O’zbekiston respublikasi oliy



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə13/64
tarix16.03.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#102654
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   64
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)

«Aqliy hujum»usuli ohy o'quv yurtlari amahyotida o'qitish usuli sifatida qo'llashga
ulguigani yo'q, bu usul boshqaruv tizimi, shuningdek, ilmiy izlanishlar natijasida kelib chiqqan.
U ayniqsa, iqtisodiy boshqaruv faohyati, menejmentda keng qo'llaniladi. O'qitishga bog'liq
bo'lmagan holda aqliy hujum usulining mazmuni mohiyati nimada? Mutaxassislarning fikricha,
muammoning javobini qidirishda bevosita miyaga kelgan fikrlar, taxminlar tasodifiy
o'xshatishlar, shuningdek, birdan kelib chiqadigan, mavjud kerak va nokerak bog'lanishlarni
asoslab berishlarini o'z ichiga oladi. Keyin diktofonga yozib olingan tasodifiy jumla, fikrlarni
diqqat bilan tahlil qihsh yo'li ayniqsa qiziqarh ya'ni aqliy hujum usuliga yaqin boiganlari ajratib
olinadi va keyinchalik chuqurroq savol quyilib, muhokama qihsh uchun foydalaniladi. Aqliy
hujumning o'ziga xos oltin qoidasi mavjud bo'lib — ishtirokchilar suhbati davomida
aytishganlaridan hech biriga shubha qilmaslik, aksincha har qanday fikrni bildirishda to'la
erkinlik yaratib berish lozim. Bunday psixologik erkinlik o'zini xotiijam to’tishga «guruh
fikridan» uyalmaslikka omadsiz luqma tashlash bilan o'zini o'ng'aysiz holatga qo'yishdan
qo'rqmaslikka imkon beradi. Bunday holatda (ayniqsa, ishtirokchilar bunga moslashganda)
ko'chirishi to'g'ri bo'lgan, hech nimaga yaramaydigan (ayni damda muammoni yechish uchun)
ahmoqona, kutilmagan, lekin zarur bo'lgan, haqiqatdan intensiv fikrlar yuzaga keladi. Ana
shuning uchun ham aqliy hujum uyushtiriladi. Lekin bu, menejment va ilmiy izlanishlarda to'g'ri
yechimni izlash uchun qo'llaniladi. Bu usulni oliy o'quv yurtlarida qanday qo'llash mumkin?
Aytish lozimki, imkoniyatlar diapozoni psixologiya o'qitishda qo'llash uchun yetarli emas.
Lekin aqliy hujum usuli qaysidir muammo yechimining qiyinchiliklarini tushuntirish maqsadida
qo'llash mumkin. Masalan: iqtisodiy ba'zi muammolar (maoshning kechikishi, korxonalarning
ixtiyoriy soliq to'lashi va h.k.) sotsiologiyada (siyosiy faoliyat reytingi interpritatsiyasi)
31


pedagogikada (axloq va axloqsizlik o'rtasidagi qarama- qarshilik), psixologiyada psixikani
rivojlanish qonuniyatlari va ta'lim- tarbiya amaliyoti va h.k.
Aqliy hujumda, yosh va pedagogik psixologiyani o'qitishda foydalanishda quyidagilami
misol qilamiz. Seminar mashg'ulotida o'smirlik psixik rivojlanishida krizisi muammosi
muhokama qilinmoqda, pedagogika kollejini tugatib boshlang'ich sinf o'qituvchisi yoki maktab
psixologi bo'lib ishlayotgan sirtqi bo'lim talabalari bunday krizisni amahy faoliyatlari davomida
guvohi bo'lganlari uchun ularga bu jarayon. yaxshi tanish edi. Bunday o'smirlar bilan ishlash
davomida beriladigan tavsiyalarni ham bilar edilar. Alohida tavsiyalai- o'zini oqlardi, ulardan
ko'pchiligi esa, na ta'limda na tarbiyada ko’tilgan natijani bermadi. Umuman ularda o'tish
davrida bo'ladigan inqirozga uchragan o'smirlar bilan ishlash davomida ko'plab usullar va turli
xil fikrlar ko'p edi. Bu haqida bilgan o'qituvchi aqliy hujum usulini qo'llashdi: har qanday fikrni
bildirishga ruxsat beradi, jumladan, «zararli» yoki «yaramaydigan» deb tanqid qihnadigan
fikrlar shuningdek, har qanday yaqqol yoki yashirin tanqidiy fikrlarni bildirishni taqiqlaydi.
Bundan tashqari, o'qituvchi «juda qiziqarli», «qiziqarli» va h.k. kabi o'z so'zlari bilan ma'qullab
turadi. Xo'sh nima bo'pti? Krizisning o'tish davrida o'smirlar bilan qanday ishlash mumkinligi
haqida 40 dan ortiq fikrlar bildirildi. Ba'zi fikr shu yerning o'zida boshqa fikrlar bilan bog'liq
holda tug'ildi, boshqalari shunchaki aytilgan so'zlar edi, lekin ko'pincha bu shaxsiy malakadan
iborat bo'lib, bu nimaga asoslanadi: «tanqid qilgani» tavsiyaga amal qilib, xato yoki nojo'ya
maslahatlarni tanqidiy izohsiz, hatto qanday bo'lishdan qat'i nazar unga o'z munosabatini
bildirmay, shunchaki hisoblashidir.
Aqliy hujum nima beradi, ayni vaziyatda — bu usul qo'llanishdan olingan foydaning real
natijasi qanday? U shundan iboratki talabalar, bu yoshdagi bolalar bilan ishlash malakalari
yetarli ancha mashhur pedagogik nazariyalardan va psixologik o'sishda duch keladigan
krizisdagi o'smirlar bilan ishlash usullari bo'yicha maslahat va tavsiyalar berishdi. Bunday
tavsiyalar orasida, fan va amaliyotda qo'llasa bo'ladigan, kerakli natijalarga olib keladigan fikrlar
ham mavjud. Shu yo'l bilan keyingi faoliyat uchun foydali va asosiysi muloqot psixologiyasini
o'rganishga taxminan shunday fikrlar yuzaga keladi. Usui va uslublarda ish ko'p, lekin o'smirlik
davridagi krizis maktabdagi ta'lim-tarbiyani rad etishda davom etaveradi, zero, hamma uslub va
usullar muammoni hal etavermaydi.
Bunday manfiy xulosa talabalarni jiddiy psixologik tahlil qilishga undaydi va quyidagi
savolga javob berishni talab qiladi. Nahotki, maktabdagi bu muammodan qutilishning iloji yo'q?
Aqliy hujumdan so'ng seminar mashg'ulotida, maktabda tavsiya etiladigan va foydalaniladigan
32


ko'pchilik usullar samarasizligini psixologik sabablari muhokamasi boshlandi. Shu yo'l bilan
ayni vaziyatda aqliy hujum o'smirlar bilan ishlashning ko'plab usuli va yo'nalishlarini hisoblab
chiqishga yordamlashdi va shu bilan birga talabalarni psixologik muammoni tahlil qilishga
fikrlashga tayyorlaydi. Bunday mezonlar hozirgi zamon psixologiyasida ko'plab uchraydi,
demak, aqliy hujum usuli bu kundalik ishimizda uchraydigan muammolarni yechishda
talabalarni ijodiy yondashishlarida yordam beradi.
Davra stoliusuli pedagogikaga siyosatshunoshkdan kirib kelgan. «Davra stoli» siyosiy va
ilmiy yo'nalish namoyondalari tomonidan tashkil qilinadi. Fikrlar almashinuvi qandaydir
tegadigan nuqtalarini topishga imkon beradi, chunki ularning keyingi faoliyatida umumiy
xulosani yo'naltirishga - ilmiy haqiqat yoki siyosiy turg'unlikka erishishga xizmat qiladi.
Dumaloq stol usuli o'qitishning nazariy muammolarni turli ilmiy aspektlar, turli kasb
mutaxassisliklari yordamida muammoni ko'rib chiqishning samaradorligini oshirishda
qo'llaniladi. Mana masalan, yuridik fakulteti talabalari uchun psixologiya bo'limida yurist shaxsi
va faoliyatini o'rganayotgan talabalar uchun psixologiya o'qituvchisi «jinoiy xulq psixologiyasi»
mavzusi bo'yicha seminar mashg'ulotini davra stoli usuli bo'yicha tekshirdi. Mashg'ulot
davomida jinoiy xulq kafedrasidan yurist- o'qituvchi bilan bir xilda savollar berib fikrlarni
aniqlashtirdi, izoh berdi, misollar keltirdi. Psixologiya o'qituvchisi esa «davra stoli»da
boshlovchi hisoblandi, yurist — o'qituvchi fikrlarga ketma-ketlik bilan qo'shimchalar qildi. Bu
zarur edi, chunki huquqiy savollar ayniqsa insonlarning aniq huquqlari (jabrlanuvchi yoki
jinoyatchi, sudya, guvoh va hokazo) psixologik bahoni insonlarning jinoiy xulqni bu tomoni
butun mashg'ulot predmeti hisoblanadi, zero, talaba yuristlarni jinoyatchilikni nafaqat huquqiy
tomoni balki, psixologik tomoni ham qiziqtiradi. Bunday psixologik savollarni muhokamasi
nafaqat yuridik fan vakili qatnashganligi uchun, balki jinoyatchilik borasidagi o'zlarining
huquqiy bilimlarini psixologik tahlil uchun material sifatida qo'llash mumkin boigani uchun
ham faol o'tdi. Shu yo'l bilan mavzu ikki tomondan ko'rib chiqildi — ya'ni huquqiy va
psixologik, shuning uchun mavzu chuqur o'zlashtirilidi. Bu imtihonda o'z isbotini topdi. Boshqa
mavzulardan ko'ra, talabalar berilgan mavzudan misollar keltirishdi. Ayniqsa, imtihon payitida
biletda qanday savol qo'yilishidan qat'iy nazar davra stolida muhokama qilingan jinoyat xulq
masalalari atroflicha ochib berildi. Yurist shaxsi va faoliyati psixologiyasi yaxshi
o'zlashtirilganini ko'rsatdi. Davra stoli usuli boshqa shaklda ham qo'llaniladi. Masalan, psixolog
guruhi bilan o'quv-metodik konferensiyani davra stoli usulida o'tkazishi mumkin. Muhimi
umumiy psixologik ham sotsiologik chuqur tahlil talab etiladigan, mutaxassislik doirasida
qiziqishlari jihatidan har tomonlama ko'rib chiqiladigan (ayni vaziyatda psixologik) mavzu
33


tanlash kerak. Boshqa oliy o'quv yurtidan psixologiya mutaxassisligi bo'yicha taqlif qilingan
o'qituvchi va talabalar guruhi bilan shunga o'xshash mashg'ulot o'tkazilgan. Masalan: davra stoli
amaliyotda xalqaro Oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan. Germaniyalik yoki
Fransiyalik psixolog-talabalar bilan Rossiyalik psixolog talabalar o'rtasida ijtimoiy psixologik
muammo millatlararo munosabatlar muammosi muhokama qilindi.
Davra stoh usulini psixologiyani o'qitishda turli-tuman shaklini amalga oshirish mumkin.
Agar bu borada muhim shart ya'ni uni qat'iy kuzatib borish — bu anglangan zaruriyat ko'p
qirrali nazariy muammolarni diqqat markazdan amaliy hayotdan gavdalantirib ko'rib chiqishni
yoddan chiqarilmasa bo'ldi. Agar bunday zaruriyat yo'q yoki bor bo'lsa, lekin har tomonlama
anglanilgan bo'lsa, unda davra stoli odatiy, har kim o'zinikini gapiradigan seminarga aylanib
qoladi va raqobat bo'la olmaydi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə