O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/39
tarix11.06.2022
ölçüsü2,1 Mb.
#89290
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Орнаник кимё лаборатория.

Laborotoriya ishi № 24 
TOLUOL SULFOKISLOTANING NATRIYLI TUZINI OLISH.
Ajratilgan vaqt-4soat 

 Ishdan maqsadi: 
Toluolsul’fokislotaning natriyli tuzini olishni 
o`rganish. 

Identiv o`quv maqsadlari: 
1. Talaba toluolsul’fokislotaning natriyli tuzini olish to`g`risida to`liq 
tushunchaga ega bo`ladi. 
2. Talaba mustaqil holda laboratoriyada toluolsul`fokislotaning natriyli tuzini 
sintezini amalga oshira oladi. 
Kerakli asbob va reaktivlar:
200ml sig`imli yumaloq tubli kolba, gaz 
gorelkasi, qaytarma sovutgich. Toluol 21ml yoki 18gr(0,2mol`). Sulfat kislota 
(d-1,84gr/sm
3
) 12,6ml(0,2mol), natriy bikarbonat,natriy xlorid. 
Ishni bajarilish tartibi: 
200ml sig`imli yumaloq tubli kolba qaytarma 
sovutgich bilan jihozlanadi, unga ko`rsatilgan miqdorda toluol va sul`fat kislota 
solib,bir necha bo`lak qaynatgich tashlanadi,so`ngra asbestli setka ustida 


55 
almashtirilib turilgan holda qaynaguncha qizdiriladi. Toluol qaynab chiqqandan 
so`ng qizdirishni pasaytirib, aralashma kuchsiz qaynatib qo`yiladi. Har 2-
3minutda suyuqlik qatlamlari aralashtirilib turiladi.Bir soatlardan so`ng toluol 
qatlami yo`qolib, sovutgichdan tushayotgan kondensat ham siyraklashadi, so`ng 
yo`q bo`ladi,bu esa reaksiyani ohiriga etganini ko`satadi. 
Ushbu laboraroriya ishi quyidagi 29-rasmda tasvirlangan qurilma 
yordamida amalga oshiriladi 
29-rasm. Toluolsul’fokislotaning natriyli tuzini sintez qilish qurilmasi 
1-qum hammomi; 2-tubi yumaloq kolba; 3-sovutgich; 4-alonj; 5-yig`gich kolba; 
6-muzli hammom.
Hali sovib ulgurmagan reaksion aralashmani 80ml suvi bo`lgan stakanga 
quyiladi va kolbaning yuqini ham ozroq suv chayib olinadi (agar bunda reaksion 
aralashma krisstallana boshlasa u isitilishi kerak). Kislotali muhitga ega bo`lgan 
eritmaga 
10grnatriy 
bikarbonat 
oz-ozdan 
qo`shilib 
muhitni 
qisman 
neytrallanadi.So`ngra 30gr natriy xlorid qo`shib aralashma qaynaguncha 
qizdiriladi. Agar kerak bo`lsa tuzni batamom eritib yuborish uchun ozroq suv 
qo`shiladi. Eritma fil`trlanib, muzli suv bilan sovitiladi va cho`kmaga tushgan 
toluolsul`fokislotaning natriyli tuzi Byuxner voronkasida filtrlanadi. So`ngra 
15ml natriy xloridning to`yingan eritmasi bilan yuviladi. Hosil bo`lgan 
moddaning ozroq natriy xloridning qoldiq aralashmasi bilan) miqdori 10gr 
Sifat reaksiyasi n-toluolsul`fokislotani identifikasiyalash uchun uni n-
toluidin bilan birikltirib, tuzi olinadi. Probirkaga 1gr n-toluolsul`fokislota va oz 
miqdorda qaynoq suv solib eritiladi. Eritmaga 0,5gr n- toluidin qo`shib, 
aralashma kristallar eriguncha qizdiriladi, kerak bo`lsa ozroq suv qo`shiladi. 
Suyuqlanish temperaturasi-196-197
0

Nazorat savollari. 
1.Toluolsul`fokislotaga qanday sifat r eaksiyalarni bilasiz? 
2.Toluolsul`fokislotaning natriyli tuzi nimalar bilan reaksiyaga kirishadi? 


56 

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə