O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Boshlang‘ich sinf o’quvchilarining jismoniy tayyorgarligini oshirishda sport oʻyinlari elementlaridan foydalanish texnalogiyalari



Yüklə 264 Kb.
səhifə9/10
tarix27.05.2023
ölçüsü264 Kb.
#113511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Jaxon kurs ishi 7 YOSHLI BOLALAR JISMONIY SIFATLARININ RIVOJLANTIRISH

2.4. Boshlang‘ich sinf o’quvchilarining jismoniy tayyorgarligini oshirishda sport oʻyinlari elementlaridan foydalanish texnalogiyalari

Jismoniy tarbiya metodikasi amaliyot bilan uzviy bogʻlikdir. Jismoniy tarbiya metodikas jismoniy tarbiya vositalari, jismoniy mashqlarni oʻrgatish tamoyillarini, usul va metodlarini ochishga, harakat koʻnikmalarini shakllantirishga va jismoniy sifatlarni rivojlantirishga, jismoniy tarbiya mashgʻulotlari, ertalabki badantarbiya, harakatli uyin, shuningdek jismoniy tarbiya ishini rejalashtirish va hisobga olishga katta ahamiyatiga ega.Jismoniy tarbiya metodikasining asosiy tushunchalari. Jismoniy kamolot bu jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan darajasi va sogʻliqning, hayotga, mehnatga va Vatan himoyasiga har tamonlama jismoniy tayyorlanganlikning eng yuqori bosqichidir. «Jismoniy kamolot» oʻsib boradigan ijtimoiy ehtiyojlar ishlab chiqarish, shuningdek kishilar ehtiyojining oʻsishiga qarab oʻzgarib turadi.


Jismoniy tarbiya bu jismoniy kamolotga erishishga yoʻnaltirilgan pedagogik jarayondir. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, ahlokiy, estetik va mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi.Jismoniy tarbiyalash — yuksak madaniyatga ega boʻlgan har tomonlama etuk hamda jismonan sogʻlom insonni shakllantirish maqsadida shaxsni tarbiyalashga, insonning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga, uning jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan jarayon;Jismoniy tayyorgarlik bu jismoniy tarbiyaning kasbiy yoʻnalganligidir (aktyor, uchuvchi, kosmonavt…va boshqalarning jismoniy tayyorgarligidir). U konkret kasb xususiyatiga koʻra oʻtkaziladigan jismoniy mashqlarning vazifalari, vositalari, oʻtkazish metodikasining oʻziga xosligi bilan xarakterlanadi. Jismoniy madaniyat umumiy madaniyatning bir qismi, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida toʻplangan inson jismoniy kamoloti sohasidagi moddiy va ma’naviy boyliklari majmuasidir.
Jismoniy rivojlanish- inson organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy sharoitda shakillanishi- tashqi koʻrinishi va harakat faoliyatining oʻzgarishi jarayonidir. Rivojlanishning oʻsib borishida uchta fazani ajratish mumkin: rivojlanish darajasining koʻtarilishi, nisbatan barqarorligi va inson jismoniy imkoniyatlarining asta-sekin pasayishi. eng joʻshqin rivojlanish maktabgacha va kichik maktab yoshiga toʻgʻri keladi hamda maktabda ta’lim olishning barcha davrlari mobaynida davom etadi. Jismoniy ta’lim oʻquvchilarning muayyan bilimlarni egallashi, jismoniy mashqlarni bajarishi va ularni hayotga tatbiq eta olishini koʻzda tutadi.Sport jismoniy rivojlanishni va insonning u bilan bogʻlangan boshqa sifatlari rivojlanish darajasini ta’minlaydi.
2.Ta’lim metodlari va usullari tasnifi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berishda ularning yosh xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda quyidagi metodlardan foydalaniladi.
1. Koʻrgazmali metod.
2. Ogʻzaki metod.
3. Amaliy metod.
4. Oʻyin metodi.
5. Musobaqa metodi. Koʻrgazmali metod bu hissiy idrok va harakat sezgilarining yorqinligini ta’minlaydi. Ular bolalarda sensor qobiliyatlari rivojlanishini faollashtiruvchi harakat haqida juda toʻliq va aniq tasavvurning hosil boʻlishi uchun zarurdir. Ogʻzaki metod bu metod bolalar ongiga yoʻnaltirilgan, ular oldiga qoʻyilgan vazifalarni tushunib olishga va mashqlar mazmuni va tuzilishini oʻzlashtirib olishda katta rol oʻynaydigan harakatli mashqlarni ongli ravishda bajarilishi, bu mashqlarni turli vaziyatlarda mustaqil qoʻllashga yordam beradi. Amaliy metod bolalarning amaliy harakat faoliyati bilan bogʻliq boʻlib, harakatlarni oʻz muskul motor sezgilarida toʻgʻri idrok etilishini amaldatekshirishni ta’minlaydi. Amaliy metodlar mashqlarni oʻyin shaklida, musobaqa elementlaridan foydalanish bilan xarakterlanadi.
Amaliy metodning xilma-xil turlaridan biri oʻyin metodidir. Oʻyin metodi bolalar bilan ishlashda samarali boʻlib, koʻrgazmali obraz va koʻrgazmali amaliy tafakkur elementlarini hisobga oladi. U turli harakat koʻnikmalarini, harakatlarning mustaqilligini, oʻzgaruvchan sharoitga nisbatan tezkor javob reaktsiyasini bir vaqtda takomillashuviga, ijodiy faollik koʻrsatishga imkon beradi. Musobaqa metodi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berishda u faqat pedagogik rahbarlik sharoitida qoʻllanilishi mumkin. Bu metoddan katta gruhlarda foydalanish mumkin. Usul metodning bir qismi, uni toʻldiruvchi va aniqlashtiruvchi qismidir.Koʻrgazmali metodga oid usullar Bolalarni harakatlarga oʻrgatishda koʻrgazmalilikning turli usullaridan foydalaniladi. Yaqqol koʻrish usullari harakat yoki ayrim xarakat elementlarining tarbiyachi tomonidan toʻgʻri va aniq namoyish etilishidan; tevarak-atrofdagi hayot koʻrinishlariga taqlid qilishdan; moduli toʻgʻri bosib oʻtishda moʻljal olishdan foydalanish; koʻrgazmali qoʻllanmalar, tele eshittirishlar, fotografiyalar, suratlar… foydalanishdan iboratdir.
Taktil mushak koʻrgazmaliligi bolalarning harakat faoliyatiga jismoniy tarbiya qoʻllanmalarini kiritish bilan ta’minlanadi. Masalan: tizzani baland koʻtarib yugurish koʻnikmasini hosil qilish maqsadida ketmaket qoʻyilgan yoy shaklidagi darvozachalar qoʻllaniladi. Yugurish paytida oyoqni bu toʻsiqlar osha koʻtarib oʻtish bolaning tizzani baland koʻtarish koʻnikmasini egallashiga yordam beradi. Yaqqol eshitish usullari harakatlarni ovoz orqali boshqarishga asoslanadi. Cholgʻu musiqasi va ashula eng yaxshi eshitish koʻrgazmasi hisoblanadi. Ular bolalarda estetik his va emotsiyaonal koʻtarinkilik uygʻotadi, harakat xarakterini belgilaydi, uning sur’ati va ritmini boshqaradi. Ogʻzaki metodga oid usullari. Harakatlarga oʻrgatishdagi ogʻzaki usullar quyidagilarda ifodalanadi:Bayon etish va tushuntirish .Sharhlash usuli Koʻrsatma berish usuli.
Suhbat usuli
3. Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining metodlari.
Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy ilmiy tadqiqot uslubiyatlari - nazariy tahlil va umumlashtirish, pedagogik kuzatish, eksperiment (tajriba) va matematik hisoblashdan iboratdir. Ilmiy tadqiqotda nazariy tahlil va umumlashtirish usuliyati Ma’lumki, nazariy tahlil va umumlashtirish adabiyot materiallarini toʻla tahlil qilish va umumlashtirishdan boshlanadi. Adabiyot materiallarini toʻliq oʻrganib chiqish juda qiyin. U har 4-5 yilda yana shunchadanga koʻpayadi. Bundan tashqari ilmiy jurnallardagi tadqiqotlar haqidagi maqolalar bir necha marotaba koʻpaymoqda. Bunda yordamchi ilmiy predmet - bibliografiya fani tadqiqotchining ishini yengillashtiradi. U nashr qilingan adabiyotlarni tartibga soladi va roʻyxatini tuzib chiqadi. Retrospektiv uslub orqali sistemaga solish ma’lum davr ichidagi mavjud adabiyotlarning ilmiy yoʻnalishi boʻyicha yangiliklarga qisqa izoh beradi. Bundan tashqari, tadqiqotchi bibliografik tavsifnomadan ham foydalaniladi. Tavsifnoma yangi chiqqan adabiyot uchun yozma ravishda yoki referat sifatida (ilmiy ish natijasini qisqartirgan holda) tayyorlaydi, unga izoh beradi.
Pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot usuliyati Tadqiqotchi qoʻllayotgan bu usuliyatning ijobiy tomoni shundaki, izlanuvchining oʻzi tadqiqotda aynan ishtirok etmaydi. Hayotdagi kuzatishdan farqli oʻlaroq, bu usuliyat kuzatish predmetini aniq oʻrganadi, kuzatilayotgan va undan aniqlangan dalillarni tezlik bilan hisobga oladigan tizimni ishlab chiqishi va uni izlanishda qoʻllashi oson kechadi. Maxsus bayonnomalar, yozuvdagi shartli ifodalagichlar va tadqiqotni osonlashtiradi. Barcha ilmiy kuzatishlar natijasi kuzatuvchi-ning shaxsiy qobiliyatigagina bogliq boʻlmasligi lozim, chunki oʻrganilayotgan dalillar, ularni natijalari koʻpchilikda turlicha fikr hosil boʻlishiga olib keladi. Bu usuliyatning qulay tomoni shundaki, bir vaqtni oʻzida bir necha kuzatuvchi bir ob’ektni kuzatishi va natijalarni solishtiriladi. Keng tarqalgan, aniq hisobga olish usuliyatlaridan biri xronometrlashdir. «Xrono»-vaqt, «metr» ulchov demakdir. Bunda harakatni bajarish uchun sarflangan vaqtga qarab natija tahlil qilinadi. Masalan, 800 metrga yugurishda har bir 100 metr uchun sarf boʻlgan vaqt yoki darsni, trenirovka mashgulotining boshidan oxirigacha zichlikni aniqlash maqsadida xronometrlash mashgulotning asosiy vaqtini samarasiga baho berish uchun foydalaniladi.
4. Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining rivojlanish tizimi.
Bolalar bogʻchasi va yaslidagi jismoniy tarbiya jarayoniga mudir rahbarlik qiladi. Jismoniy tarbiya ishini tarbiyachi olib boradi, u mashgʻulotlarni musiqachi, shifokor bilan birgalikda rejalashtiradi. Shifokor tarbiyachiga jismoniy mashqlarni tanlashga, ularning me’yorini aniqlashga yordam beradi.1-3 yoshgacha boʻlgan bolalar guruhlarida haftada 1 marotabadan, 3-7 yoshdagi bolalar guruhlarida haftada 3 marta jismoniy tarbiya mashgʻulotlari oʻtkaziladi. Yosh ortgan sari mashgʻulotlarning davomiyligi 10-45 daqiqagacha oshirilib borilaveradi. Mashgʻulotlar 4 qismdan - kirish, tayyorlov, asosiy, yakuniy qismlardan iborat boʻladi va ularning har birida aniq vazifalar hal qilinadi. Jismoniy mashqlar osonlashtirilib, harakatli va syujetli (Oʻrmonga sayohat va boshqa) shakllarda olib boriladi. Tarbiyachi oldin jismoniy mashqlarni tanlab, soʻngra syujet tanlaydi. Yurish, yugurish, toʻsiqlardan oshish, suzish va ochiq havoda boʻlish ob-havoga hamda jihozlarga qarab oʻtkaziladi.
Ertalabki gimnastika yasli va bogʻchalarda ertalabki ovqatlanishdan oldin, bolalar uylarida esa uyqudan turgandan keyin oʻtkaziladi. Yaslilarda 2 yoshgacha boʻlgan bolalar bilan ertalabki gimnastika individual yoki 5-10 kishiga boʻlingan guruhlarda, kattaroq yoshda esa bolalarning barchasi bilan birgalikda umumiy oʻtkaziladi. ertalabki gimnastika xilma-xil yurish, yugurish va turli mashqlar bajarish hamda sakrash bilan olib boriladi. Ayrim hollarda mashq syujetiga, ritmiga moslashtirilgan qoʻshiqlar bilan oʻtkaziladi. Tizimli oʻtkazilgan jismoniy mashqlar, asosan, bolalarning kuchini, egiluvchanligini mustahkamlaydi, nafas olish, qon aylanish va yurak-tomir tizimi ishlarini, organlardagi modda almashinuvi jarayonini yaxshilaydi. Bundan tashqari, ertalabki gimnastika uyushgan holda yaxshi kayfiyat bilan boshlansa, jismoniy mashqlarning ta’sir kuchi qomatni tutish va jismoniy mashqlarning sogʻliqqa foydasi haqidagi dastlabki elementar bilimlarning shakllanishiga olib keladi.
5. Jismoniy tarbiya vazifalari
Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalari mavjuddir.
1.Sogʻlomlashtirish vazifalari.
2.Ta’limiy vazifalar.
3. Tarbiyaviy vazifalar. Sogʻlomlashtirish vazifalari hayotni saqlash va sogʻliqni mustahkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, organizm funktsiyalarini takomillashtirish, chiniqish yoʻli bilan uning turli kasalliklarga nisbatan himoyalanish xususiyatlarini va chidamliligini, tashqi muhitning noqulay sharoitlariga (suv va havoning past va yuqori temperaturasi, quyosh nurining ta’siri) boʻlgan qarshiligini oshirish. Bundan tashqari bolalarning umumiy ish qobiliyatini oshirish ham muhimdir. Ta’limiy vazifalar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida quyidagi ta’limiy vazifalar hal etiladi: - harakat koʻnikma va malakalarini shakllantirish; - jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, koʻz bilan chamalash, kuchlilik, chidamlilikni oʻstirish; toʻgʻri qaddi-qomat,gigiena koʻnikmalarini tarbiyalash; - jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni oʻzlashtirish.Tarbiyaviy vazifalar jismoniy tarbiya jarayonida bolalarda kun tartibiga rioya qilish, jismoniy mashqlar bilan har kuni shugʻullanish ehtiyojini hosil qilish bu mashqlar bilan maktabgacha tarbiya muassasalarida va oilada mustaqil shugʻullanish malakalarini rivojlantirish, ularni oʻz tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar bilan oʻtkazish.
Jismoniy tarbiya bolalarning aqliy oʻsishiga yordam beradi, chunki nerv tizimi va boshqa organ hamda tizimlarning normal faoliyati uchun qulay sharoit yaratiladi, bu esa yaxshiroq idrok etish va eslab qolishga yordam beradi. Bolalarda barcha psixik jarayonlar (idrok, tafakkur, xotira, xayol) shuningdek tafakkur operatsiyalari (kuzatish, taqqoslash, analiz, sintez, umumlashtirish) rivojlanadi. Bolalarda ijobiy emotsiyalar, tetik, xushchaqchaq kayfiyatni tarbiyalash juda muhimdir, chunki ijobiy emotsiyalar barcha organlar va organizm tizimlarini ishiga yaxshi ta’sir qiladi. Jismoniy tarbiya estetik tarbiyani amalga oshirish uchun qulaylik yaratadi. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida estetik zavqni xis qilish va idrok etish, goʻzallikni,haraklarning ifodaliligini, qaddiqomatning nafisligini, kiyim-bosh, sport jihozlari, tevarak-atrofning goʻzalligini tushunish va toʻgʻri baholay olish qobiliyatini rivojlantirish;

Xulosa
Kichikroq o'quvchilar bilan jismoniy mashqlarni bajarishda ularning hissiy holatlarining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish juda muhimdir. Ular, qoida tariqasida, o'qituvchilarning topshiriqlarini osonlikcha va qiziqish bilan bajaradilar, ota-onalar odatda diqqatli, ijro etuvchi, tartibli, ayniqsa jismoniy mashqlar ularning harakat va o'yinlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirganda. Biroq, hissiyot kuchayganligi sababli, 6-10 yoshdagi bolalar ko'pincha haddan tashqari hayajonlanishadi. Shuning uchun, mashq paytida umumiy ijobiy hissiy fonni shakllantirish uchun ularni bolalarni quvontiradigan tarzda tashkil qilish muhimdir, lekin shu bilan birga ularni haddan tashqari ko'tarib yubormang. Bu erda kattalarning xulq-atvori katta ahamiyatga ega: ba'zi hollarda bir tekis va sokin ovoz etarli, boshqalarda tinch, xayrixoh bolaga bo'lgan munosabat.
Yosh o'quvchilar tez-tez sezgir va tezkor bo'lishadi. Shuning uchun, muvaffaqiyatsiz mashq bo'lgan taqdirda, keskin salbiy baholardan, haqoratli taqqoslashlardan qochish kerak. Salbiy baholash ularga tashvish, noaniqlik holatini, jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishni to'xtatish istagini keltirib chiqaradi.
Boshlang'ich maktab o'quvchilarining irodaviy fazilatlarini (intizom, ishonch, qat'iyatlilik, chidamlilik, qat'iyatlilik va boshqalarni) rivojlantirish uchun har bir alohida holatda ular uchun etarlicha qiyin bo'lgan, ongli ravishda irodali harakatlardan foydalanishni talab qiladigan mashqlar tanlanishi kerak, ammo bir vaqtning o'zida kirish mumkin. Chidab bo'lmaydigan mashqlarni bajarish talabi, aksincha, irodaviy fazilatlarning rivojlanishiga salbiy ta'sir qiladi, noaniqlik, qat'iyatsizlik, qo'rqoqlik rivojlanishiga hissa qo'shishi mumkin.
Maktab o'quvchilarining motorli fazilatlarini rivojlantirishda pedagogik ta'sir eng katta natijalarni beradigan davrlar mavjud. 7 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan davrda vosita qobiliyatining jadal o'sishi kuzatildi.Bu davrda o'qituvchilarning vazifasi vosita mahorati, ko'nikma va fazilatlarini shakllantirishdan iborat. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, vosita qobiliyatlarining eng muvaffaqiyatli rivojlanishi bola juda ko'p harakat qilganda, turli xil harakatlarni yaxshilaganda sodir bo'ladi.


Yüklə 264 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə