O’zbekiston respublikasi oliy



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə10/64
tarix16.03.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#102654
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)

I. Seminar mashg'ulotlari tuzilishi I. Mashg'ulot mavzusi
1. Mavzu tanlashni asoslab berish.
2. Kurs dasturidagi o'rnini aniqlash.
3. Mashg'ulot maqsadi, vazifalari: ta'limiy, tarbiyaviy, metodik.
4. Adabiyotlami o'qib chiqish, hajmi, matnning murakkabligini hisobga olib adabiyotlami
tanlashni asoslab berish.
II. Seminarni tashkil etish shakli
1. Auditoriya tayyorgarligi xarakteri bilan bog'liq seminar o'tkazish shaklini tanlashni asoslab
berish:
21
a) savol-javobli;
b) reja asosida keng suhbat:
d) o'zaro tanqidiy baholab axborot berish;
e) yozma referatlarni munozara elementi bilan muhokama qilish.
f) guruhli muhokama: yo'naltirilgan, erkin o'quv-rolli o'yin.
2. Talabalarni adabiyotdagi mavzu, masalalar, obyektlar, mashg'ulot xususiyati, muhokama
ishtirokchilari rollarini taqsimlash, referatlar, hisobotlar, talabalar, mavzuni muhokama qilish
shakli va xususiyatiga dastlab yo'naltirish dasturi.
III. Mashg'ulot borishini rejalashtirish va konspektlar tayyorlash
1. Mashg'ulot mazmuni dasturi: mavzuning asosiy bo'limlari, uning vazifalari,
ko'rilayotgan muammoni hal etilishi davomida asosiy qarama-qarshiliklarni qayd etish.
2. Dastur bo'limlari mazmunini konspektlashtirish. Ko'rilayotgan nuqtayi nazarlarni
asosliligi va isbotlanganligi, qarama-qarshiliklarni aniqlashni ta'minlovchi didaktik uslublarni
ko'rsatish. Guruhli muhokama shaklini ko'zda tutuvchi qoidalar va vazifalarni ko'rsatish.
Mashg'ulotning turli bosqichlarida guruhlar aloqalari uslublari.
3. Seminar mashg'ulotida muhokama etilgan mavzu bo'yicha xulosalar,
4. Seminar mashg'ulotini o'tkazgandan keyin uning borishini o'rganib chiqish.
Laboratoriya va amaliy mashg'ulotlar psixologiya kursini o'qitishning ajralmas qismi
hisoblanadi. Ularda mg'ruzalarda olingan nazariy bilimlarini faollashtiradi, mustahkamlaydi va
aniqlashtiradi. Laboratoriya mashg'ulotlarida talabalar psixologik tadqiqotlarning oddiy usullari
va ko'nikmalarini o'zlashtiradilar, ulardan keyinchalik maktabda kundalik ishlarida
foydalanishlari mumkin bo'ladi.
Bu yerda ular o'tkaziladigan tajribalarda tekshirilayotganlar sifatida ishtirok etadilar va
ularni mustaqil o'tkazishga o'rganadilar. Tajribalarda ishtirok etish va turli test topshiriqlarini
yechish talabalarda alohida qiziqish uyg'otadi, chunki bu ularga o'zlarini anglab yetishga,
mavjud psixologik sifatlarini o'rganishga, o'zining rivojlanganlik darajasini aniqlashga imkon
beradi.
Turli psixologik masalalarni yechishda ham talabalar o'z bilimlarini amalda ko'rsatishlari
mumkin. Shunga o'xshash masalalarni hal etib, talabalar yana bir bor boiajak amaliy ishlari
uchun psixologik bilimlarning zarurligiga ishonch hosil qiladilar. Amaliy mashg'ulotlarda
masalalardan foydalanish o'qituvchiga ham o'quv materialini o'zlashtirib borishi va shu bilan bu
jarayonni nazorat qilishni kuchaytirishga yordam beradi.
22


Amaliy mashg'ulotlarda kompyuter texnikasidan foydalanish talabaning butun intellektual
imkoniyatlarini maksimal darajada jamlaydi, faqatgina nazorat qilish va amalga oshirishni
ta'minlaydi, bu talabani o'ziga baho berishini shakllanishiga va uning shaxsini tarkib topishiga
yordam beradi.
Laboratoriya va amaliy mashg'ulotlarni o'tkazishda qo'llanilishi mumkin bo'lgan ishlarning
turli xillari mavjud. Ularning har bin aniq mashg'ulotni tanlab olish, mashg'ulot mavzusini va
o'qituvchining real imkoniyatiga, shu jumladan, texnik imkoniyatlarga ham bog'liq bo'ladi.
Umumiy talablar esa o'qituvchining talabalarni tayyorlash hamda har bir mashg'ulot oldidan
tekshirish kiradi.
Tajriba ishlarini bajarish uchun talabalar ikkita daftarga ega bo'lishlari kerak: ish davomida
yozuvlarni qayd etib borish uchun va ishlari natijalarini yaxshilab ishlab chiqib, tartibga solib
hisobot berish uchun kerak bo'ladi. Hisobot daftarida bayonnoma rasmiylashtiriladi. U yoki bu
usul bilan maktabda olingan ma'lumotlar asosida mashg'ulotlarni maktab materiallarida o'tkazsa
yaxshi bo'ladi. Bu psixologiya bo'yicha o'quvchi bilimlarini chuqurlashtiradi va aniqlashtirish
imkonini beradi, yosh psixologiyasi masalalariga qiziqishini oshiradi.
23
4-mavzu.O'QITISHNING INTERFAOL USULLARI
Reja:
1. Psixologiya o’qitish texnikaasi fanida interfaol usullar.
2. Hozirgi kunda keng qo’llanilayotgan interfaol usullar.
3. Bahs inerfaol usulidan foydalanish.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə