O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti


O‘qituvchining o‘rni va unga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə63/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
majmua

O‘qituvchining o‘rni va unga qo‘yiladigan talablar.
Komenskiy o‘z davrida iste’dodsiz, ma’lumotsiz o‘qituvchilarni qattiq tanqid etdi. o‘qituvchilikni “ Yer yuzidagi har qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb” deb hisobladi. Bu o‘qituvchiga nisbatan yangi ilg‘or qarash edi, chunki 435
o‘sha davrda o‘qituvchilik kasbiga hurmat bilan qaralmas edi.
Komenskiy aholining o‘qituvchiga hurmat bilan qarashini talab etishi bilan o‘qituvchining o‘zi jamiyatda muhim vazifani bajarayotganini tushunib olishi va o‘z qadr-qimmatini yaxshi bilib olishi lozimligini uqtiradi. o‘qituvchi sof vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli bo‘lishi, o‘z ishini sevishi, o‘quvchilarga otalardek muomala qilishi, ularda bilimga havas tug‘dirishi lozim. “o‘zi” namuna ko‘rsatib, o‘quvchilarni o‘ziga ergashtirishi o‘qituvchining birinchi vazifasidir” - degan edi.
Komenskiyning pedagogikasi ilmiy pedagogik bo‘lib, jahon madaniyatiga qo‘shilgan katta hissadir. Uning qarashlari hozir-gacha o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
2. Adolf Disterveg (1790‒1866) Atoqli nemis pedagogi Fridrix Vilgelm Adol’f Disterveg Vestfaliyadagi sanoat shaharchasi Zigenda chinovnik-yurist oila-sida tug‘ildi. Distervegning o‘zi o‘rta maktabda o‘qigan chog‘idayoq dogmatik ta’limdan umrbod nafratlanadigan bo‘lib qolganligini aytadi. U 1808-yilda Gerborn universitetiga kirib o‘qidi, matematika, falsafa va tarixni o‘rgandi, so‘ngra Tyubingen universitetiga o‘tdi va uni 1811-yilda tamomladi, keyinroq borib esa falsafa fanlari doktori unvonini oldi.
U xalqqa ma’rifat berish ishiga o‘zini bag‘ishlashga qaror qildi va dastlab Mers-Reynda, so‘ngra esa Berlinda o‘qituvchilik seminariyalariga uzoq vaqt boshchilik qildi, ularni namunali seminariyalarga aylantirishga muvaffaq bo‘ldi. Disterveg semina-riyada pedagogika, matematika va nemis tilidan dars berdi, ayni vaqtda shu seminariyalar huzuridagi boshlang‘ich tajriba maktab-larida ham o‘qituvchilik qildi. Disterveg pedagoglik sohasida samarali ish olib borish bilan bir vaqtda, adabiy va metodik ishlarini ham zo‘r muvaffaqiyat bilan bajarib turdi. U “Nemis o‘qituvchilarini o‘qitish uchun qo‘llanma” degan kitobni nashr qildirdi (1835), bu kitobda Disterveg ta’limning umumiy vazifalarini va printsiplari to‘g‘risidagi o‘zining progressiv qarashlarini bayon qilib berdi, shuningdek, u matematika, nemis 436
tili, geografiya, matematik geografiya, astronomiyaga doir yigirmadan ortiq darslik va qo‘llanmalar nashr qildi; bu darsliklar va qo‘llanmalar Germaniyada va boshqa ko‘pgina mamlakatlarda katta shuhrat qozondi. Disterveg hayot chog‘idayoq asarlari Rossiyada mashhur bo‘l-gan edi. Chunonchi, 1862-yilda uning “Elementar geometriya”si rus tilida nashr etildi; Rossiyaning ilg‘or pedagoglari bu kitobni boshlang‘ich maktablarda geometriya o‘qitish uchun eng yaxshi qo‘llanma deb hisobladilar.
Disterveg 1827-yildan to umrining oxirigacha “Tarbiya va ta’lim uchun Reyn varaqalari” degan jurnal chiqarib turdi. U bu jurnalda pedagogikaning turli masalalariga doir to‘rt yuzdan ortiq maqolasini bostirdi. Disterveg boshlang‘ich maktablarning o‘qituv-chilarini tayyorlash ishini tubdan yaxshilash uchun kurashdi. U nemis xalq o‘qituvchilarini birlashtirish uchun juda ko‘p ish qildi.
Disterveg hayot chog‘idayoq “nemis muallimlarining mualli-mi” degan faxrli unvonga sazovor bo‘ldi. Disterveg umrining oxirgi kunlariga qadar progressiv ijtimoiy pedagogika ishlari bilan shug‘ullandi. Disterveg vabo bilan og‘rib, 1866-yilda vafot etdi.
Disterveg Germaniyada toifaviy maktab tarafdorlari bilan hamma uchun barobar bo‘lgan umumiy maktab tarafdorlari o‘rtasida avj olib ketgan kurashda aktiv qatnashdi. Toifaviy maktab tarafdorlari nemis xalq maorifi tizimida aholining har bir toifasi uchun alohida maktab bo‘lishini (aholining eng kambag‘al toifasi uchun ‒ xalq maktabi, byurgerlar uchun ‒ real o‘rta maktabi, dvoryanlar va chinovniklar uchun ‒ klassik gimnaziya bo‘lishi) lozim deb hisoblar edilar. Hamma uchun barobar bo‘lgan maktab tarafdorlari va shular qatorida Disterveg ham bolalar uchun ochiq bo‘lgan maktab vujudga keltirishni talab qildilar.

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə