O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarkand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/107
tarix07.06.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#115929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   107
Bayram kunlari haqida
”gi qonuniga 
va 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 137-moddasiga 
muvofiq quyidagi kunlar bayram – dam olish kunlari deb belgilandi: 1-yanvar – Yangi yil, 8-mart – Xalqaro 
xotin-qizlar kuni, 21-mart – Navro‘z bayrami, 9-may – Xotira va qadrlash kuni, 1-sentabr – Mustaqillik kuni, 
1-oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni, 8-dekabr – Konstitutsiya kuni; Ro‘za hayiti (Iyd al-Fitr) – diniy 
bayramning birinchi kuni, Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) – diniy bayramning ikkinchi kuni. 
Mustaqil, erkin davlatning asosiy belgisi, asl poydevori – milliy valyutadir. O‘z valyutasiga ega 
bo‘lmagan davlat o‘z manfaatlarini ko‘zlab mustaqil ravishda moliya-kredit, bank siyosatini yurita olmaydi, 
o‘z taqdirini, tashkilotlar, xo‘jaliklar va fuqarolar taqdirini belgilay olmaydi. Ichki bozorni naqd pul bilan 


ta’minlash, pul chiqarish miqdori, uning xarid kuchi, kelajak istiqboli uchun sarmoya ajratish, kimga qarz 
berish va kimdan qarz olish, qarzni to‘lash va undirib olish, foiz stavkalarini belgilash kabi masalalarni 
mustaqil hal qila olmaydi. Pirovardida bunday davlat boshqa kuchli davlatlar ko‘rsatmalariga qaram bo‘lib 
qoladi, uni hech kim haqiqiy mustaqil davlat deb tan olmaydi. Shu boisdan milliy valyutaga o‘tish 
O‘zbekiston uchun oliy maqsad edi. 
O‘zbekistonda milliy valyutani muomalaga kiritish uchun ham ma’lium vaqt, tajriba kerak edi. Avvalo, 
haqiqiy mustaqil iqtisodiyotga erishish lozim edi. Shu boisdan O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki paytlari 
ham sobiq Ittifoqdan meros qolgan rubl zonasida bo‘lib turdi. Biroq sovetlardan keyingi makonda yalpi ichki 
mahsulot ishlab chiqarishning keskin pasayishi natijasida rublning qadri ham shunga mos ravishda tushib 
bordi. 1993-yil may oyi boshlarida 800–900 rublning qadri 1 AQSH dollari darajasiga tushib ketgan edi. Shu 
yili Rossiyada oldingi rubl kursiga teng-lashtirilgan yangi namunadagi rubl chiqarildi. Rossiya hukumati 
1993-yil 26-iyulda O‘zbekiston mutasaddi vakillarini Moskvaga taklif qilib, birgalikda rubl zonasida qolishini 
ta’kidlashdi. Keyinroq Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari Moskvada uchrashib, rubl zonasini 
saqlashga, O‘zbekiston va Qozog‘istonni 1993-yilgi yangi rubl namunasi bilan ta’minlashga qaror qilindi. 
Biroq, amalda boshqacha yo‘l tutildi, to‘g‘rirog‘i Rossiya hukumati bu tadbirlardan o‘z manfaati yo‘lida 
foydalanmoqchi bo‘ldi. Rossiya hukumati O‘zbekiston oldiga o‘z shartlarini qo‘ydi: 
Birinchidan, kerakli rublni davlatlararo qarz sifatida, keyinchalik boylik va mahsulot bilan to‘lash sharti 
qo‘yildi. 
Ikkinchidan, rublni olishdan oldin uning 50 % miqdoridagi AQSH dollari yoki O‘zbekiston oltinini 
garovga qo‘yish talab qilindi. 
Uchinchidan, O‘zbekistonda muomalada bo‘lib turgan 1961–1992-yilgi namunadagi rublni yangi 
1993-yil namunasidagi rublga uchga bir nisbati bilan almashtirish sharti qo‘yildi. 
To‘rtinchidan, birorta shart bajarilmay qolsa, tovon to‘lash majburiyati belgilandi. 
Beshinchidan, O‘zbekiston Markaziy banki Rossiya Markaziy bahkiga hisobot berishi, ya’ni tobe 
bo‘lishi kerak edi. 
O‘zbekiston bunday shartlarga rozi bo‘lolmas edi, rozi bo‘lmadi ham. Shu boisdan muomalaga yangi 
valyuta kiritish ishiga jiddiy kirishildi. O‘zbekiston rahbariyati “katta og‘a”ning o‘yinlariga qarshi oldindan 
chora-tadbirlar ko‘rib qo‘ygan edi. 1992-yildayoq muomalaga chiqarishga mo‘ljallangan so‘m-kupon 
nusxalari tayyorlab qo‘yilgan edi.Nihoyat, 1993-yil 1-noyabrda O‘zbekistonda so‘m-kupon muomalaga 
kirtildi, uning kursi oldin muomalada bo‘lib kelgan rubl bilan tenglashtirilgan edi. Shu yil noyabr oyi 
davomida aholi qo‘lidagi rubl namunasidagi pullarni jamg‘arma banklari orqali so‘m-kuponga almashtirish 
ta’minlandi. So‘m-kupon joriy etilayotgan dastlabki paytlarda chetdan rubl oqib kelmoqda, degan mish-
mishlar ko‘paydi. Bozorda narxlar osmonga chiqdi. Hukumat buning oldini olish choralarini ko‘rdi. Aholi 
ortiqcha tashvish, aziyat chekmadi, aksincha aholi, iqtisodiyot himoya qilindi. O‘zbekiston rahbariyati so‘m-
kuponlar asosida zarur-tajriba orttirdi, haqiqiy milliy valyutani joriy qilish tadbirlarini ko‘rdi. 
1994-yil 16-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida”gi 
Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 1994-yil 1-iyuldan boshlab milliy valyuta – 
so‘m muomalaga kitirildi. 1 s’om kursi 1000 so‘m-kuponga tenglashtirilgan holda joriy qilindi. Milliy valyuta – 
so‘m O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so‘m bo‘lgan bank 
qog‘oz pullari (banknotlar) holida muomalaga chiqarildi. Aholi qo‘lidagi so‘m-kuponlar jamg‘arma banklari 
orqali 1000 ga 1 qiymatda almashtirildi. 1997-yilda 200, 1999-yilda 500, 2001-yilda 1000 so‘mlik qog‘oz 
pullari ham muomalaga kiritildi. Shuningdek, qiymati har xil miqdordagi tangalar ham naqd pul holida 
muomalaga chiqarildi. 
Milliy valyutaning muomalaga kiritilishi mamlakatimiz hayotida muhim voqea bo‘ldi, O‘zbekistonning 
xalqaro maydonda mavqeyi oshdi, o‘zining pul-kredit, moliya siyosatini amalda mustaqil yuritadigan bo‘ldi. Bu 
iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashrtirish uchun qulay imkoniyat yaratdi.



Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə