O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


II Bob.Yordamchi so’zlarning umumiy xususiy belgilari



Yüklə 152,94 Kb.
səhifə4/14
tarix14.06.2023
ölçüsü152,94 Kb.
#117096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Ahmedova Dilobar

II Bob.Yordamchi so’zlarning umumiy xususiy belgilari
1.1. Umumiy belgilari.
1.2. Yordamchi so‘zlar. Ko‘makchi
1. Yordamchi so‘zlar va ularning turlari
2. Ko‘makchi, uning o‘rganilish tarixi, xususiyatlari, tiplari va turlari.
3. Ko‘makchi lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi.
Leksemalarning ma’noviy tasnifidagi “ma’noviy nomustaqillik” tushunchasi. Barchaga ma’lumki, leksik sath birliklari ikki katta guruhga bo’linadi: mustaqil so’zlar va yordamchi so’zlar. Bular orasidagi zidlanishni ma’noviy va vazifaviy nomustaqillik tashkil etadi. Bu ziddiyat belgisiga ko’ra yordamchi so’zlar belgili, mustaqil so’zlar esa belgisiz a’zo mavqeini egallaydi. Yordamchi so’zlar hech qachon mustaqil qo’llanmaydi, bog’liq qurshovlardagina kela oladi. Mustaqil so’zlar esa mustaqil qo’llanilish va ma’no ifodalash qobiliyatiga egadir. Leksemalarning ma’noviy tasnifida ilk bosqich belgisi “ma’noviy mustaqillik” emas, “ma’noviy nomustaqillik” bo’lishining sababi mustaqil leksemalarning bu belgiga nisbatan betarafligidir. Chunonchi, katta guruhni tashkil etuvchi atoqli otlar (Temir, Anor, Gavhar) guruhida, mavhum otlarda mustaqil ma’noning mavjudligi kishini shubhaga soladi. Mustaqil so’zlarda “ma’noviy mustaqillik” belgisi shartlidir. Assimilyatsiya tilshunos-likda boshqacha, biologiyada esa tamoman o’zgacha talqin etiladi. Loy adabiy tilda boshqacha, otarchilar nutqida esa boshqacha izohlanadi. Shunga o’xshash hodisalarni sifat, fe’l, ravishlar ichida ham ko’plab uchratish mumkin. Bularning barchasi “ma’noviy mustaqillik” belgisi mustaqil leksemalarda nisbiy tushuncha, nisbiy belgi ekanligini ko’rsatadi. Mana shuning uchun leksemalarning ma’noviy tasnifida ilk bosqichning belgisi “ma’noviy mustaqillik” emas, balki “ma’noviy nomustaqillik” bo’la oladi. Ushbu belgi asosidagi ziddiyatda ko’makchi, bog’lovchi, yuklamalar kuchli (belgili) a’zoni tashkil etadi. Sof ko’makchi, sof bog’lovchi, sof yuklamalar hech qachon mustaqil ma’noli so’zlar xususiyatiga ega bo’la olmaganligi tufayli ularning guruhiga o’ta olmaydi. Yordamchi so’zlarning “oraliq uchinchi” tabiatiga egaligi. Tilshunoslikda yordamchi so’zlarning leksemalar va qo’shimchalar orasida “oraliq uchinchi” bo’lib, ham leksemalar, ham grammatik morfemalar xususiyatini o’zida mujassamlash-tirishi aniqlangan. Ular shaklan leksema, mazmunan qo’shim-chadir ( qiyos: Kitobni akamga/akam uchun oldim.) Shu tufayli bo’lsa kerak, til tizimida yordamchi so’zlarning o’rni turlicha baholanadi  ayrim olimlar ularni qo’shimchalarga, ayrimlari nutq bo’lakchalariga, ba’zilarini yordamchi so’zlarga nisbat beradilar. Yordamchi so’zlarning so’zmi, qo’shimchami yoki mustaqil so’zlarning yordamchi so’zlar bilan bog’lanishi so’z birikmasimi ekanligi hanuzgacha munozara mavzui bo’lib qolmoqda. Chunki yordamchi so’zlar guruhi ichida shunday birliklar borki, ular ham “ma’noviy mustaqillik”, ham “ma’noviy nomustaqillik” xususi-yatiga ega (ot+ko’makchilar, yordamchi va ko’makchi fe’llar). Chunonchi, “tortib” mustaqil so’z sifatida ravishdosh kabi qo’llaniladi: Baliq qarmoqni bir tortib, qochib ketdi. Shu so’z Farhod tog’idan tortib Shirin yayloviga qadar Sirdaryo bo’ylab tizilib ketgan etmish ming xalq bu sovuqlarni pisand qilmaydi (Oyd.) gapida yordamchi so’z vazifasida kelgan.
Tortib mustaqil va yordamchi ma’nolarga ega bo’lishiga qaramay, mustaqil leksemalar tipiga kiradi. Uchun, sayin, uzra, kabi, va ga o’xshagan yordamchi so’zlar aniq bir tushunchani ifodalay olmaydi, ammo turli munosabatlarni yuzaga chiqarib va ular yordamchi so’zlar guruhidan joy oladi. Yuqoridagilardan anglashiladiki, “alohida qo’llanila olish yordamchi leksemalarni mustaqil leksemalar bilan yaqinlashtirsa, turli-tuman munosabatlarni ifodalash kabi umum-lashgan ma’no ularni morfemalarga, qo’shimchalarga yaqin-lashtiradi va leksemalar va morfemalar ziddiyatida “oraliq uchinchi” vazifasida keladi.
22 Yordamchilarni so’zlarga quyidagilar yaqinlashtiradi: a) shaklan alohida ajralib turish; b)lug’aviy ma’noning mavjudligi (sifat ko’makchilar, ot ko’makchilar, fe’l ko’makchilarda…); v)ko’pincha ularning mustaqil so’zlarga yaqinlashishi, ulardan kelib chiqishi. Yordamchi so’zlarning grammatik morfemalarga o’xshash tomoni ularning morfemalar kabi mustaqil nominativ funksiya bajarmasligi (ammo, va, sayin, kabi), qo’shimchasimon shaklda bo’lishi (-u, - yu, -da; -ki (-kim); -dek (-day), -cha) va boshqalar. Biroq yordamchi so’zlarning grammatik morfemalardan farqli tomoni shundaki: 1) ular gap bo’lagi, so’z birikmasi, gap sathida sintaktik xarakterdagi vazifa bajaradi. Bu xususiyat ko’makchilar uchun xos. Chunonchi,
1. Yaxshi bilan yursang etarsan murodga, YOmon bilan yursang qolarsan uyatga (Maq.)
2. To’lqinlarning kuchli na’rasi, Yulduzlarga qadar etardi. (Uyg’.)
2) gap bo’laklari yoki gaplarni o’zaro bog’laydi. Bunday funksiyada, asosan, bog’lovchilar va yuklamalar keladi:
1. Xonaga baland bo’yli, biroq oriqqina yigit salom berib kirdi. (S.A)
2.Saida bu gapni aytdi-yu, chiqib ketdi. (S.Ahm.)
3) so’roq, inkor va sh.k. gap ma’nolarini ifodalashga xizmat qiladi (yuklamalar). YOrdamchi so’zlar mustaqil so’zlar va so’z-gaplar оralig’ida «оraliq uchinchi» maqоmini оladi. O’z navbatida, yordamchi so’zlar ham o’z ichida umumiy bеlgilariga ko’ra оraliq uchinchini ajratib chiqaradi. Ya’ni bоg’lоvchilarda bоg’lash, yuklamalarda gap mundarijasiga ta’sir qilish mоhiyatni bеlgilash darajasida bo’lsa, ko’makchilarda sanalgan har ikki bеlgi mushtarakdir. Bu ularning «оraliq uchinchi»lik mavqеini ko’rsatadi. Yordamchi so’zlarning shakliy xususiyatlariga ko’ra turlari. Yordamchi so’zlar shakliy хususiyatariga ko’ra:
a) qo’shimchasimon yordamchi so’zlar;
b) sof yordamchi so’zlar; v) nisbiy yordamchi so’zlar. Qo’shimchasimon yordamchi so’zlar har uchala yordamchi so’zlar tarkibida uchraydi. Ko’makchilar orasida -dek/-day,-cha, bog’lovchilar orasida –ki/-kim; -u, -yu,-da affikssimon yuklama - bog’lovchilar, yuklamalar orasida -mi, -chi, -a, -ya, -ku,-o q (-yo q), -da, -gina kabi qo’shimchaga o’xshash yordamchi so’zlarni uchratish mumkin. Qo’shimchasimon yordamchi so’zlar shaklan qo’shimchaga o’xshaydi, ammo yordamchi so’zlarning vazifasini bajaradi. Chunonchi,
1.Po’latdek (kabi) dadil bir yigit bu ishdan hayiqsa, uyat bo’ladi. (O.Muх.)
2.Shu payt o’g’ilchasi eshikdan yugurib keldi-da (va), dadasining quchog’iga otildi. (Oyb.)
3.Bazmga Gulnoragina (faqat) kelmadi. (S.Ahm) Sof ko’makchilar sirasiga avvaldan ma’lum uchun, bilan, sari, qadar, kabi, singari, sayin, orqali so’zlari; sof bog’lovchilar sirasiga va, hamda, ammo, lekin, biroq, balki, yo, yoxud, go’yo, agar, basharti kabilar; sof yuklamalar qatoriga xuddi, faqat, axir, hatto, naq, atigi so’zlari kiradi. Nisbiy yordamchi so’zlar atamasi ostida boshqa turkumga mansub bo’lgan so’zning yordamchi vazifasida qo’llanilishi (old, orqa, avval, bo’ylab, boshlab…) yoki tabiatida “shakldoshlik” mavjud bo’lgan birliklar tushuniladi. Masalan, “yolg’iz” sifat turkumiga oid so’z yuklama o’rnida (YOlg’iz senga suyanaman) ishlatiladi. Yoki Vaqtida yomg’ir yog’adi, vaqtida qor gapida vaqtida so’zining vazifasi bog’lovchilarga yaqindir. Bunga o’xshash misollar nutqimizda ko’p uchraydi. Yordamchi so’zlarning shakliy xususiyatlariga ko’ra turlarini quyidagi jadvalda umumlashtirish mumkin:

ko’makchibog’lovchilardir. Ushbu ko’makchilarning bog’lovchi vazifasida kelishi ancha keng tarqalgan hodisadir. Ammo lekin bu ishni paysalga solish yaramaydi gapida bog’lovchiyuklama qo’llanilgan, ya’ni ammo bog’lovchisi kuchaytiruv yuklamasi vazifasida kelgan. Bugungi kunda yordamchi so’zlarni har tomonlama o’rganish, ularni lisoniy tahlil qilish ishlari tilshunosligimizda davom etmoqda. Ko’makchilar yordamchi so’zlarning bir ko’rinishi sifatida.
Turkiy tillarda (jumladan, o’zbek tilida ham) ko’makchilar ko’p yillardan buyon tilshunoslarning tekshirish manbai bo’lib kelmoqda. O’zbek tilidagi ko’makchilarga birinchi bo’lib mukammal ta’rifni A.N.Kononov bergan: “Ko’makchilar shunday bir gruppa so’zlarki, ular ot bilan yoki ob’ekt bilan predikat orasidagi qurol – vosita, maqsad, sabab, payt, masofa, yo’nalish, o’xshatish kabi munosabatlarning yaratilishida xizmat qiladi”.
Sh.Shoabdurahmonov ham o’zining “YOrdamchi so’zlar” asarida ko’makchilarga xuddi shunday ta’rif bergan: “Ko’mak-chilar ob’ektning ob’ektga yoki ob’ektning predikatga bo’lgan turli grammatik munosabatlarini ko’rsatuvchi yordamchi so’zlardir”. Darhaqiqat, ko’makchilar orasidagi tobe munosabatni ifodalash va kelishik ma’nolarini aniqlash, to’ldirish uchun xizmat qiladi. Shu xususiyati bilan ko’makchi bog’lovchi va yuklamalardan farq qiladi. Ko’makchilar ma’no va vazifa jihatidan kelishik qo’shimchalariga yaqin turadi. Shuning uchun ba’zan kelishik shakllaridan anglashilgan ma’no ko’makchi bilan ham ifodalanadi (Mashinada keldim - mashina bilan keldim. Ukamga oldim- ukam uchun oldim kabi). Lekin bular kelishik affikslariga qaraganda ma’noni aniq, konkret ifodalaydi.

Yüklə 152,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə