchi Davlatlararo kengash tuzildi. Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi ta‘sis etildi.
    Uchrashuv qatnashchilari Qozog’iston, Qirg’iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya nomidan BMT Bosh kotibi Butros G’oliyga maktub yo’llab, Orol bo’yidagi murakkab ahvol va ro’y bergan muammolarni hal etish uchun belgilangan chora-tadbirlar haqida, shuningdek, Orol dengizi havzasi muammolarini hal qilishga xalqaro hamjamiyatning diqqat-e‘tiborini jalb qilish zazurligi to’g’risida uni xabardor etdilar.
    1993-yil avgustda Nukusda Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug’ullanuvchi Davlatlararo kengash va Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasining qo’shma majlisi bo’ldi. 1994-yil 11-yanvarda Nukusda Markaziy Osiyo mamlakatlari boshliqlarining Rossiya Federatsiyasi davlat delegatsiyasi (Yuriy Yakovlev, RF Bosh vaziri o’rinbosari) ishtirokida konferensiyasi bo’lib o’tdi. Konferensiyada Orol dengizi havzasidagi ahvol bilan bog’liq ko’pgina masalalar, Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi mablag‘lari qanday to’planayotgani muhokama qilindi, faoliyati ma‘qullandi. Ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan yaqin 3-5 yil ichida bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar belgilandi. Orol dengizini qutqarish bo’yicha Davlatlararo kengash Nizomi tasdiqlandi hamda uning ijroiya organining rahbari tayinlandi. Bu masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilindi.
    Orolni qutqarish masalasiga mintaqadagi davlatlardan O‘zbekiston ayniqsa faol bo‘ldi. Jumladan, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimov ikki marta (1993, 1995 yillarda) BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida xalqaro hamjamiyat diqqat-e‘tiborini ushbu masalaga qaratgan edi.
    O‘zbekiston rahbariyati mintaqadagi mamlakatlar va xalqlar o’rtasida teng huquqli va o’zaro manfaatli hamkorlik o’rnatib, uni mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini qadam-baqadam amalga oshirib bordi.
    O’zbekiston tashabbusi bilan 2018 yilda BMTning Orolbo’yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo’yicha ko’p tomonlama sheriklik asosida Trast fondining tuzilishi, o’zbek diplomatiyasining katta yutug’i bo’ldi.
    Hozirda Orol dengizining suvsiz qolgan hududida yashil o’rmonlar barpo etishga alohida e‘tibor berilmoqda. Agar mustaqillik yillarida O’zbekiston bo’yicha 1 million 220 ming gektarga yaqin o’rmonzor yaratilgan bo’lsa, shundan 400 ming gektardan ortig’i aynan Orolbo’yi hududida barpo etilgan.
    Bu masalada qabul qilinayotgan maxsus dasturga ko’ra, Orol dengizining suvsiz hududida 2019 yilda yana 500 ming gektar o’rmonzor barpo etildi.
    Aholining hayot sharoitini yaxshilash maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasi shahar va qishloqlarida yangi qurilishlar amalga oshirildi. Xususan, 2018 yilda Mo’ynoq tumanida barcha zarur infratuzilmalarga ega bo’lgan zamonaviy shaharcha bunyod etildi.
    Orolni qutqarish muammosi doim mamlakatimiz Prezidentlarining diqqat markazida bo’lib keldi. Jumladan 2020 yil 23 sentabr kuni Prezidentimiz SH.Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75 yillik videokonferensiyasida nutq so’zlab, dunyo jamoatchiligi diqqat-e‘tiborini yana bir bor ushbu muammoga qaratdi.
    Prezidentimiz o’z ma‘ruzasida Orolbo’yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e‘lon qilish haqida BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyusiyasini qabul qilishni taklif etdi. Shuningdek, ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash maqsadga muvofiq ekanligi ta‘kidlab o’tdi.


    Mavzu yuzasidan savollar:
    1. Qachon Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva xonligining Xo’jayli hamda Qo’ng’irot tumanlari hududida Qozog’iston ASSR tarkibida Qoraqalpog’iston Avtonom viloyati tashkil etildi?
    2. Qoraqalpoqdar tarixida qaysi yil muhim siyosiy voqealar yili sifatida abadiy qoldi?
    3. Konstitutsiyaning nechanchi moddasida Qoraqalpog’iston Respublikasi o’z Konstitutsiyasiga ega bo’lmog’i kerakligi belgilab qo’yilgan?
    4. 2020 yil 23 sentabr kuni Prezidentimiz SH.Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75 yillik videokonferensiyasida nutq so’zlab, Orol muammosiga oid qanday taklif berdi?
    5. Hozirda Orol dengizining suvsiz qolgan hududida nimalar barpo etishga alohida e‘tibor berilmoqda?
    Mavzu yuzasidan test

    1. Qoraqalpog‗iston Avtonom viloyati qachon tashkil etilgan?

    1. 1917 yilda

    2. 1920 yilda

    3. 1925 yilda

    4. 1932 yilda

    1. Qoraqalpog‗iston Avtonom Respublikasi qaysi yili О‗zbekiston SSR tarkibiga kirgan?

    1. 1936 yilda

    2. 1925 yilda

    3. 1943 yilda

    4. 1920 yilda

    1. Qachon Qoraqalpog‗iston Respublikasining Davlat suvereniteti tо‗g‗risidagi Deklaratsiya qabul qilingan?

    1. 1990 yil 14 dekabrda

    2. 1991 yil 14 dekabrda

    3. 1992 yil 24 oktabrda

    4. 1990 yil 17 noyabrda

    1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining qaysi moddalarida uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlari o‘z aksini topgan?

    1. 63-67 moddalarida

    2. 70-75 moddalarida

    3. 83-89 moddalarida

    4. 21-25 moddalarida

    1. О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining nechanchi bobi Qoraqalpog‗iston Respublikasiga bag‗ishlangan?

    1. XV bobi

    2. XIII bobi

    3. XVII bobi

    4. XXI bobi

    6.Qoraqalpoq davlat universitetiga qaysi alloma nomi berilgan?

    1. Ajiniyoz

    2. Ogahiy

    3. Berdaq

    4. Saribiy

    7.1992 yil 14 dekabrda Qoraqalpog‗iston Respublikasi hayotida qanday muhim siyosiy voqea yuz berdi?

    1. Konstitusiya qabul qilindi

    2. Davlat bayrog‗i tasdiqlandi

    3. Davlat tamg‗asi tasdiqlandi

    4. Davlat madhiyasi tasdiqlandi


    8.Qoraqalpog‗iston Respublikasining Davlat gerbi qachon tasdiqlandi?

    1. 1990 yil 14 dekabrda

    2. 1993 yil 9 aprelda

    3. 1995 yil 14 dekabrda

    4. 1991 yil 4 dekabrda




    Yüklə 0,51 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   91




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə