O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarkand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/107
tarix07.06.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#115929
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   107
ИНСЕРТ” жадвали
Мустақил ўқиш вақтида 
олган маълумотларни, 
эшитган маърузаларни 
тизимлаштиришни 
таъминлайди; олинган 
маълумотни тасдиқлаш, 
аниқлаш, четга чиқиш, 
кузатиш. Аввал ўзлаштирган 
маълумотларни боғлаш 
қобилиятини 
шакллантиришга ёрдам 
беради.
 
Ўқув фаолиятини 
ташкиллаштиришнинг жараёнли 
тузилмаси
 
График ташкил этувчининг 
тури, аҳамияти ва хусусиятлари 
Инсерт жадвалини тўлдириш қоидаси билан 
танишадилар. Алоҳида ўзлари тўлдирадилар.
 
Ўқиш жараёнида олинган маълумотларни 
алоҳида ўзлари тизимлаштирадилар - жадвал 
устунларига “киритадилар” матнда белгиланган 
қуйидаги белгиларга мувофиқ: 
“V”- мен билган маълумотларга мос; 
“-“ - мен билган маълумотларга зид; 
“+” - мен учун янги маълумот; 
“?” - мен учун тушунарсиз ёки маълумотни 
аниқлаш, тўлдириш талаб этилади. 
 


Darsning xronologik xaritasi (80 minut)
5 minut – hafta yangiliklari; 
5 minut – yo’qlama; 
5 minut – dars yuzasidan zarur adabiyotlar bilan tanishtirish; 
10 minut – o’tilgan dars yuzasidan savol javob; 
50 minut – ma’ruza; 
5 minut –o’tilgan ma’ruza yuzasidan savollarga javob byerish 
 
Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar: 
Prezident, Konstitutsiyaviy maqom,O’zbek 
modeli, Demografiya 
 
O‘zbekistonda davlat boshqaruvining yangi, demokratik tizimini shakllantirishga kirishildi. Huquqiy 
demokratik davlat barpo etish yo‘lini tanlagan O‘zbekiston uchun tabiiy ravishda davlat boshlig‘i – 
Prezidentning umumxalq tomonidan saylanishini ta’minlash zarur edi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashining 1991-yil 18-noyabrda bo‘lgan VIII-sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 
to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi. Shu bilan birgalikda ushbu sessiyada “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
saylovini tayinlash to‘g‘risida” qaror ham qabul qilindi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 1991-
yil 29-dekabr kuniga belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishga tayyorgarlik 
ko‘rish va uni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovini o‘tkazuvchi Markaziy saylov 
komissiyasining zimmasiga yuklandi. 
Markaziy saylov komissiyasi 1991-yil 22-noyabrda O‘zbekiston Prezidentligiga O‘zbekiston Xalq 
demokratik partiyasi va kasaba uyushmalari Federatsiyasidan ko‘rsatilgan Islom Abdug‘aniyevich Karimov 
hamda “Erk” demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan Salay Madaminov nomzodlarini ro‘yxatga oldi va yashirin 
ovoz berish byulleteniga kiritildi. 
Markaziy saylov komissiyasi saylovga doir barcha hujjatlarni, 11 mln. nusxadagi Prezident sayloviga 
doir byulletenlarni markazlashtirilgan tartibda tayyorladi hamda okrug va uchastka saylov komissiyalari ular 
bilan o‘z vaqtida ta’minlandi. Prezident saylovi jarayonida MDH mamlakatlaridan, Amerika Qoshma 
Shtatlari, Turkiya, Malayziya va boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kelgan kuzatuvchilar 
qatnashdi. Ular O‘zbekiston Prezidenti saylovi puxta tashkil etilganligini tasdiqladilar. 
1991-yil 29-dekabrda demokratik me’yor va tartiblarga mos ravishda, umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri 
saylash huquqi asosida tarixda birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muqobillik asosida 
umumxalq saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylovda 9 mln. 900 ming 958 kishi yoki ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan 
fuqarolarning 94,2 foizi ishtirok etdi. Islom Abdug‘aniyevish Karimov nomzodi uchun 8 mln. 514 ming 136 
saylovchi yoki saylovda qatnashganlarning 86 foizi ovoz berdi. 
1991-yil 30-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini ko‘rib 
chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunning 35-moddasiga asosan Islom 
Abdug‘aniyevich Karimovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga 
qaror qildi va 31-dekabrdan boshlab ushbu lavozimga kirishgan deb e’lon qilindi. 
1992-yil 4-yanvarda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari IX-
sessiyasida O‘zbekiston Prezidenti saylovi yakunlari haqida- gi masala ko‘rib chiqildi va mazkur masala 
bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasining qarori tasdiqlandi. Mazkur sessiyada Islom Karimov so‘zga 
chiqib, o‘ziga bildirilgan ishonch uchun butun respublika xalqiga samimiy minnatdorchilik bildirdi va 
qasamyod qabul qildi. Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Respublika-sining umumxalq saylagan 
birinchi Prezidenti bo‘ldi. 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə