O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 152,94 Kb.
səhifə2/14
tarix14.06.2023
ölçüsü152,94 Kb.
#117096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Ahmedova Dilobar

I-bob: Yordamchi so'zlar.
Yordamchi so'zlar haqida ma'lumot
Mustaqil so'zlar orasidagi grammatik munosabatlarni ta'minlab, ular orasidagi modal ma'nolarni ifodalovchi lug'aviy ma'noga ega bo'lmagan so'zlar yordamchi so'zlar deyiladi.
Yordamchi so'zlar garchand mustaqil ma'no ifodalamasa-da, gapda turli grammatik munosabatlami shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ular so'zlarni o'zaro biriktirish, so'z va gaplarni bog'lash, so'z va gaplarga qo'shimcha ma'no berish vazifalarini bajaradi. Bajaradigan vazifasiga ko'ra yordamchi so'zlar quyidagicha: ko'makchilar, bog'lovchilar, yuklamalar
Ko'makchilar haqida ma'lumot Ot yoki otlashgan so'zdan keyin kelib, shu so'zni boshqa bir so'z bilan birikishini ta'minlaydigan yordamchi so'zlar ko'makchilar deyiladi.
Ko'makchi o'zidan oldin kelgan so'z bilan birgalikda fe'lga bog'lanadi.
Ko'makchili so'zning boshqa so'z bilan bog'lanishi boshqaruvli bog'lanishdir. Ko'makchilar o'zi bog'langan so'zning ma'nosini to'ldirib keladi va shu boisdan o'zi bog'langan so'z bilan birgalikda bir gap bo'lagi bo'lib qoladi.
Ko'makchilar lug'aviy ma'no ifodalamaydi, biroq grammatik ma'no bildiradi. Masalan, uchun sabab ma'nosini, tomon yo'nalish ma'nolarini anglatuvchi ko'makchilardir. Masalan, Samiev bu ishning muhimligini bilgani uchun telefon go'shagini ko'tarib, kerakli bo'lim bilan suhbatlashib topshiriq berdi. (T. Mai.)
7 Ko'makchilar ko'pincha kelishik qo'shimchalariga sinonim holda qo'llaniladi. Masalan, xat ruchka bilan yozildi. Xat ruchkada yozildi.'Kitobni o'zim uchun oldim. Kitobni o'zimga oldim. Ko'makchi aslida boshqa biror so'z turkumlaridan ko'makchiga aylangan so'zlardir. Ularning ayrimlari o'z mustaqil ma'nosini yo'qotib, ayrimlari mustaqil ma'nosini qisman saqlagan holda ko'makchiga o'tgan. Ko'makchilar mustaqil ma'nolarini yo'qotish xususiyati va qaysi so'z turkumlaridan o'tganligiga ko'ra quyidagicha:
1. Sof ko'makchilar.

Yüklə 152,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə