O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarkand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/107
tarix07.06.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#115929
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   107
Islom Abdug‘aniyevich Karimov 
– 1938-yil 30-yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida 
tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Oliy ma’lumotli. O‘rta Osiyo politexnika va Toshkent xalq xo‘jaligi institutlarini 
bitirib, muhandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklariga ega bo‘ldi. I.A.Karimovning mehnat faoliyati 
Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodida boshlandi. Keyinchalik Toshkent aviatsiya ishlab 
chiqarish birlashmasida muhandis va yetakchi muhandis lavozimlarida ishladi. 
I.A.Karimov 1966-yildan boshlab hukumat idoralarida ishlay boshladi. O‘zbekiston davlat 
rejalashtirish qo‘mitasida bo‘lim bosh mutaxassisligidan tortib to Davlat rejalashtirish qo‘mitasi raisining 


birinchi o‘rinbosarligigacha bo‘lgan bosqichlarni bosib o‘tdi. I.A.Karimov 1983-yildan O‘zbekiston moliya 
vaziri, 1986-yildan O‘zbekiston Ministrlar Soveti raisining orinbosari – Davlat rejalashtirish qo‘mitasi raisi, 
1986-yil dekabridan O‘zbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo viloyati partiya qo‘mitasining birinchi kotibi
1989-yil 23-iyunda O‘zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi birinchi kotibi etib saylandi va 
amalda respublikani boshqardi. 1990-yil 24-martda O‘zbekiston Oliy Kengashi sessiyasida O‘zbekiston 
Prezidenti etib saylandi. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi. 
1991-yilning 29-dekabrida birinchi umumxalq Prezidentlik saylovida I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti etib saylandi. 1995-yil 26-martida bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko‘ra 
I.Karimovning Pre-zidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvarda bo‘lib o‘tgan saylovda 
I.Karimov ikkinchi muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylandi. 2002-yil 27-yanvarda 
bo‘lib o‘tgan referendumda uning Prezidentlik vakolati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi.Xozirda 5 yil. 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə