O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/39
tarix11.06.2022
ölçüsü2,1 Mb.
#89290
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39
Орнаник кимё лаборатория.

Laboratoriya ishi № 21 
 
SIRKA BUTIL EFIRI SINTEZI 
Ajratilgan vaqt-8soat 
Ishning maqsadi:
Sirka kislota ishtirokida laboratoriya sharoitida sirka 
butil efiri sintezini o`rganish. 

Identiv o`quv maqsadi: 
1.Talaba kislota yoki uning tuzlariga spirt ta`sir ettirib,murakkab efir olish 
usulini biladi. 
2.Talaba sirka butil efirini laboratoriya sharoitida sintez qila oladi. 


51 
Kerakli jihoz va reaktivlar:
Tubi yumaloq 50-100ml sig`imli kolba, 
pipetka, tomizgich voronka, ikki og`izli forshtoss, sovutgich, deflegmator, 
asbest,10ml muz sirka kislota, 154ml n- butil spirt, sulfat kislota (d-1,84), natriy 
karbonat, kalsiy xlorid 
Ishni bajarilish tartibi: 
Tubi yumaloq 50-100ml sig`imli kolbaga 10ml 
muz sirka kislota, butanol-1 va 1ml konsentrasiyali sulfat kislota 
qo`shiladi.Kolbaga ikki og`izli forshtoss o`rnatiladi, unga tomizgich voronka va 
“lovushka” (suv uchun) orqali suvli sovutgich o`rnatiladi. Kolba qum hamomida 
qizdiriladi. Reaksion aralashma qaynashi kerak.
Ushbu laboraroriya ishi quyidagi 26-rasmda tasvirlangan qurilma 
yordamida amalga oshiriladi 
26-rasm. Sirka butil efiri sintezi qurilmasi 
1-suv hammomi, 2-tubi yumaloq kolba, 3-sovitgich, 4-alonj, 5-yig`gich 
kolba, 6-muzli kolba 
Asta- sekin “lovushka”da ikki qatlamdan iborat suyuqlik yig`iladi. Pastki 
qatlam o`lchovli silindrga quyiladi, yuqorigi qatlam (butil spirt va butyl asetat 
aralashmasi) pipetka bilan yana reaksion kolbaga qaytarib solinadi. Ajralib 
chiqqan suvning miqdori tenglama bo`yicha hisoblangan suv miqdoriga etganda 
(taxminan 3-4 soatdan keyin) reaksiya nihayasiga yetadi. Reaksion aralashma 
sovigach uni ajratgich voronkaga quyib, suv va natriy karbonatning 10% li 
eritmasi va yana suv bilan yuviladi. Sirka butil efir kalsiy xlorid yoki qizdirilgan 
natruy sulfat bilan quritiladi va deflegmatorli kolbada haydaladi. 123-128
0
C da 
qaynaydigan fraksiya yig`iladi.
Sirka butil efirning unumi 13.5 gr, Molekulyar massasi-116.16; 
Suyuqlanish temperaturasi -76.8
0
Qaynash temperaturasi-124-126
0
Izoh: 
Agar lovushkaga suyuqlik sekin yig`ilsa, kolbaning bo`yni va 
forshtossning pastki qismi asbest bilan o`raladi. 


52 
Nazorat savollari: 
1. Murakkab efirlar deb nimaga aytiladi. Misollar keltiring. 
2. Murakkab efirlar olshning yana qanday usullarini bilasiz? 

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə