O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


  Dastlabki va keyingi merkantilizmning o’ziga xosligi



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

40 


Dastlabki va keyingi merkantilizmning o’ziga xosligi. 
Dastlabki merkantilizm, monetar tizimining o’rnatilishi bilan bog’liq bo’lgan 
monetarizm, buyuk geografik kashfiyotlardan oldin paydo bo’ldi va XVI asrning 
o’rtalarigacha faol amal qilib keldi. Uning asosiy vakillari U.Stafford (Angliya), 
G.Skaruffi (Italiya) va boshqalar hisoblanadi. Dastlabki merkantilizm «pul balansi» 
siyosatini olib borgan. Bu siyosat pul muomalasini, tashqi savdoni qattiq tartiblab 
turishni ta’minlovchi ma’muriy yo’l bilan mamlakatning pul boyligini ko’paytirishga 
qaratilgan (mamlakat puli qancha ko’p bo’lsa, u shuncha boy hisoblangan). Dastlabki 
merkantilizm oltin va kumushni boylikning mutlaq shakli deb qaradi va uni chetdan 
olib kelish yo’lini qidirdi. Tashqi savdoda ijobiy saldoga erishish uchun dastlabki 
merkantilistlar maqsadga muvofiq hisobladilar: 
- eksport qilinadigan tovarlarga maksimum yuqori baho o’rnatishni; 
- tovarlar eksportini har tomonlama cheklashni
- mamlakatdan oltin va kumushning oqib chiqib ketishiga yo’l qo’ymaslikni. 
41 


2. Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining mazmuni. 
Dastlabki merkantilizm davrida hukumat ataylab chaqalarni buzib, ularning 
qimmatini pasaytirish bilan shug’ullanganki, xorijiy savdogarlarni ularning pulini 
mahalliy pulga almashtirish va ko’proq tovar sotib olishga qiziqtirish maqsadida. 
Keyinchalik tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi, tashqi savdoning kengayishi 
merkantalistlarning boylik muammosiga bo’lgan ko’z qarashini o’zgartirishga majbur 
etdi.
Keyingi merkantilizm XVI asrning ikkinchi yarmidan XVIII asrgacha bo’lgan 
davrni o’z ichiga oladi. (Uning asosiy vakillaridan biri ingliz Tomas Men 
hisoblanadi). Bu davrga kelib milliy sanoat va davlat savdosi rivojlanishining 
rag’batlantirilishi sababli, malakatlar o’rtasida savdo aloqalari keng va muntazam 
rivojlana boshladi. Dastlabki merkantilistlarning «pul balansi» o’rniga keyingi 
merkantilistlarning «savdo balansi» nazariyasi kelib chiqdi. «Savdo balansi» 
nazariyasi (yoki etuk merkantilizm) Angliyada keng tarqala boshladi. Mazkur 
kontseptsiya vakillari dastlabki merkantilistlarni mamlakatdan tashqariga pul 
chiqarishni man etgani, importni haddan tashqari cheklagani uchun tanqid qildi. 
Ularning fikricha hukumatning tashqi iqtisodiy siyosatdagi asosiy vazifasi – 
mamlakatda imkoni boricha ko’proq pul mablag’larini jamg’arish emas, balki aktiv 
savdo balansiga erishishdir (eksportning importdan ustun bo’lishi). Eksport va import 
o’rtasidagi farq - mamlakat boyligining o’sishidir. Demak, real boylik – bu «o’lik 
pullar» yig’indisi emas, balki yangi pullarni, ya’ni pul kapitalini vujudga keltiruvchi 
pullardir. 
Shulardan kelib chiqqan holda, keyingi merkantilizm vakillari aktiv savdo 
balansiga erishish uchun bir qator tavsiyalarni ilgari surdilar: 
- tashqi bozorlarni nisbatan arzon tovarlar sotish yo’li bilan egallash, hamda bir 
mamlakat tovarini olib boshqalariga uni qimmatiga sotish; 
- mamlakatda aktiv savdo balansini saqlab turgan holda, tovarlar importiga ruhsat etish 
(zeb-ziynat buyumlaridan tashqari); 
- qulay savdo ishlarini amalga oshirish uchun oltin va kumushni chetga chiqarish, 
mamlakatda ularning massasini ko’paytirish va aktiv savdo balansini saqlab turish 
uchun vositachilik qilish. 
Pulning tovarli mohiyatini tan olsada uning qimmatini keyingi merkantilistlar 
ilgarigidek oltin va kumushning tabiiy xususiyatidan deb qaradilar. Ammo aynan ular 
metallistik nazariyadan pulning miqdoriy nazariyasiga va monometallizm tizimiga 
o’tishga sabab bo’lgan. Agar dastlabki merkantilistlar pulning jamg’arish 
funktsiyasini asosiy deb bilgan bo’lsalar, keyingi rivojlangan merkantilistlar – 
muomala funktsiyasini asosiy hisobladilar. Keyingi merkantilistlarning ishonchiga 
ko’ra, pulning qimmati uning miqdoriga nisbatan teskari bog’liqlikda, tovarlar bahosi 
darajasi esa pul miqdoriga to’g’ri mutanosiblikda bo’ladi. Ular, pul taklifining 
ko’payishi unga bo’lgan talabni oshirgach, savdoni rag’batlantiradi deb bir 
tomonlama hisobladilar. 
42 


Endi biz keyingi rivojlangan (etuk) merkantilizmning atoqli vakillarining 
asosiy g’oyalarini qisqacha ko’rib chiqamiz. 
Angliyada etuk merkantilizm Tomas Men (1571-1641) asarlarida ifoda etilgan. 
Manufaktura tizimining klassik vakili T.Men shu bilan birga o’z davrining yirik 
kommersanti, Ost-Indiya kompaniyasi direktorlaridan bir bo’lgan. Kompaniyani 
chetga moneta chiqargani uchun tanqid qiluvchilardan uning manfaatini ximoya 
qilish maqsadida T.Men 1621 yil «Angliyaning Ost-Indiya bilan bo’lgan savdosi 
to’g’risida mulohaza» kitobini chop etdi. Monetaristlar kontseptsiyasiga savdo 
balansi nazariyasini qarshi qo’ydi. T.Men 1630 yil «Angliyaning tashqi savdodagi 
boyligi yoki boylikni tartiblash sifatidagi tashqi savdo balansi» asarini yozdi. Unda 
muallif pul muomalasini qattiq tartiblashning zararli ekanligini, chetga monetalarning 
erkin chiqarilishi kerakligini, uningsiz tashqi savdoni normal rivojlantirib 
bo’lmasligini qayd qilib o’tadi. Uningcha: «Har yili xorijliklardan xarid qilgan 
summadan ko’ra, ularga ko’proq sotish» qoidasini ta’minlash asosiy hisoblanadi. 
Faqat aktiv savdo balansi yordamida, uning fikriga ko’ra, mamlakat ixtiyorida 
qoladigan va uning boyligini orttiradigan pulni chetdan jalb qilish mumkin. 
J.Lokk «boylik» to’g’risida T.Men bilan deyarli hamoxang fikr yuritgan. 
Uningcha, boylik deganda faqat oltin va kumush miqdorining ko’pligi emas, balki 
uning boshqa mamlakatlarga nisbatan ko’p bo’lishi ko’zda tutilishi kerak. 
R.Kantilon, xuddi J.Lokk kabi, o’zining «Savdo tabiati to’g’risida ocherk» 
(1775) kitobida «qo’shni mamlakatlarga qaraganda muomalada ko’p puli bo’lgan har 
qanday davlat, ulara nisbatan ustunlikka ega…» deb, qayd qilib o’tgan. 
Frantsiyada merkantilizmning asosiy vakili, mashxur «Siyosiy iqtisod traktati» 
(1615) asarining muallifi – Antuan Monkreten (1576-1621) hisoblanadi. U 
savdogarlarni ancha foydali toifa deb hisobladi, savdoni kasb-hunarning bosh 
maqsadi sifatida tavsifladi. A.Monkreten pul boyligini ko’paytirish yo’llarini qidirdi, 
o’z takliflarini qirol Lyudovik XIII ga tavsiya etdi. Davlatning iqtisodiyotga faol 
aralashuvi jamg’armaning, mamlakat xo’jaligini mustahkamlash va rivojlantirishning 
asosiy omili sifatida qaraladi. A.Monkreten manufakturani rivaojlantirishni, 
xunarmandchilik maktablarini tashkil etishni, mahsulotlar sifatini yaxshilashni va 
mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar savdosini kengaytirish bilan Frantsiya 
bozoridan xorijiy savdogarlarni siqib chiqarishni taklif qildi. Xorijiy savdogarlarni u 
mamlakat boyligini so’rib oluvchi nasosga taqqoslaydi. A.Monkreten dasturi 
Frantsiya tashqi savdosini kengaytirishni ko’zda tutadi. U nisbatan monetarizm 
g’oyasini, shuningdek savdo balansi kontseptsiyasini aks ettiradi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə