O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarkand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/107
tarix07.06.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#115929
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   107
2008-yillik 
16-yanvar
Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti lavozimiga kirishish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston 
Respublikasi hukumati a’zolari, vazirliklar, idoralar rahbarlari, Markaziy saylov 
komissiyasi a’zolari, mamlakatimizdagi xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro 
tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari, yurtimiz va xorijiy ommaviy axborot 
vositalari vakillari ishtirok etdi. 
Parlament palatalari rahbarlarining topshirig‘iga binoan qo‘shma majlisni 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov 
ochdi. U 2007 yil 23 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti saylovida Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti etib saylanganligini qayd etdi. Markaziy saylov komissiyasi raisi zalda 
hozir bo‘lganlar va saylovchilar nomidan Islom Karimovni yuksak va mas’uliyatli 
lavozim – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylangani bilan qizg‘in 
tabrikladi va Islom Karimovga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
guvohnomasini topshirdi. 
Islom Karimov ko‘plab ilmiy asarlar muallifi, eng yirik asarlari xorijiy tillarga tarjima qilinib nashr 
etilgan. U O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining faxriy a’zosi, yirik xorijiy universitetlarning faxriy doktori. 
I.A.Karimov “O‘zbekiston Qahramoni” (1994), “Mustaqillik” (1996), “Amir Temur” (1998) ordenlari bilan 
mukofotlangan. I.A.Karimov xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, tinchlikni mustahkamlash, ma’naviyatni 
tiklash, sportni rivojlantirish sohasidagi xizmatlari uchun bir qator xalqaro tashkilotlar va nufuzli xorijiy 
davlatlarning orden va medallari bilan muko-fotlangan. 
I.A.Karimov oilali, ikki qizi va uch nabirasi bor. Rafiqasi T.A.Karimova – iqtisodchi ilmiy xodim. 
1995-yil 26-martda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirish masalasi bo‘yicha umumxalq 
referendumi bo‘lib o‘tdi. Unda 11 mln. 245 ming 028 kishi yoki ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan 
fuqarolarning 99,3 foizi ishtirok etdi. 11 mln. 199 ming 415 kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning 99,6 
foizi ijobiy javob berdi. Shunday qilib, mamlakat fuqarolarining mutlaq ko‘pchiligi O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.A.Karimovning vakolat muddatini 2000-yilgacha uzaytirishni ma’qulladilar va referendum 
natijalari Markaziy saylov komissiyasi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli qarori 
bilan mustahkamlandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisinng 1999-yil 19–20-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan XV-sessiyasi 
I.A.Karimovning Prezidentlik vakolati muddati 1999-yil oxirlarida tugashini e’tiborga olib, 2000-yil 9-
yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishga qaror qildi. Markaziy saylov 
komisssiyasi O‘zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi nomzodi Islom Abdug‘aniyevich Karimovni 
hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan Abdulhafiz Jalolovni Prezidentlikka nomzod
etib ro‘yxatga oldi. 
2000-yil 9-yanvarda muqobillik va demokratik tamoyillar asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylovda ro‘yxatga olingan saylovchilarning 95,10 foizi, ya’ni 12 mln. 223 ming 199 


saylovchi qatnashdi. Saylovda qatnashganlarning 91,90 foizi Islom Karimov uchun, 4,17 foizi Abdulhafiz 
Jalolov uchun ovoz berdi. 3,93 foiz byulleten haqiqiy emas deb topildi. O‘zbekison Respublikasi Markaziy 
saylov komisssyasi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 
saylanganligi to‘g‘risida qaror qabul qildi. 
I.A.Karimovning ikkinchi bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi, uning mustaqillik 
yillarida yuritgan ichki va tashqi siyosatining umumxalq tomonidan ma’qullanishi va qo‘llab-quvvatlanishi, 
mamlakat barcha aholisining unga bo‘lgan to‘la ishonchidan guvohlik beradi. Respublika fuqarolari 
O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishuvini, iqtisodiy mustaqilligini, mamlakat xavfsizligining 
mustahkamlanishi va jahon hamjamiyatida uning obro‘-e’tiborining ortib borishini haqli ravishda I.A.Karimov 
faoliyati bilan bog‘laydilar. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-bobida O‘zbekiston Prezidentining Konstitutsiyaviy 
maqomi aniq belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 89-moddasida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 
O‘zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘idir, deb belgilab qo‘yilgan. 
Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza qilinadi. Konstitutsiyaning 93-moddasida O‘z-
bekiston Prezidentining vazifalari, uning vakolatiga kiradigan masalalar doirasi belgilab berilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti: 

fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 
qonunlariga rioya etilishining kafilidir; 

O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy 
davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi; 

mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi. 

muzokaralar olib boradi hamda O‘zbekiston Respublikasining shartnoma va bitimlarini imzolaydi, 
respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning majburiyatlariga rioya etilishini 
ta’minlaydi; 

o‘z huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik va boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv 
yo‘rliqlarini qabul qiladi; 

respublika Oliy Majlisiga har yili ichki va xalqaro ahvol xususida ma’lumotnoma taqdim etadi; 

viloyalatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi, bu 
masalalarni tegishli xalq deputatlari kengashining tadig‘iga kiritadi; 

O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi, qonunga o‘z e’tirozlarini ilova 
etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo‘yish uchun Oliy Majlisga qaytarishga haqli; 

respublika Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy 
qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlarni beradi; 

O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig‘i bilan mukofotlaydi, O‘zbekiston 
Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi; 

O‘zbekiston Prezidenti Konstitutsiya va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan 
respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. 
Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan Prezident umrbod Senat a’zosi lavozimini 
egallaydi. 
Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi bilan Vatanimiz hayotida tarixiy burilish sodir bo‘ldi. Endi O‘zbekiston 
oldida boshqa davlatning qosh-qovog‘iga qaramasdan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot 
masalalarini milliy manfaatlarga mos ravishda mustaqil hal qilish, jamiyatni yangilash, demokratik davlat 
qurish yo‘llarini ishlab chiqish kabi dolzarb va mas’uliyatli vazifalar turardi. Mustaqillikning dastlabki 
kunlaridayoq O‘zbekiston qanday taraqqiyot yo‘lidan boradi, qanday jamiyat, qanday davlat quradi, uning 
qiyofasi qanday bo‘ladi, degan savollar ko‘ndalang turardi. 
Islom Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq eski tuzum o‘z o‘rnini osonlikcha bermasligini
uning zaharli mafkurasi odamlar ongini tez va yengil o‘z iskanjasidan chiqarmasligini ta’kidlagan edi. Eng 
muhimi, yangi ijtimoiy munosabatlarning zarur asosini, zaminini, poydevorini qurib olish uchun ma’lum vaqt, 
jamiyatni isloh qilish hamda yangilash jarayonini boshqaradigan va ta’minlaydigan, yangicha fikrlaydigan 
odamlarni tayyorlash tarbiyalash kerak edi. 
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, dunyodagi hamma mamlakatlar uchun maqbul bo‘lgan bir xil 
taraqqiyot yo‘li, bir xil andaza bo‘lishi mumkin emas. Mustaqillikka erishgan har bir mamlakat o‘ziga xos 


taraqqiyot yo‘lini izlaydi, yangi jamiyat barpo etishda o‘z andazasini ishlab chiqishga intiladi. O‘zbekiston 
oldida ham nazariy-ilmiy va amaliy jihatdan puxta asoslangan o‘ziga xos yo‘lni ishlab chiqish zaruriyati 
mavjud edi. 
Islom Karimov o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari 
IX-sessiyasida (1992-yil 4-yanvarda) so‘zlagan dasturiy nutqida hamda 1992-yil avgust oyida nashr etilgan 
“O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” asarida O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo‘lini har 
tomonlama puxta asoslab beradi 
O‘z yo‘limiz qanday shart-sharoit va zaminlarga tayanadi? 
Birinchidan, bozor iqtisodiyoti asosida taraqqiy topgan davlatlarning tajribasiga tayangan holda ishlab 
chiqildi. Bu biron-bir taraqqiyot yo‘lini ko‘rko‘rona ko‘chirib olishni emas, balki boshqa davlatlar taraqqiyoti 
jarayonida to‘plangan va bizning mamlakatimiz sharoitiga tadbiq qilsa bo‘ladigan barcha ijobiy va maqbul 
tajribalardan foydalanish. 
Ikkinchidan, soxta, inqilobiy sakrashlarsiz, ijtimoiy larzalarsiz, evolyutsion yo‘l bilan madaniyatli 
taraqqiyotga o‘tish. 
Uchinchidan, O‘zbekiston yo‘li o‘zbek xalqining milliy xususiyatlari, davlatchilik tajribasi, ma’naviy 
qadriyatlari, Sharq madaniyatiga mansublik, ijtimoiy hamkorlik, vatanparvarlik, millatlararo totuvlik kabi 
fazilatlarga mos ravishda belgilandi. 
To‘rtinchidan, o‘z yo‘limizni belgilashda islom dini, uning jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rni, musulmon 
davlatlar bilan o‘zaro aloqalarni kengaytirishdagi ahamiyati hisobga olindi. 
Beshinchidan, yangi yo‘lni tanlashda O‘zbekistonning geostrategik mavqeyi, mustaqillikka erishgan 
paytdagi iqtisodiy imkoniyatlari, shart-sharoitlari, tabiiy resurslari asos qilib olindi. 
Oltinchidan, respublikadagi o‘ziga xos demografik vaziyat, aholi va mehnat resurslarining tez o‘sib 
bo‘rishi ham inobatga olindi. 
Yettinchidan, odamlarning ijtimoiy ongi, dunyoqarashi ham e’tiborga olindi. Negaki, sovetlar 
zamonida kishilarda shakllangan yaxshi ishlasa ham, yomon ishlasa ham davlat boqadi, degan 
boqimandalik, tayyorga ayyorlik, mulkka nisbatan bepisandlik ruhiyatini tezlik bilan o‘zgartirib bo‘lmas edi, 
buni hisobga olish zarur edi, albatta. 
O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li Islom Karimovning keyingi asarlari, ma’ruza va nutqlarida 
yangi ma’no-mazmun bilan to‘ldirilib, aniqlashtirilib borildi. 1993-yilda nashr etilgan “O‘zbekiston – bozor 
munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” nomli asarida Islom Karimov yangi jamiyat qurishning besh 
tamoyilini asoslab berdi: 
1.
Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, iqtisodning siyosatdan ustunligi, o‘ziga xos ichki qonunlarga 
muvofiq rivojlanishi. 
2.
Davlat bosh islohotchi, iqtisodiy o‘zgartirishlarning tashabbuskori. 
3.
Qonun ustuvorligi, qonun oldida hammaning barobarligi va hammaning qo‘nunga bo‘ysunishi. 
4.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj 
tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi. 
5.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchil ravishda o‘tish, islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz 
amalga oshirish. 
Shunday qilib, O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li nazariy va amaliy jihatdan puxta belgilab 
olindi. Taraqqiyotning O‘zbekiston yo‘li bundan oldin yaratilgan va mavjud bo‘lgan modellarning birontasini 
takrorlamagan holda o‘z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modelidir. Bu yo‘l xalqimiz 
tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning “o‘zbek modeli” deb e’tirof etildi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy davlat hududiga ega bo‘lib, uning ma’muriy-hududiy tuzilishini 
o‘zi mustaqil belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasining o‘rtasida, Amudaryo bilan 
Sirdaryoning oralig‘ida joylashgan. O‘zbekiston hududi shimoli-g‘arbda Turon pasttekisligining, janubi-
sharqda Tyan-Shan va Oloy tog‘larining hamda janubi-g‘arbda Qizilqum cho‘llarining bir qismini egallaydi. 
O‘zbekiston Respublikasining hududi 448,9 ming kv. km.ni tashkil etib, sharqdan g‘arbgacha 1425 km.ga, 
janubdan shimolgacha 930 km.ga cho‘zilgan. Uning hududi va chegaralari daxlsiz, davlat tomonidan 
qo‘riqlanadi. O‘zbekiston qadimda ham, hozir ham sharq va g‘arb, shimol va janub orasidagi ko‘pdan-ko‘p 
xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni bir-biri bilan bo‘glovchi mamlakatdir. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68- , 69-moddalarida O‘zbekiston Respublikasi 


viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasidan iborat bo‘lib, ularning chegaralarini o‘zgartirish, shuningdek, viloyatlar, shaharlar, tumanlar 
tashkil qilish va ularni tugatish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi, deb 
belgilab qo‘yilgan. 
O‘zbekiston aholisi tez o‘sib borayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. 1991-yilda O‘zbekiston 
aholisining soni 20,7 mln. kishini tashkil etgan bo‘lsa, mustaqillikdan keyingi 14 yil davomida aholi soni 25,6 
foizga o‘sdi va 2005-yilning 1-yanvarida 26 mln. kishidan oshdi. 
O‘zbekistonda 120 dan ortiq millat va elatlarning vakillari yashaydi. Aholi sonida o‘zbeklarning 
salmog‘i yildan yilga o‘sib bormoqda. Aholi tarkibida o‘zbeklarning salmog‘i 1989-yilda 71,4 foizni tashkil 
etgan bo‘lsa, 1997-yilda 78 foizga yetdi. O‘zbekistonning haqiqiy boyligi uning mehnatsevar, saxiy va 
mehmondo‘st xalqidir. O‘zbekistonni yoshlar mamlakati deyish mumkin, negaki bolalar, o‘smirlar, yoshlar 
aholining uchdan ikki qismini tashkil qiladi. Mamlakat aholisining o‘rtacha yoshi 24 yoshga teng. 
O‘zbekiston qudratli mehnat salohiyatiga ega. Uning mehnat zahiralari butun aholining deyarli 50 
foizni tashkil etadi va mehnatga yaroqli aholi soni har yili o‘rtacha 210–220 ming kishiga ko‘payib 
bormoqda. Respublika aholisining savodxonlik darajasi 99,06 foizni tashkil etadi. 15 va undan katta 
yoshdagi har ming kishiga hisoblaganda, oliy va to‘liqsiz oliy ma’lumotlilar soni 143 kishini, o‘rta maxsus 
ma’lumotlilar soni 200 kishini tashkil etadi. Bilim darajasi jihatidan respublikamiz haqli suratda o‘qimishli 
mamlakatlar qatoridan o‘rin oladi.
 
O‘zbekistonning iqlim sharoiti qulay, uning zaminida ulkan yoqilg‘i, energetika, mineral xom ashyo, 
strategik va qurilish materiallari zaxiralari mavjud. O‘zbekiston hududida g‘oyat muhim strategik manbalar – 
neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo‘yicha 155 ta kon, qimmatbaho metallar bo‘yicha 40 dan ortiq, rangli, 
nodir va radiaktiv metallar bo‘yicha 40 ta, konchilik-kimyo xom ashyosi bo‘yicha 15 ta kon qidirib topilgan. 
Eng yirik gaz va neft konlari Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi-g‘arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg‘ona 
mintaqalarida joylashgan. Farg‘ona, Oltiariq va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlarida xilma-xil neft va gaz 
mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Ko‘mir Angren, Sharg‘un va Boysun konlarida qazib chiqarilmoqda. Gaz 
zaxiralari 2 trln. kubometrga yaqin, ko‘mir 2 mlrd. tonnadan ortiq. 
Mamlakatimiz katta gidroenergiya salohiyatiga ega. Chorvoq, G‘azalkent, Farhod GESlari, jami 28 ta 
gidroelektroenergetik stansiyalari ishlamoqda. Shuningdek, Sirdaryo, Navoiy, Angren va boshqa issiqlik 
elektrostansiyalari mavjud. 
O‘zbekistonda dunyodagi juda katta oltin, kumush, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram va boshqa 
qimmatbaho hamda yer bag‘rida kam uchraydigan metall zaxiralariga boy konlar topilgan va ulardan 
foydalanilmoqda. Oltinning asosiy zaxiralari, konlari Markaziy Qizilqumda joylashgan. Muruntov oltin koni 
dunyodagi eng yirik konlar jumlasiga kiradi. O‘zbekistonda 40 dan ortiq oltin konlari topilgan bo‘lib, ulardagi 
zaxiralar bo‘yicha respublikamiz dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi. O‘zbe-kistonda kumush qazib olinayotgan 
ko‘plab kumush konlari mavjud. Shulardan eng yirigi Namangan viloyatidagi Oqtepa kumush konidir. Rangli 
metallar zaxiralari Olmaliq ruda konlarida ko‘proq jamlangan. Olmaliq kon metallurgiya kombinati 
O‘zbekistondagi eng yirik inshoatlardan bo‘lib, unda Qalmoqqir va boshqa konlardan qazib olinayotgan 
rangli metallar qayta ishlanadi. Qo‘rg‘oshin rux, asosan, Jizzax viloyatining Uchquloch va Surxondaryo 
viloyatining Xondiza konlaridan qazib oli-nadi. 
Respublikada 20 ta marmar, 15 ta granit va gabbro koni topilgan. Ulardan eng yiriklari G‘ozg‘on, 
Nurota, Forish va Zarband konlaridir. Xalq xo‘jaligida oq rangdan to qora ranggacha xilma-xil bezakbob 
toshlardan foydalanilmoqda. 
O‘zbekiston fosforitlarga boy bo‘lib, fosfat o‘g‘itlari – ammofos va ammoniylashtirilgan superfosfat
ishlab chiqaradigan yirik korxonalar ishlab turibdi. Shulardan eng kattasi Qizilqum fosfarit kombinatidir. 
Shuningdek, katta miqdordagi zaxiralarga ega kaliy tuzi, tosh tuzi konlari mavjud bo‘lib, ulardan kaliyli 
o‘g‘itlar, kalsiy va kaustik sodalar ishlab chiqarilmoqda. Qo‘ng‘irot soda zavodi eng yirik korxonalardan biri 
hisoblanadi. 
Respublika kimyo korxonalarida g‘oyat qimmatli yarim tayyor mahsuliot – kaprolaktam ishlab 
chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Kaprolaktamni qayta ishlash natijasida kapron tolalari va iplari, ulardan gazlama, 
gilam, noto‘qima materiallar va boshqa xalq iste’moli mollari tayyorlanmoqda. 
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston o‘z yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi – bu yerda 
mashhur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2700 dan 


ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’danlar mavjud bo‘lgan joylar aniqlangan. Umumiy mineral xom 
ashyo potensiali 3,3 trln. AQSH dollaridan ortiqroq baholangan. 
O‘zbekiston tuprog‘i unumdor, sug‘orma-dehqonchilik rivojlangan. O‘zbekistonning yer fondi 44,74 
mln. gektarni tashkil etadi, shundan 32 mln. gektari qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida fo‘ydalaniladi. 
Qishloq xo‘jalik yerlarining 83,5 foizi o‘tloq va yaylovlardan iborat. Sug‘oriladigan yerlarning umumiy 
maydoni 4,3 mln. gektar bo‘lib, ular, asosan, Farg‘ona va Zarafshon vodiylari, Qashqadaryo, Surxondaryo 
va Xorazm vohalari, Mirzacho‘l massivida joylashgan. O‘zbekistonda tashqi bozorda talab katta bo‘lgan 
mahsulot – paxta tolasi yetishtiriladi. Buxoro, Andijon va Farg‘ona to‘qimachilik kombinatlari, 30 dan ortiq ip 
yigiruv-to‘quv fabrikalari, ko‘p-lab paxtani qayta ishlash va yo‘g zavodlari ishlamoqda. Respublika paxta 
tolasi ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi va uni eksport qilish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. 
O‘zbekiston meva-sabzavot, uzum, qorako‘l teri, jun yetishtirish bo‘yicha dunyodagi yetakchi 
mamlakatlar qatoridan o‘rin egallaydi. Ekologik jihatdan sof, ko‘p miqdorda qimmatli oziq moddalari va 
darmondorilariga boy uzum, anjir, olma, nok, shaftoli kabi xaridorgir mevalari bilan ham jahonda tanilgan. 
Har yili 16,5 mln. dekalitr hajmida 30 dan ortiq xildagi vino, shampan, konyak ishlab chiqariladi. O‘zbekiston 
vinolari xalqaro yarmarka, tanlov va ko‘rgazmalarda 92 ta medal bilan taq-dirlangan. 
Muxtasar qilib aytganda, O‘zbekistonning noyob mineral xom ashyo va qishloq xo‘jalik resurslari 
xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish, respublika iqtisodini rivojlantirishning muhim omili 
bo‘lib xizmat qiladi. 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə