O’zbekiston respublikasi oliy



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə12/64
tarix16.03.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#102654
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)

Bahs usuli yoki o'quv bahslari evrestik suhbat kabi namoyon bo'ladi, to'g'rirog'i maxsus
dasturlashtirilgan erkin nazariy savollarni muhokama qiladi, odatda, savol qo'yish bilan evrestik
suhbatni boshlanishi kabi boshlanadi. Uni doimo bahsga aylanish — darsdagi me'yoriy holatdir.
Psixologik nuqtayi nazardan qaraganda bahs qanday xususiyatga ega?
Birinchidan, bahs — bu faoliyatniiig dialogik shakli bo'lib, turli fikrlar orasida boradigan
shiddatii kurashni, suhbatni yuzaga keltirishdir. Fikrlar almashinuvi oddiy suhbatdagi kabi izchil
va salmoqli ketmaydi, bahsda esa bir fikrni boshqasi bilan to'qnashuvi bir muncha asabiy
ko'rinishga ega. Bahsni alohidaligi shundaki, bahslashuvlarning fikri bu bahslashayotganlarni
faol fikrlashlarini yuzaga keltiruvchi yoki fikrni dalil bilan isbotlashdir.
Ikkinchidan psixologik jihatdan shunisi qiziqki, ayni fikrlar to'qnashuvi baxsni yuzaga
keltiradi, u esa baxsga olib keluvchi turli xil fikrlarni tug'ilishidir. Bahs va fikrlashni —
faoliyatdagi sababli bog'lanish deb tushunishadi, bunday yondashuv L.S.Vigotskiy tomonidan
ilgari surilgan, lekin nutq faoliyatini tekshirganlarida bunga to'xtalib o'tmaganlar, ayniqsa,
muammoli bahsdagi fikrlash va diologni o'zaro bog'liqligini analiz qilmaganlar.
Odatda, fikrlash orqali bahsda e'tirozchini gapiga javob tug'iladi, shuning uchun turli fikrlar
bahsni yuzaga keltiradi, deb taxmin qilinadi. Natijada, esa vaziat mutlaqo aksincha: bahs
munozara fikrni tug'diradi fikrlashni faollashtiradi, o'quv bahslari esa ustiga ustak o'quv
materialini fikrlash mahsuli sifatida anglab o'zlashtirishni ta'minlaydi. Bunday psixologik
alohidalik bahslashuv va fikrlashni o'zaro bog'liqligi A.K.Markov izlanishlarida ko'rsatilgan.
27


Munozarani vaziyatga aloqadorligi mulohaza qilishni faollashtiradi, ularni dalillar tizimiga
aylantiradi. Afsuski, psixologning bunday xulosasi natijasida bu usuli na maktab, na pedagogika
— psixologiya oliy o'quv yurtlari amaliyotida keng doirada qo'llanilish imkoniyatini bermayapti.
Bahs usuli darslarning guruhiy shaklida amaliy mashg'ulotlarda yoki laboratoriya
mashg'ulotlarida, talabalar gapirish imkoniyati bo'lgan darslarda foydalaniladi. Ba'zan ma'ruzada
ham foydalaniladi, unda ma'ruzachi mavzuga oid savollar bilan auditoriyaga murojaat qilishi
orqali yuzaga keladi. Bahsni ma'ruza darslarida to'la qo'llab bo'lmaydi, lekin auditoriyadan
savollarga javoblarni tezlik bilan javob oladigan natijasida, ulardan mazkur muammoga fikr
bildirish orqali qo'llash mumkin. Endi bu munozarali savolga javob berish, jamoaviy fikrlash va
ma'ruzachini xulosasini tinglash psixologik muhitni yaratadi. Turli xil dars shakllarida bir necha
munozarali savollarni qo'yishni namuna sifatida ko'rsatamiz. Dastlab ma'ruzada qo'llanilgan
munozarali savoldan boshlaymiz. Ma'ruzachi tashkiliy qismda nazariy faoliyatga bag'ishlangan
savolni talabalar oldiga qo'yadi. «Biz hozirgina faoliyatni mavjudotni o'rab turgan borliq bilan
o'z ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan hamkorligi ekanligini aniqladik. Bunday faktlar
faoliyatni turli xilligi hisoblanadi: nafaqaxo'r sayr vaqtida oyoqlariga dam berish uchun
o'rindiqqa o'tirdi; chumoli o'z iniga o'lgan pashshani olib ketayapti; tuyaqush kallasini qo'yniga
tiqib olib nafas olayapti; talaba «faoliyat» tushunchasini o'rganayapti, vaholangki, unga nima
bo'lganda ham quruq yodlash emas, aksincha, tushunib esda olib qolish kerakligini
ogohlantirishgandi; o'quvchi adabiyot darsida uyga yodlash uchun berilgan she'rni o'rganyapti;
qo'mondon o'z qo'shiniga qanday harakat qilish kerakligini aytish uchun; raqibini hammasini
kutayapti; ular ko’tish vaqtida biror bir faoliyat bilan band deb bo'ladimi? Ana shu hamma
vaziyat haqida kirn nima o'ylayotganini darrov aytishingizni so'rayman». Keyin o'qituvchi
aytgan subyektlarini harakatini ketma-ketlikda o'tkaza boshladi («nafaqaxo'r», «chumoli»,
«tuyaqush», «talaba», «o'quvchi», «qo'mondon») talabalar esa «ha» yoki «yo'q» deb javob
berdilar. Barcha «faoliyat» tushunchasini ham ancha tushuntirish talab etishini va bu mavzuga
boshqa darslarda yana to'xtalish lozimligiga amin bo'ladilar, lekin bu yetarli bo'lib, ma'ruzachi
maqsadga erishadi. U t'iabalarni faoliyat tushunchasini psixologik asosini faqat lug'aviy
ma'nosini yodlab olish emas, balki jiddiy hayotiy vaziyatlarda tahlil qilinadigan ish ekanligiga
ishontirdi.
Seminar mashg'ulotida: talaba mavzu rejasida ko'rsatilgan «Vaqtni idrok qilish» bo'yicha
tajriba o'tkazib referat bilan chiqish qildi, psixolog D.B.Elkonin o'tkazgan izlanishlar, vaqtning
qadriga yetish bo'yicha turli vaziyatlarda insonlaming vaqtni idrok etishi bo'yicha ma'lumotlarni
28


berdi. O'qituvchi guruh oldiga savol qo'yadi: «Bu ma'lumotlarni o'qituvchi amaliy ishlarda
qanday qo'llashi lozim?».
«O'quvchilarning vaqtni subyektiv baholashga hukm qilishi, darslar qiziqarlimi yoki
zerikarlimi?» deb tavsif qilishi mumkinmi? Aytgancha, talaba «R» bayon etganlari qancha
davom etdi? Birinchidan talaba R bayon qilganlariga qiziqish uyg'otib, haqiqiy vaqtni
kichraytirib baho berishdi.
Ikkinchidan, birdaniga bir qancha talaba psixologlar tomonidan ochilgan qonuniyatlarni
qo'llash imkoniyati fikrni asosiashga yordam beradi. Tadqiqot sifatida quyidagi ish amalga
oshirildi ya'ni maktab o'quvchilariga darslar qiziqarhmi yoki yo'qmi, qaysi darslarda (qaysi fan
o'qituvchisi)dagi zerikarli yoki aksincha qiziqarli va h.k., ularni qanday baholash mumkin?
Lekin baholash keraklimi, foydalimi degan savollar borasida bahslashdilar. Buni qanday
o'rganish mumkin? Kimgadir matematikada o'tirish qiziqarh bo'lmasa, kimgadir kim bilan hech
narsa qilish yoqmaydi ba'zi o'qituvchilar darslarni doim qiziqarli o'tadilar. Balki ichimizdan
kimdir o'z faniga qiziqish uyg'ota olmasligini sezib qolar? Barchada shu va shunga o'xshash
fikrlar savollarga qiziqish uyg'otayotganini bihshimiz mumkin, lekin bahs endi boshqa mavzu
bo'yicha ketyapti: idrokni bilish jarayonlaridan bin ekanligi haqida emas, darslar qiziqarh yoki
zerikarliligi haqida. Albatta, tashxisni aniqligi bilan bog'liq emas. Kundalik hayotda turli xil
vaziyatlaiga duch kelamiz va o'z imkoniyatlaringizdan kehb chiqib, ularni o'qib o'rganamiz
(kuzatib) tashxis qo'yamiz yoki psixiatiga maslahatga boramiz, bu kitobdan o'qishdan ko'ra
yaxshiroqdir. Bularni hammasini amaliyotchi psixolog o'rganishi lozim. Hozir o'z ta'riflaringizni
o'qib eshittirish orqah biz bir-birimizdagi mavjud bilimlarimizni almashamiz.
Darslarda ularni ko'rib chiqib, biz so'z mantiqiy tafakkurimizni o'stiramiz, psixologik
kuzatuvchanlikni tarkib toptiramiz.
Laboratoriya mashg'ulotida: o'qituvchi matematika fakulteti talabalariga «Tafakkur»
mavzusi bo'yicha, mantiqiy tafakkurni baholash uchun matematik materialda bir necha test
berdi. Mana ulardan ba'zilari: «g'isht og'irligi 500 g va unga yarimta g'isht qo'shiladi. Umumiy
og'irhk qancha? 3 kg teng baliqni o'lchagandan so'ng kesib dumi tomonini sizga berishdi.
Boshqa (bosh) ko'rinishidan kichikroq tomoni kimgadir tegdi. Baliqning og'irhgi qancha edi?
Agar baliqning dumi 4 kg bo'lsa, boshi ham 4 kg bo'lsa, tanasi dumi, bosh qismining og'irligiga
teng bo'lsa, unda baliqning og'irhgi qancha?» talabalar matematik bu vazifani yecha oladilarmi?
Buni biz hozir muhokama qilmaymiz (zero, hech kim birdaniga yechimini topa olmaydi). Bu
yerda bizni tafakkur sifatlarining tasnifi haqidagi fikr qiziqtiradi. O'qituvchi tomonidan
qo'yilgan munozarali savol quyidagicha: «Наг 3 ta vazifani tez yechishga imkon beradigan,
29


tafakkurlashning umumiy usulini toping va vazifaning har birini tez halqilishda sizga
tafakkurning qaysi sifati yetishmaganini tushuntirib bering». Dastlab, muhokamadagi bu
savolga taqlidga asoslanib, birmuncha sodda javob variantlarini berishdi. Keyin suhbat
mulohaza chegarasiga ega bo'la boshladi. O'qituvchining turtki beradigan savollaridan: «Nimaga
shunday o'ylaysiz?», «Sizning fikringiz nimaga asoslanadi?», «Bu sizning taxminingizmi yoki
bu fikr shunday ekanligini isbotlab bera olasizmi?» va h.k. shundan so'ng talabalar o'z fikrlarini
asoslash uchun tafakkur psixologiyasi bo'yicha o'z bilimlarini safarbar qihshga urinishadi.
Talabalarning ko'pchiligida psixologik atamalarni qo'llashda ishonchsizlik, matematik
atamalarni adashtirish kuzatildi (masalan, tez, to'hq tafakkurlash yo'nalishida «algebrik» yoki
«arifmetik» jarayonlarni tez-tez almashtiradilar). Nihoyat, o'tkazilgan har uchala vazifada ular
ishonadigan tushunchalar «yarmini» tashkil etadi, degan xulosaga kelishdi. Bunday umumiylikni
namoyon bo'lishi masalani tez hal etishga imkon beradi, zero, har qanday butunlik ikkita teng
qismdan iborat g'ishtning og'irligi yoki baliqning og'irligining, bu yerda ahamiyati yo'q. Shunga
o'xshash masalalarni hal etishning umumiy usuli tafakkurlashning ham umumiy usulidir.
Shundan so'ng o'qituvchi testdan olingan ma'lumotlarni izohlashga o'tdi. Ayni vaziyatda
talabalarni matematik qobiliyatlari emas, balki tafakkurning sifatini aniqlashga qiziqish
uyg'otishini ta'kidlab, o'qituvchi olingan testning natijalarini psixologik mazmunini tushuntiradi.
Shunga muvofik u quyidagicha rasman xulosani aytdi: «Ana shu uchta masalani yechishda
namoyon bo'lgan tafakkurning bunday umumiy usulini, mantiqiy tafakkurlash, deb ta'riflash
mumkin, biroq bir vaqtning o'zida ham nazariy yoki empirik, ijodiy yoki sermahsul tafakkurlash
hamdir. Amaliy foydalanish jarayonida bu usul ilk bor siz uchun ijodiy tafakkurlash hisoblanadi.
Agar siz bu usulni o'zlashtirgan bo'lsangiz shunga o'xshash masalalarni yechishda mahsuldorlik
yetarli bo'ladi. Har qanday tarkibli turli xil masalalarni yechishda nazariy tafakkurlashdan
foydalanish mumkin, zero, bu umumiy ahamiyatga ega. Unda bu tafakkur qachon empirik
hisoblanadi? Variantlarni to'g'ri yechishga harakat qiladilar. Keyinchalik, topilgan bu usulni
boshqa masalalarda ham qo'llash mumkin va umumiy xulosa chiqarishda bundan foydalanish
mumkin. Shunda empirik topilma nazariy xususiyatga ega degan xulosaga olib keladi va boshqa
masalalarni yechishda qo'llanilgan bu tafakkurlashning umumiy usuli nazariy xususiyatga ega
bo'ladi». O'qituvchi yuqoridagi xulosaga tadqiqot natijalari asosida keldi.
Endi shu o'rinda savol tug'iladi: talabalar bilan «Tafakkur» mavzusi bo'yicha yuzaki dars
o'tish deyarli mumkin emas, bahs usulini bu yerda nima aloqasi bor? Bunga quyidagicha javob'
berish mumkin.
30


To'g'ri bu bahsga o'xshamasligi mumkin, lekin asosiy xususiyati shundaki bahslashish
xususiyatiga ega talabalarni o'ylashga majbur qilgan, tayyorgarliksiz biror xulosaga keltirgan va
ilmiy adabiyotlarni o'qishga yo'naltiruvchi savolni qo'yishishida namoyon bo'ladi. Bunday
yo'naltirish o'z-o'zidan ahamiyatli dahldir. Lekin baribir asosiysi munozaralar talabalarni
o'ylashga majbur qilyapti: tafakkurlashni talab etuvchi va munozarali muammo qanday bo'lish
kerak degan savolga, muhim pedagogik muammoni insonni fikrlashga o'rganishini hal etadi.
Shuning uchun og'zaki bahs sifatida ham munozara bo'lmashgi mumkin. Shunday qilib, bahs
usuli, hamma dars shakllari, ma'ruzadan tortib laboratoriya mashg'ulotlarigacha qo'llash
mumkin. Uni talabalarning qanchalik fikrlashlarini faollashtiradi va o'zlashtirishda rejasini qay
darajaga ko'tarilgani, savollarni o'iganishga qiziqish uyg'otishi va ularni adabiyotlar bilan
mustaqil ishlash jarayonida chuqur kirib borishlariga qarab natijasi belgilanadi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə