O’zbekiston respublikasi oliy



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə6/64
tarix16.03.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#102654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)

2. Yangi materiallarni o'rganish darsi odatda, katta sinf o'quvchilarini o'qitishda
qo'llaniladi. Ushbu turdagi dars doirasida quyidagi darslar olib boriladi — ma'ruza, muammoli
dars, dars — konferensiya, kino dars, dars - tadqiqot.
3. Bilimlarni mustahkamlash, ko'nikma va malakalarni shakllantirish darsi seminar,
amaliy, ekskursiya, mustaqil ishlar hamda laboratoriya amaliyoti ko'rinisliida olib boriladi.
17
4. Umumlashtirish va tizimlashtirish darsi fanni to'liq o'zlashtirish uchun muhim
ahamiyatga ega bo'lgan dastuming asosiy masalalari bo'yicha o'quv materialining katta
qismlarini tizimli takrorlashga qaratilgan. Bunday darsni o'tishda o'qituvchi o'quvchilar oldiga
muammoni qo'yadi, qo'shimcha ma'lumotlar olish manbalarini ko'rsatadi hamda o'xshash masala
va amaliy mashqlar beradi, topshiriqlar va ijodiy xarakterdagi ishlarni topshiradi. Bunday dars
paytida o'quvchilarning uzoq vaqt davomida — chorak, yarim yillik, o'quv yili davomida bir
necha mavzular bo'yicha bilim, mahorat va ko'nikmalari tekshiriladi, baholanadi.
5. Bilim, mahorat va ko'nikmalarni nazorat qilish hamda tuzatish darsi o'qitish
natijalarini baholash uchun, o'quvchilarning bilim darajasini diagnostika qilish, o'quvchilarning
o'z bilimlarini qo’llashga tayyorliklari, o'qitishning turli vaziyatlarida mahoratlari va
ko'nikmalarini tekshirish uchun mo'ljallangan. Bunday darslarning ko'rinishlari og'zaki yoki
yozma so'rov, diktant, masala va misollarni ifoda etish yoki mustaqil yechish, amaliy ishlarni
bajarish, imtihon, mustaqil yoki nazorat ishi, test olish bo'lishi mumkin. Yakuniy dars
natijalariga qarab keyingi mashg'ulot odatiy xatolarni, bilimdagi kamchiliklarni tahlil qilishga,
qo'shimcha topshiriqlarni belgilashga bag'ishlanadi.
Maktab amaliyotida darsning boshqa turlaridan - dars muso- baqa, maslahat, bir-birini
to'ldirish ma'ruzasi, fanlararo dars, o'yin kabilardan foydalaniladi.
Har qanday ma'ruzaning umumiy tuzilishini asosi — bu mavzuni bayon etish, rejani va
mustaqil ishlash uchun tavsiya etiladigan adabiyotlarni ko'rsatish, keyin esa — ko'rsatilgan
ishning rejasiga qat'iy amal qilishdir. Ma'ruza o'qishga qo'yiladigan asosiy talablar sifatida
quyidagilar shart deb hisoblanadi.
• Ifoda etilayotgan ma'lumotlarning yuksak ilmiy darajadaliligi, odatdagidek dunyoqarash
ahamiyatiga egaligi.
• Zamonaviy ilmiy ma'lumotlarning aniq tizimlashtirilgan va metodik qayta ishlab
chiqilgan hajmlari.
• Bildirayotgan fikr-mulohazalarining isbotlanganligi va asoslanganligi.
• Keltiriladigan ishonchli isbotlar, misollar, tekstlar va hujjatlarning yetarhcha bo'lishi.
• Fikriari aniq, tushunarli bayon etilishi va eshituvchilar flkrlashlarini faollashtirish,
muhokama etilayotgan muammolar bo'yicha mustaqil ishlar uchun savollarning qo'yilishi.
• Qo'yilgan muammoni hal etish uchun turli nuqtayi nazarlarni keltirib chiqarish,
xulosalarni ifoda etish.
18
• Kiritilayotgan termin va nomlarni tushuntirish: fikr- mulohazalami talabalarga
eshitishga, fikrlash va ma'lumotlarni qisqacha yozib ohshga imkon berish.
• Auditoriya bilan pedagogik aloqa o'rnatish mahorati.
• Tekst, konspekt, bloksxemalar, chizmalar, jadvallar, grafiklar, asosiy materiallarini
qo'llash.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə