O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Ko’makchilarning shakliy xususiyatiga ko’ra turlari



Yüklə 152,94 Kb.
səhifə5/14
tarix14.06.2023
ölçüsü152,94 Kb.
#117096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Ahmedova Dilobar

Ko’makchilarning shakliy xususiyatiga ko’ra turlari.
Ko’makchilar shakliy va bajaradigan vazifasi jihatidan quyidagi turlarga bo’linadi:
a) sof ko’makchilar;
b) yarim ko’makchilar;
d) qo’shimchasimon ko’makchilar.
Nutqimizda tez-tez ishlatiladigan uchun, bilan, sari, qadar, kabi, singari, sayin, orqali so’zlari sof ko’makchilar bo’lib, ular tobe so’zni hokim so’zga bog’lashga xizmat qiladi. Sof ko’makchilar boshqa so’zlarga birikkan holda turli munosabatlarni anglatadi. Jumladan, bilan ko’makchisi o’zbek tilida asosan ko’makchi, ba’zan bog’lovchi vazifasida ishlatiladi. Shuning uchun bu ko’makchi turi bugungi kunda yordamchi so’zlardan birining o’rnida ikkinchisi qo’llanilishi nuqtayi nazaridan ko’makchi-bog’lovchi atamasi ostida ham o’rganilmoqda. Bilan yordam-chisining etimоlogiyasi haqida prof.A.N. Kononov, V.V.Radlov, J.Deni kabi qator turkiyshunoslarning fikrlarini e’tiborga olib, uning birlan so’zidan kelib chiqqanini aytgan. Bilan yor-damchisining birla, birlan, bila, ila, -la shakllari vazn, qofiya va uslub talabiga ko’ra ko’proq poeziyada uchraydi. Chunonchi, Baxt ila to’lib-toshgan go’zal oy 24 deraza tagida o’sgan daraxt barglarida mudrab yotadi. (R.Tag.) Bu ko’makchi quyidagi ma’nolarni bildiradi:
1) biror harakatning bajarilishida shaxs, predmetlarning birgaligini bildiradi: Ko’pchilik bilan odam o’zini kuchli sezadi.
2) harakatni bajarishda vosita ma’nosini bildiradi: Shu gapning ustiga Ismat bobo hassasi bilan eshikni ochib kirib keldi. (P.Qod.)
3) payt ma’nosini ifodalaydi: Qo’ng’iroq chalinishi bilan o’qituvchi sinfga kirdi.
4) sabab ma’nosini bildiradi: Ular: ”Gulnor o’z ajali bilan o’ldi… ”, -deyishdi. (Oyb.)
5) harakatning bajarilishidagi holatni ifodalaydi: Onamning mehr bilan boqib turgan ko’zlarini bir umr unuta olmasam kerak. (Oyb.) Bilan ko’makchisi keng tarqalgan yordamchi so’zdir. Uning bog’lovchilik, ko’makchilik tabiati olimlarimiz orasida tortishuvlarning bo’lishiga sabab bo’lgan. Shu bоisdan “… va, bilan, hamda, shuningdek so’zlari hozirgi o’zbek adabiy tilida teng bog’lovchilarning biriktiruv bog’lovchilari turiga kiradi” degan fikr ham ilgari surilgan. Ammo bu o’rinda shuni qayd etish kerakki, bog’lovchi vazifasidagi bilan ning va, ham biriktiruv bog’lovchilaridan farqlanadigan o’ziga xos xususiyatlari bor: - «birgalik» ma’nosi bilan yordamchisi uchun хоs: Chodir sahnasidan bir qiz bilan yigit chiqib o’yin qildi (M.Ism.). Ushbu misoldagi bilan o’rnida va ni qo’llasak, yuqoridagi ma’no kelib chiqmaydi, balki qiz bilan yigitning alohida–alohida o’ynagani ma’nosi ifodalanadi. - va, ham bog’lovchilari uyushib kelgan fe’l kesimlarni bog’laydi, ammo bilan da bu imkoniyat chegaralangan. Qiyoslang: Lola ishlaydi va o’qiydi. Lola ishlaydi ham o’qiydi.
Ammo Lola ishlaydi bilan o’qiydi tarzidagi gap nutqda ishlatilmaydi. Bilan ning grammatik vazifasi bog’lovchi va ko’makchi vazifasida kela olishidir; shunga ko’ra, bilan boshqa ko’makchilardan farqlanadi. Shuning uchun bilan ko’makchisini ko’makchi–bоg’lovchi termini bilan ataganimizda uning barcha xususiyatlari namoyon bo’ladi. Bu ko’makchi turi gapda vosita ma’nosini bildirganda to’ldiruvchi, sabab, payt, harakatning bajarilish tarzini bildirganda hol vazifalarida keladi. Uchun ko’makchisi atalganlik (Yo’lchi uchun keltirgan tugunchak yodiga tushdi (Oyb.)), maqsad (Hamma xalq ochdan o’lmaslik uchun bir amal–taqal qilib turibdi (Oyb.)), sabab (Kampirning ahmoqligi yo dushmaningizning ig’vosi uchun shundoq deyishga qandoq tilingiz bordi? (A. Qah.)) evaz (E’tibоringiz uchun rahmat) kabi ma’nolarda qo’llanilib, to’ldiruvchi, maqsad, sabab holi vazifalarida keladi. Kabi, singari yanglig’ ko’makchilari bir narsani boshqa narsaga o’xshatish, chog’ishtirish ma’nosini anglatadi. Masalan, Ukam men kabi bechora… g’am chekib yotgandir (Oyb.). Kabi, singari ko’makchilari bilan -dek, -day qo’shimchalarining ma’nodoshlik xususiyati tilshunoslarimiz tomonidan qayd etilgan. Formal tilshunoslikda bu affikslar ravish yasovchi qo’shimchalar sifatida berilgan. -dek, -day affikslari orqali yasalgan ravishlar harakat va holatning yasash asosida ifodalangan narsa yoki belgi-xususiyat bilan o’xshashligini, qiyoslashni bildiradi: tog’-dek, ot-dek, lochin-day, qadimgi-day, ilgarigi-dek, avvalgi-dek, burungi-day, gulday kabi. Qalandarovertasiga kundagiday saharda idoraga chiqdi (A.Qah.). U go’yo tug’ilib o’sgan qishlog’ini ko’rmoqchiday boshini ko’tarib hayajon va sog’inch bilan uzoqlarga tikildi (Oyb.) Bu o’rinda ham til hodisalarini izohlashda zo’rma-zo’rakilik yuzaga kelgan. Natijada nutqimizda tez-tez ishlatiladigan ushbu qo’shimchalar noto’g’ri talqin etilgan. Buni quyidagi oddiy qiyosda ko’rish mumkin: 25 -dek, -day (qo’shimchasimon ko’makchi) kabi (singari, yangli g’) (sof ko’makchi)
1.Oydek go’zal qiz.
2.Tog’dek yuksak.
3.Lochinday dadil.
4.Ilgarigidek qadrdon bo’lib ketishgan.
5.Gulday ochilib menga bir bor qaramaysiz Oy kabi go’zal qiz. Tog’ kabi yuksak. Lochin singari dadil. Ilgarigi kabi qadrdon bo’lib ketishgan. Gul yanglig’ ochilib bizga bir bor qaramaysiz. Bu ko’rinish, asosan, hozir ko’tarinki uslubda, she’riyatda qo’llaniladi:
1. Oydayin ruxsoringga zoru intizorman o’zim.
2. Zihi sarv ustida yuzung qamardayin, Qani bir shoxi gul sen siymbardayin. («Muhabbatnoma») -day ko’makchisi shunday, bunday, qanday, unday, allaqanday kabi olmoshlar; jinday, qittay, arziguday, aytganday, jo’jabirday, o’lguday, dovongirday kabi ravishlar tarkibida yaxlitlanib, qotib, o’zakdan ajralmaydigan bo’lib qolgan. Qadar, dovur ko’makchilari hokim bo’lakka tobelanish munosabatini yaratar ekan, bunda o’rin, payt ma’nolarini ifodalaydi. Qadar ko’makchisi -ga qo’shimchali ot va olmoshlar bilan qo’llanib, «chegara», «nihoya» ma’nolarini bildiradi: Tantanali yig’ilish boshlangunga qadar askiya, o’yin-kulgi davom etdi. (Oyb.) Qadar ga ma’nodosh qo’shimchasimon ko’makchi sifatida -cha qo’shimchasining to’g’ri kelishi ilmiy adabiyotlarda qayd etilgan: Mehmonlar kechga qadar o’tirishdi  Mehmonlar kechgacha o’tirishdi.

Yüklə 152,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə