O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 152,94 Kb.
səhifə3/14
tarix14.06.2023
ölçüsü152,94 Kb.
#117096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Ahmedova Dilobar

2. Ot ko'makchilar.
3. Fe'l ko'makchilar.
4 Ko'makchi otlar
1. Sof ko'makchilar o'z lug'aviy ma'nolarini butunlay yo'qotib tamoman ko'makchiga aylangan so'zlardir: uchun, bilan, kabi, sayin, singari, sari, uzra, qadar, orqali, dovur kabi. Bu ko'makchilar boshqa so'zlar bilan birikib, turli grammatik munosabatlarni ifodalash uchun xizmat qiladi.
2. Ot ko'makchilar ot yoki ravishdan ko'makchiga siljigan so'zlardir: burun, ilgari, oldin, keyin, so'ng, tashqari kabi.
3. Fe'l ko'makchilar fe'lning ravishdosh va sifatdosh shakllaridan ko'makchiga o'tgan: qarab, ko'ra, yarasha, bo'ylab, qaraganda kabi.
4.Ko'makchilar kelishikdagi otlarni boshqa so'zga tomon boshqaradi. Ko'makchilarning kelishikdagi otlarni boshqarishi quyidagicha: bosh kelishikdagi 8 so'zni boshqaradigan ko'makchilar: bilan, uchun, kabi, singari, orqali, sari, bo'ylab, uzra;
b) jo'nalish kelishigidagi otni boshqaradigan ko'makchilar: tomon, qadar, dovur, qarab, qaraganda, ko'ra, yarasha;
c) chiqish kelishikdagi otni boshqaradigan ko'makchilar: birin, ilgari,oldin, keyin, so'ng, buyon, boshqa, tashqari. 5. Ko'makchi otlar. O'z lug'aviy ma'nosini qisman saqlagan bo'lib, ba'zi xususiyatlariga ko'ra ko'makchiga siljib qolganligi uchun ko'makchi vazifasida qo'llaniladigan otlar ko'makchi otlar deyiladi. Ko'makchi otlar o'zidan oldingi so'zlar bilan qaratqich qaralmish munosabati asosida birikib, butunlikni tashkil etadi. Quyidagi so'zlar ko'makchi otlardir: old, orqa, ket, o'rta, ich, opa, tag, ust, tepa, to'g'ri, yuza, haq, xusus, huzur. Ko'makchi otlar qaratqich, jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishiklari qo'shimchalarini olgan holda qo'llanadi. Masalan: Nizomjon nimalar bo’layotganiga tushunolmay, hamon supa oldida garang turardi. (S.A.) Balki u alam ustiga yolg'on gapirgandir, a ? (T. Mai.) Tushga yaqin yomg'ir tindi -yu, bulutlar orasidan ko'm-ko'k ocmon va issiq yoz oftobi ko'rindi. (P.Q.) Ular ma'no jihatdan quyidagicha:
1. Vertikal yo'nalishdagi o'rinni ifodalovchi ko'makchi otlar: ost, ust, tag, tepa.
2. Gorizontal yo'nalishdagi o'rinni ifodalovchi ko'makchi otlar: old, orqa, ort, ket, ora, o'rta, yon, uch, tashqari, huzur.
3. Fikrning nima haqida ekanligini ifodalovchi ko'makchi otiar: to'g'ri, xusus, yuza, 9 Bog'lovchilar haqida ma'lumot So'zlar va qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog'lash uchun qo'llaniladigan yordamchi so'zlar bog'lovchilar deyiladi. Bog'lovchi so'zlar va gaplar o'rtasidagi munosabatlarni ta'minlasa ham ular bilan birlashmaydi. Yakka holda ham biror so'zga qo'shilgan holda ham biror gap bo'lagi bo'lib kelmaydi. Bog'lovcllilar qo'llanishiga ko'ra ikki xil: 1. Yakka bog'lovchilar. 2. Takrorlanuvchi bog'lovchilar. Yakka bog'lovchilar: va, ham, hamda, ammo, lekin, biroq, chunki, balki, basharti, shuning uchun kabi. Takrorlanuvchi bog'lovchilar nutqda takror holda ishlatiladi: yo, yoki, goh, dam, ba'zan, bir, na (yo, yoki bog'lovchilari yakka holda ham ishlatiladi). Yo boshiga tushgan tashvish bilan bo'lib shogirdini chaqirgani yodidan ko'tarildimikan? (O.Yo.) Bog'lovchilar gap bo'laklari va gaplarni qay tarzda bog'lasliiga ko'ra ikki xil:
1. teng bog'lovchilar.
2. ergashtiruvchi bog'lovchilar.
3. Teng bog'lovchilar gap bo'laklari va gaplarni grammatik jihatdan tenglanish asosida munosabatlari bo'lmaydi. Teng bog'lovchilarning quyidagi turlari bor: birikiruvchi bog'lovchilari, zidlov bog'lovchilari, ayiruv bog'lovchilari, inkor bog'lovchisi. 10 Biriktiruv bog'lovchilari: va, ham, hamda. Bu bog'lovcliilar uyushiq bo'laklarni va gaplarni bog'laydi. Masalan. xayriyatki hukmdorlar oldida hayajonga tushish va ta'zim qilish odat tusiga kirib qolgan. (P.Q.) Bu bog'lovchilar o'rnida -da, -u, yu yuklamalari ham ishlatiladi. Haligi yigit boshini ko'tarib Saidiyga bir qaradi-da, yana o'z ishi bilan mashg'ul bo'ldi. (A.Q.) Zidlov bog'lovchilari: ammo, lekin, biroq. Bu bog'lovchilar mazmunan bir-biriga zid qo'yilgan gap va gap bo'laklarini bog'laydi. Tavba! Oradan shuncha yil o'tib ketibdi. lekin unutmabdi. (O'. U.) -u, -yu yuklamalari zidlov bog'lovchisi vazifasida qo'llaniladi. Qzroq mizg'ib olmoqchi bo'ldi-yu, tanasining zirqirab og'riganidan ko'z ilmadi.(S.A.) Ayiruv bog'lovchilari: yo, yoki, goh, dam, ba'zan, bir. Bu bog'lovchilar asosan takrorlangan holda qo'llanilib, gap bo'laklari va gaplarni bir-biridan ajratish hamda galmagal yuz beradigan voqea-hodisalarni ifodalovchi gaplarni bog'lash uchun qo'llaniladi. Saltanat gohi g'amgin kulimsirab goh xomush beg ‘ubor qizlik onlarini o'ylar edi.(0'.U.) Inkor bog'lovchisi: na. Bu bog'lovchi uyushiq bo'lak va gaplarni bo'lihsizlik, inkor mazmuni asosida bog'laydi. Uning qilayotgan ishlarini ko'rib na yaxshi, na yomon derdi. (S.A.) Ergashtiruvchi bog'lovchilar qo'shma-gap tarkibidagi sodda gaplarni bog'lash uchun ishlatiladi: agar, basharti, chunki, go'yo, go'yoki, garchi, toki, shuning uchun, —ki , (- kim).
11 Bu bog'lovchilar qo'shma gap tarkibidagi gaplarni tobelash asosida bog'laydi. Ergashtiruvchi bog'lovchilar gaplarni mazmunan bog'lashiga ko'ra quyidagicha: aniqlov bog'lovchisi, sabab bog'lovchilari, maqsad bog'lovchisi, chog'ishtiruv bog'lovchilari, shart va to'siqsizlik bog'lovchilari: Aniqlov bog'lovchisi. -ki (-kim). Bu bog'lovchi eng ko'p qo'llaniliadi.Aniqlov bog'lovchisi deyarli ergashgan qo'shma gaplarning har xil turlarini o'zaro bog'lab, gapning biror bo'lagini izohlab, aniqlash uchun ishlatiladi. Oradan ikki oy o'tdi hamki inspektor chiqmadi. (A.Q.) Sabab bog'lovchilari: chunki, shuning uchun, negaki. Bu bog'lovchilar ergashgan qo'shma gap tarkibidagi asosiy fikrning yuzaga kelishidagi sababni ifodalash uchun ishlatiladi. Nega yaxshi ishlamaydi! Chunki yaxshi savodli, siyosiy bilimli muxbirlar kam. (A. Q.) Maqsad bog'lovchisi: toki.
Bu bog'lovchi maqsad ma'nosini ifodalovchi ergashgan qo'shma gaplarni bog'lash uchun ishlatiladi. Chog'ishtiruv bog'lochilari: go'yo, go'yoki.
Bu bog'lovchilar voqea -hodisalarni, narsa-predmetlarni o'xshatish uchun ishlatiladi. O'xshatish ergash gapli qo'shma gaplarni bog'lashda qo'llaniladi. "Bog'i maydon" darvozasiga yetganda go'yo yer yutganday yo'q bo'ldi-qoldi:(O.Yo.) Bu bog'lovchi ko'pincha voqea- hodisaning noaniqligini, gumonligini ifodalashda ham qo'llaniladi. Go'yo Shohrah Mirzo Samarqandga tashrif buyurganida mashhur bir temirchiga qilich buyurgan. temirchi esa qilich yasashdan bosh tortgan.(O.Yo.) Shart va to'siqsizlik bog'Iovchilari: agar, agarda, garchi , basharti, Bti bog'lovchilar yuzaga chiqishi shart bo'lgan voqea- hodisalarning muayyan fikrga zidligini, ammo uning yuzaga chiqishiga to'siq bo'la olmasligini ifodalaydi. 12 Shart va to'siqsizlik bog'Iovchilari shart va to'siqsiz ergash gaplarni o'zaro bog'laydi. O‘zbek tili ta’limi bo‘yicha
Avgust kengashlari sho‘ba yig‘ilishlarida belgilangan mavzular mazmuniga “Mustahkam oila yili” davlat dasturi vazifalariga hamohang tushunchalarni singdirish, bu borada ommaviy axborot vositalari, internet materiallaridan o‘rinli va unumli foydalanish, o‘zbek tili ta’limiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha to‘plangan tajribalarni o‘rganish, tajriba-tadqiqot maydonlarida olib borilgan tajribasinov ishlari natijalari, yutuq va kamchiliklar, fan olimpiadalari, bilimlar bellashuvi, fan oyliklarining ta’lim samaradorligini oshirishdagi roli, aniqlangan kamchiliklar, o‘zbek tili darslarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, elektron darsliklar bilan ishlash, yangilangan “O‘zbek tili” darsliklari bo‘yicha ishlashning yillik yakunlari, natijalari (5-sinf darsligi misolida) kabi masalalar yuzasidan amaliyotchilarning fikr-mulohazalari umumlashtirilib, tavsiyalar ishlab chiqilishi, kelgusi rejalar belgilab olinishi maqsadga muvofiq. Barcha fanlarda bo‘lgani kabi o‘zbek tili ta’limida ham mashg‘ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida yaratilgan o‘quv-metodik adabiyotlarning ahamiyati katta. Shu maqsadda 3-, 4-, 5-sinf «O‘zbek tili» darsliklari qayta ishlanib takomillashtirildi.
2011-2012-o‘quv yilida o‘zbek tili fanidan 2-sinf uchun A.Rafiev rahbarligidagi mualliflar guruhi tomonidan yaratilgan «O‘zbek tili» darsligi tanlov asosida yangidan yaratildi. Mazkur darslikka kiritilgan quyidagi o‘zgarishlarni amaliyotchi o‘qi- 13 tuvchilarga yetkazish tavsiya etiladi.
 ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan sinf o‘quvchilarini lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosiga o‘rgatish maqsadida 1-2 chorakda asosan harflarni yozish va o‘qishga o‘rgatish, bo‘g‘inlarni qo‘shib o‘qish va o‘rganilgan harflar ishtirokidagi so‘zlarni o‘zlashtirishga asosiy e’tibor qaratildi;
 3-chorakdan boshlab to‘g‘ri o‘qish va talaffuz qilish, so‘z birikmasi va qisqa jumlalarni tuzish, to‘g‘ri ko‘chirib yozish, ixcham matnlarni o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish nazarda tutildi;
 yangilangan darslikda nutqiy mavzularning berilishida ketma-ketlik ta’minlandi, “Mening xonam”, “Hayvonot bog‘ida”, “Kim bo‘lsam ekan?” mavzulari 3-, 4-sinflarga o‘tkazilgani sababli o‘rniga “Hafta kunlari”, “Kitob”, “Qiziqarli harakatli o‘yinlar” mavzulari bo‘yicha materiallar kiritildi. Darslikning uslubiy qo‘llanmasi sifatida taqdim etilgan «O‘qituvchi kitobi»da darsni interfaol usullarda tashkil etishga oid ta’limiy o‘yinlar, so‘z boyligini oshirishga qaratilgan grammatik o‘yinlar orqali yozish va o‘qishni o‘rgatish ko‘zda tutilgan. Darslarda samaradorlikka erishish uchun darslarning ta’limiy, tarbiyaviy maqsadlari, ularning taqsimlanishi bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilgan, har bir mavzu bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnologilardan foydalanishga qaratilgan dars ishlanmalari tavsiya etilgan. 14 2012-2013-o‘quv yilida 2-, 3-, 4-, 5-, 9-sinflarda A.Rafiev rahbarligidagi mualliflar guruhi tomonidan yaratilgan, 6-, 7-sinflarda R.Tolipova rahbarligida, 8-sinfda H.Muhiddinova rahbarligida yaratilgan darsliklardan foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek, fan oyliklarini samarali tashkil etish, «Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi» ko‘rik-tanlovi ishtirokchilarining hududlarda o‘z tajribatayanch maktablarini yaratishlariga e’tibor qaratish, bundan keyingi faoliyatlari uchun aniq vazifalarni belgilab olishlari ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Ya’ni:
 har bir amaliyotchi o‘z sohaviy bilimi va kasbiy mahoratini muntazam oshirib borishi;
 o‘zbek tili ta’limining xususiyatidan kelib chiqqan holda ta’limning ilg‘or texnologiyalarini jarayonga tatbiq etish va o‘qitishning sifatsamaradorligini oshirishga erishish;
 ustoz-shogird an’anasini rivojlantirish;
 o‘zaro tajriba almashish, ochiq darslarni tizimli tashkil etish, dars jarayonida qo‘llaydigan usullarni amaliyotchilarga o‘rgatishi, maktab fan metodbirlashmalari faoliyati samaradorligini oshirish;
 fan to‘garaklari faoliyatini izchil yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash va h.k. 15 Dars murakkab jarayon bo‘lib, uning samaradorligi o‘quvchilarning faolligiga ham bog‘liq. O‘quvchilarni faollashtirish uchun esa pedagogik texnologiyalarning ilg‘or usullaridan o‘yin, bahs, suhbat, viktorina, musobaqa, sayohat, seminar, konferensiya, davra suhbati, rolli o‘yinlarini qo‘llash, kitob bilan ishlash va amaliy mashqlarga ko‘proq vaqt ajratish lozim. Bunda o‘quvchilarga bir-birlarining fikrini to‘ldirishga imkoniyat berish, o‘quvchi fikrini bilishga harakat qilish, mashg‘ulotlarni o‘quvchilarning imloviy va punktuatsion malakalarini puxta shakllantirishga yo‘naltirilish, matn bilan ishlash, shu asosda mustaqil matn tuzdirish, mashqlarga ko‘proq e’tibor qaratish kerak bo‘ladi. Zamonaviy pedagogik texnologiya o‘quv maqsadini aniqlash va ta’lim jarayonini loyihalashda quyidagilar ko‘zda tutiladi:
1. o‘quvchining faolligini oshirish, hamkorlikka chorlash;
2. o‘quv materiallarini mustaqil mutolaa qilish ko‘nikma va malakasini shakllantirish;
3. o‘quvchini o‘z fikrini bayon qila olish, himoyalash, isbotlay olishga odatlantirish. Shuningdek, o‘zbek tili darslarida audiomatnlardan foydalanish ham ijobiy natija beradi. Audiomatnlarni tinglash rusiyzabon o‘quvchilarda ifodali o‘qish va so‘zlash madaniyatini shakllantiradi. Ular og‘zaki nutq qoidalariga amal qilish, dialogik va monologik nutqdan foydalanish, urg‘uni o‘z o‘rnida qo‘llash kabi malakalarni egallab boradilar. Shu bois 16 yozib olingan audiomatnlar grammatik jihatdan ham, badiiy va mavzuni qamrab olish jihatidan ham, tarbiyaviy tomondan ham yuksak saviyada bo‘lishi, matnlarni o‘qishga eng yaxshi talaffuz va ovozga ega mutaxassislar jalb qilinishi yaxshi samara beradi, bu o‘quvchida katta qiziqish va emotsional zavq uyg‘otadi. O‘quvchilarning faolligini oshirishning muhim omillaridan yana biri mavzuga mos keladigan videolavhalarni tanlay bilishdir. Videolavhalar darslik materialiga to‘la muvofiq kelishi lozim. Ularning qulaylik tomoni shundaki, nutq o‘stirishda, matn tuzishda namoyish etilayotgan material yuzasidan o‘quvchilarda keng tushunchalar hosil qiladi. Til o‘rgatishda yana elektron darsliklardan foydalanishning ham o‘ziga xos xususiyatlariga alohida e’tibor berish lozim. Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarning 8-sinflari uchun “Info Media Technologies”, 9- sinf uchun “Extremum press nashriyoti tomonidan “O‘zbek tili” elektron darsliklari yaratilgan. Elektron darsliklarning tarkibi quyidagicha: 1. Nazariya: (darslik mazmuni).
2. Test va mashqlar.
3. Ko‘rgazmali materiallar: video, animatsiy
a, didaktik materiallar, fotorasmlar.
4. Optimallashgan mavzular: darslardan namunalar, grammatik qoidalar, testlar. ‘5. To‘ldiruvchi materiallar: fonoteka, interaktiv topshiriqlar, dialog, kutubxona, lug‘at. Darsliklardagi 22ta nutqiy mavzulardan “Ona yurt manzaralari”, “O‘zbekiston sporti”, “Vatan himoyasi”, “Buyuk ajdodlarimiz”, “O‘lkamizga Navro‘z keldi”, “Yurtim manzaralari”, shuningdek, darslikdagi “Buyuk ipak yo‘li”, “Oltin kuz”, “Ali Qushchi”, “O‘zbek polvonim” matnlari bo‘yicha hamda qo‘shimcha “Fasllar”, “O‘tgan kunlar” mavzulari asosida videofilmlar kiritilgan. Animatsiyada: darslikdagi “Buloq”, “Til bilgan el biladi”, “Guldursun”, “Go‘zal”, “Oftob ona”, “Onaga mehr” mavzularidagi matnlarga ovoz berilgan bo‘lib, she’r va matnlar ifodali o‘qib eshittirilgan.
Didaktik materiallarda: darslikdagi grammatik bilimlardan ko‘makchilar, juft so‘zlar, yuklamalar, bog‘lovchilar, takroriy so‘zlar bo‘yicha jadvallar ishlangan. Fotorasmlarda: “Tarixiy shaharlar”, “Bolalar kelajagimiz”, “Muzeylar”, “Umumxalq bayramlari”, “Ishlab chiqarish”, “Kasblar”, “Sport olami”, “Milliy kiyimlar” mavzularida qo‘shimcha fotorasmlar berilgan. To‘ldiruvchi materiallarda: darslikdagi barcha nutqiy mavzular bo‘yicha lug‘atlar kiritilgan. Darslik materiallari mazmunidan kelib chiqib tuzilgan test topshiriqlari 18 maxsus dastur asosida joylashtirilgan bo‘lib, ular o‘quvchining mustaqil ishlashi uchun yordamchi vosita vazifasini o‘taydi. Mazkur darsliklar ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarning axborot-resurs markazi va kutubxonalarida, informatika xonasida saqlanadi. Elektron darsliklar bilan ishlash yuzasidan Respublika ta’lim markazi metodik tavsiyalar ishlab chiqqan.
Amaliyotchi o‘qituvchilar elektron darsliklar mazmuni bilan to‘liq tanishib chiqqanlaridan so‘ng, dastlab biron bir mavzuni tanlab, darsni shu xonada tashkil etishi, o‘quvchilarni elektron darslik mazmuni, uni qo‘llash tartibi bilan tanishtirishi va tanlangan mavzu bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazishi, keyingi darslarda o‘quvchilar uyga vazifa tarzida berilgan topshiriqlarni elektron darsliklar yordamida mustaqil bajarishlari kerakligini tushuntirishi lozim. Jumladan, “O‘zbek olimlari” (3-4-dars) mavzusidagi mashg‘ulot tashkil etib bo‘lingach, o‘quvchilarga mustaqil ishlashlari uchun (uyga vazifa sifatida) quyidagi topshiriqlarni berish mumkin. 1-topshiriq. Elektron darslikning fonoteka sahifasidagi “Kitob o‘qishning hikmati” matnining audio variantini tinglash, matn mazmunini tushunish, shu asosda o‘z fikrini bildirish. O‘zbek olimlarining ro‘yxatini tuzish. Ulardan birini ta’riflash.
2-topshiriq. Optimallashgan materiallarning grammatik bilimlar sahifasidagi “Sodda gap. Yoyiq va yig‘iq gaplar”ning qoidasini o‘qish, misollar keltirish. Berilgan topshiriqlarning o‘quvchilar tomonidan qay tarzda bajarilganini 19 aniqlash maqsadida o‘qituvchi keyingi darsda audio matnning mazmunini so‘zlatishi, darslikdagi “Olim kim?”, “Inson qadri bilimda” matnlarini og‘zaki va yozma tarzda bajartirishi, o‘quvchilarning fikrlarini qo‘shimcha ma’lumotlar bilan boyitishi talab etiladi. Bunda bir o‘quvchining fikri ikkinchi o‘quvchi tomonidan to‘ldirilishi, e’tibordan chetda qolgan jihatlarni o‘qituvchi umumlashtirib tushuntirishi va mavzu bo‘yicha qo‘- shimcha ma’lumotlar bilan boyitishi mumkin. O‘zbek tili ta’limi bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishlarida muhokama uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
 O‘zbek tili darslarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish.  Mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni matn bilan ishlash, mustaqil matn yaratishga o‘rgatish.
 O‘zbek tili darslarida bahs-munozara tashkil qilish usullari.
 O‘zbek tili ta’limi bo‘yicha sinfdan tashqari tadbirlarni tashkil etish.
 O‘zbek tili darslarida internet materiallaridan foydalanish.
 O‘quvchilar ongiga yaxshilik, mehr-saxovat, o‘zaro yordam kabi ma’naviy qadriyatlarni singdirish vositalari.
 O‘zbek tili darslarida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq 20 madaniyatini o‘stirish yo‘llari.
 Tajriba-tadqiqot maydonlarida olib borilgan tajriba-sinov ishlari natijalari, muammo va yechimlar.
 Ko‘rsatmalilik – tilga qiziqtirish omili.
 Fikrni yozma bayon qilish orqali savodxonlikka erishish.



Yüklə 152,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə