O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti


Tarbiyaning mohiyati, maqsadi va asosiy prinsiplari



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə64/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
majmua

Tarbiyaning mohiyati, maqsadi va asosiy prinsiplari.
Disterveg umuminsoniy tarbiya g‘oyasini himoya qilib chiqdi, shu g‘oyaga tayanib turib, pedagogikaga oid masalalarni yuqori toifaviy va shovinistik manfaatlarni ko‘zlab hal qilishga qarshi kurashdi. Uning fikricha, maktabning vazifasi “chinakam prussiyaliklar” emas, balki insonparvar kishilar va ongli grajdanlar tarbiyalab yetishtirishdir. Odamlarga insoniyatga va o‘z xalqiga 437
bo‘lgan muhabbat bir-biriga chambarchas bog‘langan holda rivoj-lantirilishi lozim. Disterveg “inson ‒ mening nomim, nemis ‒ mening laqabimdir” deydi. Disterveg Pestalotstsi singari tarbiyaning eng muhim printsipi ‒ uning tabiatga uyg‘un bo‘lishidir, deb hisobladi. Disterveg tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishini quyidagi mazmunda talqin qildi, ya’ni tarbiya odamning tabiiy kamol topishiga qarab olib borilishi, o‘quvchining yoshi va o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi kerak, dedi. Disterveg o‘qituvchilar bolalar diqqati, xoti-rasi, tafakkurining o‘ziga xos belgilarini sinchiklab o‘rganishlari kerak, deb aytdi; u psixologiyani “tarbiya to‘g‘risidagi fanning asosi” deb bildi. Distervegning katta xizmati shundaki, u pedagoglik tajribasini pedagogikani taraqqiy ettirishning manbai deb hisobladi. U mohir pedagoglarning bolalarni tarbiyalash va bu sohadagi ish tajribalarini o‘rganish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
Disterveg tabiatga uyg‘un bo‘lish printsipiga qo‘shimcha ravishda tarbiya madaniy uyg‘un xarakterda bo‘lishi ham kerak, deb talab qildi.
Disterveg tarbiyaning oliy maqsadini belgilab, bu “haqiqatga, go‘zallikka va yaxshilikka xizmat qilishga qaratilgan tashabbuskorlikdir” deb aytdi.
Aqliy ta’lim. Disterveg ham Pestalotstsi singari, ta’limning asosiy vazifasi bolalarning aqliy kuchlarini va qobiliyatlarini o‘stirishdan iboratdir, deb hisoblaydi. Lekin u formal ta’lim moddiy ta’lim bilan chambarchas bog‘langanligini ko‘rsatib, Pestalotstsiga nisbatan olg‘a tomon katta qadam qo‘ydi. Disterveg, umuman sof formal ta’lim bo‘lmaydi, lekin o‘quvchining o‘zi mustaqil olgan bilimlari va malakalarigina qimmatga egadir, deb uqtirdi.
Distervegning fikricha, boshlang‘ich maktabda o‘quvchilar-ning o‘qitilgan materialni o‘zlashtirish ustida mustaqil ishlay oladi-gan qilishga, ularda buning uchun malaka hosil qilishga, ularning aqliy kuch va qobiliyatlarini o‘stirishga asosiy e’tibor berilishi zarur. O‘qituvchi ko‘rsatmali o‘qitish yo‘li bilan bolalardagi barcha sezgi a’zolarini o‘stirishga alohida e’tibor berishi lozim. o‘rta maktabda “moddiy maqsad ham asta-sekin oldinga surila beradi” ‒438
o‘quvchilar xilma-xil va chuqur ilmiy bilimlar bilan qurollantira beriladi.
Disterveg o‘rganilayotgan materialni ongli o‘zlashtirishga katta ahamiyat beradi. o‘quvchilarning o‘rganilgan material mohiyatini ravshan va aniq bayon qilib bera oladigan bo‘lishi shu materialning o‘zlashtirilganligini ko‘rsatuvchi belgilarning biridir. Disterveg o‘qitilayotgan materialning mustahkam o‘zlashtirilishiga ko‘p e’tibor beradi. Disterveg “o‘quvchilar o‘rganib olgan narsalarni unutib qo‘ymasliklariga harakat qil” degan qoidani ilgari suradi va o‘tilgan material esdan chiqib qolmasligi uchun uni tez-tez takrorlab turishni maslahat beradi. Distervegning qoidalaridan birida “asoslarni o‘rganishdan shoshilma” deyiladi.

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə