O‘zbekiston respublikasi oliy



Yüklə 234,87 Kb.
səhifə3/10
tarix25.01.2023
ölçüsü234,87 Kb.
#99320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Politexnika instituti

Asosiy qisim:


    1. Ishlab chiqarishga sarflangan xom-ashyo va materiallar

tannarxini hisoblash usullari.
Materiallarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ishlab chiqarish zahiralarini baholash «Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son BHMAga asoslangan bo‘lishi lozim. Ushbu standartga muvofiq materiallar eng kam bahoda, ya‘ni tannarxi bo‘yicha yoki sof sotish qiymatida hisobga olinishi lozim. Chunki buxgalteriya hisobining ehtiyotkorlik tamoyilini aks ettirishning biri bo‘lib past baholash qoidasi hisoblanadi: tannarx bo‘yicha yoki sotishning sof qiymati.
«Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son BHMAga asosan tovar moddiy zahiralarning tannarxi barcha sotib olish xarajatlarini va tovar-moddiy zahiralarni manzilga etkazib berish hamda tegishli holatga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan
transport-tayyorlov xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Materiallarni sotib olish xarajatlari sotib olish qiymatini, import bojlari va yig‘imlarni, mahsulotni sertifikatsiya qilish xarajatlarini, ta‘minot, vositachi tashkilotlarga to‘langan komission to‘lovlarni, soliqlarni (keyinchalik hisob-kitob tarzida), shuningdek transport-tayyorlov xarajatlari, xizmat va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Savdo diskontlari, siylovlari va shunga o‘xshash boshqa chegirmalar materiallarni sotib olish xarajatlarini belgilashda amalga oshiriladi. Boshqa xarajatlar, agar ular materiallarni manziliga etkazish paytida paydo bo‘lgan taqdirdagina tovar-moddiy zahiralarning tannarxiga kiritiladi. Masalan, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha xarajatlar yoki muayyan mijozlar uchun mahsulot ishlab chiqarish sarflarini materiallar qiymati bo‘yicha xarajatlarga kiritish imkoniyati vujudga kelishi mumkin.
Materiallarning har bir turini tayyorlash, haqiqiy tannarxini hisoblash ko‘p mehnat va vaqt talab qiladi. Shuning uchun ham ko‘pchilik hollarda moddiy boyliklar joriy hisobda - o‘rtacha sotib olinish bahosi, reja tannarxi bo‘yicha va boshqa baholarda baholanadi. Materiallarning haqiqiy tannarxi bilan o‘rtacha sotib olinish bahosi yoki reja tannarxi o‘rtasidagi farq ularning guruhlari bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda hisobga olinadi.
Amaliyotda kompyuterlarning keng qo‘llanilishi material zahiralari har bir turining haqiqiy tannarxini hisoblash imkoniyatini yaratadi. Ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqariladigan materiallarning haqiqiy tannarxini aniqlash, ularni baholashning quyidagi usullarini qo‘llash bilan amalga oshirish mumkin:

  1. Yalpi solishtirish (identifikatsiya) usuli.

  2. O‘rtacha tannarx bo‘yicha yoki AVECO usuli;

  3. O‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, birinchi tushum-birinchi xarajat, FIFO usuli;

  4. O‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, oxirgi tushum-oxirgi xarajat, LIFO usuli.

Yalpi solishtirish (identifikatsiya) usuli - o‘zaro almashtirilmaydigan zahiralarning alohida moddalarining tannarxi, shuningdek, maxsus buyurtmalar
uchun mo‘ljallangan va ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar tannarxi ham yakka tartibdagi aniq xarajatlarni solishtirish qilish yo‘li orqali aniqlanishi lozim. Xarajatlarni maxsus solishtirish qilishning ma‘nosi - maxsus xarajatlar zahiralarning alohida moddasiga olib boriladi.
AVECO (―average cost‖)usuli materiallarning o‘rtacha narxlariga asoslangan. Bu usul bo‘yicha har bir birlikning qiymati davr boshlarida o‘xshash birliklarning o‘rtacha o‘lchanadigan qiymatidan va davr mobaynida sotib olingan va ishlab chiqarilgan o‘xshash birliklar qiymatidan belgilanadi. O‘rtacha qiymat usuli yordamida sotishga yaroqli TMZlar o‘rtacha qiymati hisoblab topiladi. Vaqti-vaqti bilan ro‘yhatga olishni o‘tkazilayotganda o‘rtacha miqdor butun bir davr uchun hisoblab chiqiladi.
O‘rtacha qiymat davriy asosda yoki xo‘jalik yurituvchi sub‘ektda mavjud bo‘lgan vaziyatga ko‘ra, har bir qo‘shimcha etkazib berish davomida hisoblanishi mumkin.
Misol. Tekstil korxonasi inyul oyi mobaynida bo‘yoq sotib olish va ishlatishga doir quyidagi operatsiyalarni bajardi:
2 iyulda 1 kg mi 800 so‘mdan 200 kg bo‘yoq olindi;
9 iyulda 1 kg mi 816 so‘mdan 600 kg bo‘yoq olindi; 12 iyulda 360 kg bo‘yoq ishlab chiqarishga kiritildi; 20 iyulda 200 kg bo‘yoq ishlab chiqarishga kiritildi; 25 iyulda 1 kg mi 845 so‘mdan 500 kg bo‘yoq olindi;

  1. iyul holatiga korxonada bo‘yoq zahirasi mavjud emas.

Korxnona TMZ larni hisobga olishning uzluksiz hisob tizimidan foydalanadi. Bu tizimga binoan hisobot davrida ishlatilgan barcha TMZ lar ishlatilgan sanasidayoq hisobga olinadi va tannarxi aniqlanadi.

TMZ larning o‘rtacha tannarxi har sarfdan keyin quyidagi formula orqali aniqlanadi:
1-jadval





Sana

Xaridlar

Sarflar

Qoldiq




1.07 ga







0

1

2.07

200 kg x 800 so‘m =
160 000 so‘m




200 kg x 800 so‘m =
160 000 so‘m

2

9.07

600 kg x 816 so‘m =
489 600 so‘m




800 kg x 812 so‘m*
= 649 600 so‘m

3

12.07




360 kg x 812 so‘m
= 292320 so‘m

440 kg x 812 so‘m =
194 880 so‘m

4

20.07




200 kg x 812 so‘m
= 162 400 so‘m

240 kg x 812 so‘m =
194 880 so‘m

5

25.07

500 kg x 845 so‘m =
422 500 so‘m




740 kg x 835 so‘m**
= 617 380 so‘m


Yüklə 234,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə