O’zbekiston respublikasi oliy



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə5/64
tarix16.03.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#102654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)

3-mavzu. O'QUV FAOLIYATINI TASHKIL ETISH SHAKLLARI
Reja:
1. Psixologiya o`qitish maqsadi va mohiyati.
2. Ta'limni tashkil etishning asosiy shakllari.
Tayanch tushunchalar.
Maruza, aralash dars, umumlashtirish va tizimlashtirish, pedagogik aloqa, maruza-vizual-
aloqa, maruza konsultatsiya, seminar,muhokama.
Ta'limni tashkil etishning asosiy shakli maktabda dars va oliy maktabdagi ma'ruza
hisoblanadi. Biror bir ta'limni tashkil etish shakli o'quv ishlari masalasi va usullariga qarab
tuzilishini va modefikatsiyasini o'zgartirishi mumkin. Misol uchun, dars — o'yin, dars —
konferensiya, dialog, amaliyot va muammoli ma'ruza, binar, ma'ruza — telekonferensiya va
boshqalar. Maktabda darslar bilan birga boshqa tashkiliy shakllar ham qo'llaniladi (laboratoriya
praktikum, mustaqil uy ishi, fakultativ, to'garak). Ma'lum nazorat shakllari ham mavjud bo'lib
ular: og'zaki va yozma imtihonlar, nazorat va mustaqil ishlar, nazorat, test topshirish, suhbat
o'tkazish shular jumlasidandir. Oliy maktabda ma'ruzadan tashqari o'qitishning boshqa tashkiliy
shakllaridan ham foydalaniladi — seminar, laboratoriya ishi, amaliy mashg'ulot talabalarning
mustaqil ishi, ishlab chiqarish amaliyoti, boshqa o'quv yurtida yoki chet el o'quv yurtida
stajirovkada bo'lish va shu kabilar. Ta'limning natijalarini baholash va nazorat qilish shakli
sifatida imtihonlar, nazoratlar, baholash reyting tizimidan, referat, kurs ishlari va diplom ishidan
foydalaniladi.
Dars tiplari quyidagilardan iborat:
1. Aralash dars. Uning tuzilishi: tashkiliy qismi, uy ishini tekshirish, yangi materialm
o'rgatish, yangisini ilgari o'rganilgan material bilan solishtirish va mustahkamlash, amaliy
topshiriqlarni bajarilishi, darsga yakun yasash va uyga topshiriqlar berish.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə